Tuzuvchi : shohruh arabjonov
KAUZATIV AFFIKSLAR (INJIQ QO'SHIMCHALAR)
Download 2.34 Mb. Pdf ko'rish
|
KAUZATIV AFFIKSLAR (INJIQ QO'SHIMCHALAR)
Ba'zi qo'shimchalar urg'u olmaydi : 1) -ta, -tacha, -larcha, -lab (son+....) béshta, yúzlab, mínglarcha 2)-dek, -day, -dayin M : ó'qdek, qúshday, onámdayin 3) -ov, -ova, -yevna, -vich, - eva Islómov, Husánov, Komílovna 4) -ma, - mas, -mayin (bo'lishsizlik shakllari) M : kélma, salomláshmaslik 5)-gil, -sin, -gin M : áytgil, kèlsin, bórgin 6)-man, -san, -dir, -miz, -siz (kesimlik shakllari) M : kasálsan, talabáman, boramiz 7)zamon (-di, -yapti, -moqchi, -moqda) M : gúlladi, kélyapti 8)-la (fe'l yasovchi) ham olmaydi M : óqla, sózla 9)yuklamalar ham olmaydi M : sén-chi, dushanbámi Ba'zan urg'u olib, ba'zan olmaydigan qo'shimchalar : I) -CHA 1)kichraytirish - erkalash (urg'uli) M : yigitchá kutyapti 2) ravish yasovchi (urg'usiz) M : erkakcha ish qildi II) - MA 1) ot, sifat yasaganda (urg'uli) M : suzmá, ezmá 2)fe'lning bo'lishsizlik shakli (urg'usiz) M : dengizda súzma Eslatma : qurilma, qo'llanma, qazilma, qurama kabi so‘zlarning bo‘lishsizlik shakli bo‘lmagani sababli -ma urg'uli sanaladi. III) - LAR 1)ko'plik shakli (urg'uli) M : qo'llar ishladi 2) fe'l + la+r (urg'usiz) M : Xudo qo'llar IV) - CHI, - DA 1)so'zga qo'shib yozilsa urg'uli(yasovchi) M : suvchi, ishchi, kuzda 2) yuklama bo'lib kelsa urg'usiz M : suv-chi?, ish-chi? V) - GINA, - KINA, - QINA 1) -gina + m, ng > urg'uli M : bemehrginam, jonginam 2) m, ng + gina > urg'usiz M : onánggina, aqlímgina - GINA 1) erkalash, kichraytirish urg'uli M : anchagína, do'mboqqína 2) gina = faqat urg'usiz M : onámgina yig'laydi VII) - SIZ 1) sifat yasovchi bo'lsa urg'uli M : imonsíz 2) siz = sen, san urg'usiz (kesimlik shakli, bog‘lama) M : ishonganim sízsiz Urg'u oxirgi bo‘g‘iniga tushmaydigan so‘zlar... Yordamchi : àmmo, lèkin, zèro, zèroki, xùddi, hàtto, àslo, gàrchi, tòki Modal : bàlki, albàtta, afsùski, dàrvoqe, dàrhaqiqat Olmosh (1-bogin) : hàmma, bàrcha, bàri, bà'zi, qànday, àllakim, kìmdir Ravish : hózir, yàngi, dòimo, hamísha, zò'rg'a, àstoydil, àncha Daraja sifatlari : ním qoronģi, láng ochiq, tím qora, óppoq, yám-yashil, qóp-qora Es : juft so'zlarda 2-so'zning oxirgi bo'g'inida : oz-móz, unisi - bunisí Es : ko'makchilar urg'u olmaydi!!! kún bo'yi, hayót haqida, onàm uchun, yìl bo'yi Es : takroriy so'zlar, qo'shma sonlar va sifatlar, kfsq, qo'shma fe'llar ham 1-so'zning birinchi bo'g'iniga urg'u tushadi. M : kàtta - katta, ùch ming ellik to'rt, làng ochiq, sòtib oldi, àrtib tashladi Har va hech so‘zlari bilan hosil qilingan so‘zlarda urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi. Hár qachon, hèch qachon -Dir qoshimchasi fe‘lning orttirma darajasi bo‘lganda urg'u oladi, gumon olmoshi, gumon yuklamasi, kesimlik shakli bo‘lganda olmaydi. Es : Ravish yasovchi -larcha, -lab urg'u oladi, ular faqatgina sonlarga qo'shilgandagina urg'usizdir. Eslatma : egalik va kelishik shakllari har vaqt urg‟ulidir. URG‘U MA‘NO FARQLAYDIGAN SO‘ZLAR : Akadèmik (ot) - insonga nisbatan Akademìk (sifat) - akademik litsey Etík (ot) - kiyim Ètik (sifat) - etik(axloqiy) me'yorlar Yangí - yangi kiyim (sifat) Yángi - yangi keldi (ravish) Botánik - ot (shaxs oti) Botaník - sifat (botanik buyum) Hózir - ravish (yaqinda) Hozír - sifat (hozir-u nozir) Bog'lár - ot (ko'plik) Bóg'lar - fe'l (bog'lamoq) Krédit - daftar Kredít - mablag' Kundà - ot (to'nka) Kúnda - ravish (har kuni) Fìzik - ot Fizìk - sifat (fizik hodisa) Tèxnik - ot Texnìk - sifat (texnik holat) Lírik - ot Lirík - sifat (lirik satrlar) Lógik - ot Logík - sifat Móda - rasm, odat Modà - ayol qush Òlma - fe'l Olmà - ot Órgan - tashkilot Orgán - musiqa asbobi Qáyish - qayishmoq, achinmoq Qayísh - taom yoki tasma(kamar) Sinóptik - ob-havo kuzatuvchi Sinoptík - ob-havoga oid Sóya - o'simlik Soyá - ko'lanka Atlàs - ko'ylak Àtlas - yozuvsiz xarita Cho`ra – iloj, yo‘l Chora` - tog‘ora Quyidagi so`zlarda urg`u 1-bo`g`inga tushadi. Allakim Hatto Oblast Texnika Ammo Hech kim Obraz Tonna Aslo Kelma Oshiq Traktor Atom Kelsin Oyday Yam - yashil Ayrim Kimdir Proza Radio Lampa Qip - qizil Doim Silos Quyidagi so`zlarda urg`u 2-bo`g`inga tushadi. Afsuski Direktor Kartina Gazeta Muhit Muhim Shamolday Roman Ahil Albatta Fontan Respublika Brashyura Hamisha Mumkin Fonetika Quyidagi so`zlarda urg`u 3-bo`g`inga tushadi. Astronomiya Romandan Sanatoriya Konstitutsiya Monografiya Matematika MASHQ : Berilgan so'zlarda urg'u qaysi qismga tushganligini aniqlang. Kitob haqida, borgin, har kim, kimdir, o'qib tashla, ko'rma, qachon, katta-katta, ishlamang, ko'chalardan, kattalardek, yigirmatacha, o'n bir, akangizdir, qishloqcha(ravish), tuzsiz, yigitcha(ravish), bolaginam, o'qituvchidir, o'qituvchimi, yozmayin Download 2.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling