Tuzuvchi : shohruh arabjonov


Ushbu gaplarda ajratib ko`rsatilgan so`zlarga urg`u qo`ying!!!


Download 2.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/91
Sana16.11.2023
Hajmi2.34 Mb.
#1778723
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   91
Ushbu gaplarda ajratib ko`rsatilgan so`zlarga urg`u qo`ying!!! 
1. Do`stim aybdorlarcha bo`yin 
egib turdi. 
2. O`qituvchi xonaga atlas olib 
kirdi. 
3. Hozir ahvol butunlay 
boshqacha.
4. Soya loviyadan ko`ra qattiroq 
bo`ladi.
5. Bir tup olma ekdim.
6. To`y xarjida yuzta boy yapon, 
Bir kambag`al o`zbekcha yo`qdir. 
7. Sizsiz to`y o`tmaydi.
8. Men bu masalning javobini 
allaqachon chiqarganman.
9. Har yerni qilma orzu, har yerda 
bor tosh-u tarozi.
10. Jismlarning fizik xossalarini 
o`rganmoqdamiz. 
11. Men tushlikka qaynatma 
ichaman.
12. Qo`llar ishlar – tez, mo`jizakor. 
13. Sanamay sakkiz dema. 
14. Men akademik litseyda 
o`qiyman.  
15. Dono o`zini, nodon do`stini 
ayblar.  
16. Aybsiz do`st axtargan do`stsiz 
qolar
17. Yaxshilar tufayli dunyo 
oboddir.
18. O`zbeklar ichida minglab 
daholar yetishib chiqqan.
19. Hamma ezgu ishlarning boshi 
odob sanaladi.
20. Derazamning oldida bir tup 
O`rik oppoq bo`lib gulladi.
21. Zumradginam dalada qolib 
ketdi.
22. Mardlargina o`z Vatanlari 
uchun mardonavor kurasha oladilar.
23. Ishonganim sizsiz.  
24. O`zbek qizlariga atlas juda 
yarashadi 
25. Shovulladi tun bo`yi shamol, 
Qaldiroqlar ko`chdi larzakor
Shivirlading yonimda xushhol: ―Yana 
keldi, do`stginam, bahor‖.
26. Tog`lar, ko`m-ko`k adirlar, 
daryolar cheksiz qumloq.
27. Otni tepmaydi, itni qopmaydi 
dema
28. Gulnor guzardagi gulzordan 
go`zal gullar uzdi. 
29. Obro` misqollab keladi, 
qadoqlab ketadi
30. Hammamizning onamizdir shu 
Vatan, Yov qoldirgan siynasida ming 
tikan, Tirikmiz-ku, uni tozalash 
bizdan, Yur, o`g`lonim, elni ko`tarish 
uchun.
31. Qon yig`latdi qaysi bag`ritosh
Jayron, nega ko`zing to`la yosh?
Oyog`ingga qo`yib yotay bosh, 
Jayron, nega ko`zing to`la yosh?  
32. Shundan beri inson tinmayin
Shu yer uzra ter to`kar hamon. Yerni 
go`zal qilgani sayin, Go`zal bo`lar 
o`zi ham inson. 
33. Vaqt – keskir qilich, u hech 
narsaga qaramay shart o`tadi-
ketadi 


34. Hayot darsidan saboq beruvchi 
bir ganj – xazina bor: bu kitobdir 
35. Har ko`zki, agar olmasa ibrat, 
ko`rdir, Har luqma, agar bermasa 
lazzat, sho`rdir.
36. Birinchi avtomobil Germaniyada 
paydo bo`ldi, lekin haydovchilarning 
no`noqligi tufayli tez-tez ko`ngilsiz 
voqealar ro`y bera boshladi. 
37. Olma eksa bog`iga har kim, 
Mehmoniga ol, ye demasmi?
“Olma” mening mehmondo`st 
xalqim Odatiga yot so`z emasmi?  
38. Eng buyuk jihod insonning nafsi 
bilan, shayton bilan qilgan jihodidir. 
39. Qizginam bo`rilarga yem 
bo`ldiyov‖, - dedi ota. 
40. Ko`zlar inson qalbining aksidir.  
41. Salimboyvachcha o`zi uchun 
amirkon etik buyurtiribdi. 
42. Sayoq yursang, tayoq yeysan. 
43. Biz atlasdan foydalanib 
materiklar joylashuvini o`rgandik. 
44. Fevral oyigina har to`rt yilda bir 
marta 29 kundan iborat bo`ladi. 
45. Chin inson birovga yaxshilik 
ko`zlar. 
46. Axloqning etik normasiga rioya 
qilish kerak. 
47. Bobom keksa bo`lsalar ham, 
g`ayratlari hali yigitcha. 
48. Bu bola – bizning a`lochi 
o`quvchimiz.
49. Maktabda yozamiz, o`qiymiz, 
she`r yod olamiz.
50. Urug`ingdir, aymog`ingdir, 
Biror og`zi maymog`ingdir. Ulardan 
ham tonasanmi? Bu osonmi? Bu 
osonmi?
51. Nomingni qaro degan – 
paxtaginam, senmisan, Lo`ppi deya 
yutganim – laxtaginam, senmisan. 
52. Yoshlik – gul-u gulg`uncha 
ekan, Bu gul olam turguncha ekan,
Yoshlik behad tushuncha ekan, 
Poyoni yo`q garduncha ekan. 
FONETIK HODISALAR
1)og'zaki 2)yozma 
Og„zaki fonetik hodisalar :
1)Metateza : so'zda kelgan tovushlarning o'zaro o'rin almashinishi. 
M : daryo - dayro, supra - surpa, tuproq - turpoq, la'nat-na'lat, isitma-istima, Maryam-
Mayram, ahvol-avhol, afv-avf, aylanmoq-aynalmoq 
2)Dissimilyatsiya - so'zda kelgan 2 bir xil undoshning har xil talaffuz qilinishi. 
Zarur-zaril, birorta-bironta, zarar-zaral 
3)Assimilyatsiya - so'zda kelgan ikki har xil undoshning bir xil talaffuz qilinishi. 
Besh so'm, uch so'm, sutchi, yigitcha, manman, tuzsiz, mahsi, ketdi, mahkam, itday 
Yozma fonetik hodisalar (Tovush o‟zgarishlari, fleksiya, fuziya) : 
1)tovush tushishi 2)tovush almashishi 3)tovush ortishi 


TOVUSH TUSHISHI
1)past, sust + ay = pasay, susay 
2)qizil + ar = qizar 
3)qizi + dir = qizdir 
4)og'iz + aki = og'zaki 
5)olti + ovlon = oltovlon 
ikki + ala = ikkala 
yetti + ov = yettov 
6)yig'i + la = yig'la 
7)buyur + uq = buyruq 
8)o'g'il + im = o'g'lim 
o'g'il + on = o'g'lon 
9)ayir, qayir + il = ayril, qayril 
10)ayir + i = ayri 
ayir + = ayro 
11)ayir + im = ayrim 
12)qayir + a = qayra 
13)chaqin, ingir, ho'ngir + a = chaqna, 
ingra, ho'ngra 
14)ulug' + ay = ulg'ay 
15)men, sen + ni, ning, niki = meniki, 
sening, seni (qo'shimchadagi tovush 
tushadi) 
16)gramm + mi = grammi 
metall + lar = metallar 
kongress + si = kongressi asosdagi 
tovush tushadi 
17)ayta + olmoq = aytolmoq 
bora + olmoq = borolmoq 
18)kelar + edi = kelardi 
qochar + ekan = qocharkan 
ketgan + emish = ketganmish 
19)o'tir + oq = o'troq 
20)sariq + ay = sarg'ay 
21)shahar + im = shahrim 
zahar + i = zahri 
burun + si = burnisi 
22)qorin,o‘rin, qo‘yin, bo‘yin, ko'ngil, 
egin + im = qornim, ko'nglim 
23) qay + yoq, yer = qayoqqa, qayer 
Es : ko'ks, dimog', chorbog' so'zlariga egalik qo'shilsa fonetik hodisa ro'y bermaydi.
TOVUSH ORTISHI
1)Jiz+a=jizza 
2)gur, shar, uv + os = gurros, sharros, 
uvvos 
3)var, g'ur, xur + ak = varrak, g'urrak, 
xurrak
4)ega+ la = egalla 
5)u, bu ,shu, o'sha + day, dan, da , ga = 
unga, shunday, o'shanda 
6)g'ij + ak = g'ijjak 
7)erta+gi = ertangi 
8)fan, his , tib + iy = fanniy, hissiy, 
tibbiy 
9)achi, sasi, isi + q = achchiq, sassiq, 
issiq 
10)Rab + im = Rabbim 
11)zid + iyat = ziddiyat 
12)had [matem.] + = hadi (fonetik 
hodisa yo‗q) 
had [chegara] + im = Haddi
13) qad + i = Qaddi 
14)zar+ in = Zarrin 
16)Haq (Alloh ) + = fonetik hodisa 
yo‗q 
haq (maosh) + i = haqqi 
17)de, ye + il, ish = yeyishmoq , 
deyilmoq 
18)u, bu, shu, o'sha + nisi, ni = buni, 
shunisi, bunisi 
eslatma : uning, oppoq , o'tloq fonetik 
hodisaga uchramaydi. 
19)u, bu ,shu ,o'sha + aqa + gi = 
shunaqa, bunaqangi 


20) obro', mavqe, avzo, parvo,mavzu +i 
= obro'yi, avzoyi, mavqeyi, mavzuyi 
21)Xudo, dohiy, ilohiy + si = Xudosi, 
dohiysi, ilohiysi (fonetik hodisa yo‗q) 
22)insho, orzu + m, ng, si= orzung, 
inshom, orzusi (fonetik hodisa yo‗q) 
Eslatma yeysan, deysan, yeydi, deydi 
so‘zlarida ham fonetik o‘zgarish 
mavjud emas
TOVUSH ALMASHISHI
1)Son,yosh + a = sana, yasha 
2)ot + a = ata 
3)ong+la = angla 
4)qozoq, qoraqalpoq + iston = 
qozog'iston 
5) sariq + ay = sarg'ay 
6)bir + ta = bitta 
7)o'qi, to'qi, tinti + v = o'quv, to'quv, 
tintuv 
8)Chuchi + k = chuchuk 
9)sovi, quri + q = sovuq, quruq 
10)o'yna, yig'la, sayra + qi = o'ynoqi, 
sayroqi 
11)tanla, sina, hayda, sayla, maqta, 
olqa, oqla, qorala, to'pla, qiyna + v, 
vchi = maqtovchi, qoralovchi, sinov, 
qiynov 
12)sana, bo'ya, tara, yumsha, yama, 
mudra, yumala, so'ra, qayna + q = 
yumshoq, mudroq, bo'yoq, taroq, 
yamoq, so'roq 
13)elak, tilak, kerak, yurak, bolalik, 
suyak, yumshoq, quloq, qishloq + im = 
elagim, suyagim, keragi, bolaligi, 
yumshog'im, qulog'im, qishlog'i 
Eslatma : Quyidagi so'zlarga egalik 
shakli qo'shilganda fonetik hodisa yuz 
bermaydi!!!!! 
shavq, zavq, idrok, ishtirok, ittifoq, 
axloq, xulq, erk, chek, chok, ocherk, tok, 
huquq, ishtiyoq, mashq, nok, park, 
ravnaq, ko'rk, tuk, yuk, xalq, ko'shk 
14)h <> y = juda ham ~ judayam 
15)"a" bilan boshlanuvchi fe'llarga 
"b" bilan boshlanuvchi qo'shimcha 
qo'shilsa, b <> v = ayta bermoq ~ 
aytavermoq 
16) e <> y = borsa edi ~ borsaydi 
17)illa <> ulla = shovulla, g'uvulla 
18)ga <> ka, qa = o'tloqqa, kurakka 
19) ESLATMA : oxiri k va q harflari bilan tugagan so'zlarga xuddi shu harflar bilan 
boshlanuvchi qo'shimcha qo'shilsa, fonetik hodisa yuz beradi : elakka, oqqa, chiqqach, 
uniqqan, suyakkacha, qo‘rqqani. 
ESLATMA : bog'ga, tog'ga, cho'g'ga so‘zlari boshqacha talaffuz qilinsa-da, shunday 
yoziladi. 
20)ishqa, ilg'a + r = ishqor, ilg'or 
ESLATMA : ar<>mas = bo'lganda r ~ s fonetik hodisa yo‗q (sifatdosh bo'lishsizligi)
Eslatma : -bon, -boz qo‘shimchalari ba‘zan –voz, -von tarzida aytilsa ham, doim –boz, -
bon yoziladi : darvozabon, dorboz. Lekin –vachcha qo‘shimchasi har doim shunday 
yoziladi va aytiladi.
MASHQ : Berilgan so'zlardagi fonetik o'zgarishlarni aniqlang. 


Egallamoq, hilpiramoq, kelmasligi, mudroq, qattiq, oqsoqlik, o'rnashmoq, novvoy, 
yoshligimiz, aytoladi, ko'ngli, metalni, obro'yi, bundan, shunga qaramay, o'ynovchi, 
issiq, og'rig'i, so'roq, ikkovimiz, uyushma, yaroqlilik, shaldiroq, yo'qlovchi, achchiq, 
izohlovchi, qattig'i, bittangiz, og'zaki, bo'g'zi, tibbiy, sayroqi, buyruq, bo'laveradi, 
yaxshimas, o'shanday, qamoqqa, o'zligini, tergov, yo'lovchi, charchoq, zidlovchi, 
tanlov, o'rnatmoq, meni, o'troqlashmoq, fanniy, fikrlovchi, jamlovchi, senikimi, 
portlovchi, titroq, sovuq, quruq, ulg'ay, ko'rgandi, sinig'i. 
MASHQ : Berilgan so'zlarning qaysilariga egalik qo'shimchasi qo'shilsa, so'zda 
tovush o'zgarishi kuzatiladi. 
O'g'il, ishtirok, erk, kurak, yanoq, yorug', yoriq, bek, shahar, ravnaq, bank, og'iz, orzu, 
tok, ishq, baxtlilik, mag'iz, ariq, bag'ir, sochiq, soliq, bo'yin, burun, zahar, farq, yarim, 
beshik, botir, egin, tog', yo'q, sovuq. 
 
MASHQ : Gapdagi tovush o'zgarishlari sonini va turini aniqlang. 
1.Qush edim, qanotim qayrildi, gul edim, bulbulimdan ayrildim, ko'ngil sindi chil-chil, 
mening ozurda yuragimni bu kun so'roqlamas hech kim. 
2.Yashil bo'yoq bilan bo'yalgan, ust tomoni qayrilgan o'ymakor panjarali, katta va 
og'ir darvozaga yetganda, yigitning yuragi biroz o'ynab ketdi. 
3.Bag'rim yoniq, yuzim qora ko'nglim siniq, bo'yim bukik, sening huzuringga keldim 
sultonim. 
4.Unga bitta iltimosimni yetkazib qo'y : yashashimga, mening hayotimga 
aralashmasin. 
5.Vatanning baxti, porloq istiqloli, yorqin kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak 
bo'lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ham 
qarzdir. 
6.Og'zaki nutqi yaxshi bo'lgani uchun davraga boshlovchilik qilish unga 
topshirilgandi. 
7.Unga uchragani yuragi dov bermadi, yig'lab uyga qaytdi. 
8.Qoyalar bag'ridan o'ynab oqib tushayotgan shalola unga zavq bag'ishlardi. 
9.Yoshligidan tabiiy fanlarga shunday mehr qo'ydiki, bu fanlarning sirli olami uning 
butun borlig'ini qamrab oldi. 
10.Pichoq otdim terakka, qaytib tegdi yurakka. 
11.Terakka chiqib, qo'yniga to'rtta chumchuq bola solib tushdi. 
12.Bu falokatga yo'liqqan odamning jon achchig'idagi qichqirig'i, Bill qayrilib ham 
qaramadi. 
13.Chindan ham men uni hammadan qizg'anib rashk qilardim, uning quvnoqligi, o'zini 
erkin tutishi bilan faxrlanardim. Nega shundayligini o'zim ham bilmagandim. 
14.Yuragimda ko'pdir alamli dardlar, Mening qizim - sening singling, nomardlar. 
Qizing ber, deb mening ko'nglim bo'lasan, Suyagimni yonga o'tga solasan. 
15.Qudrat o'rnidan turib, egnini qoqdi, xursandligini yashirolmay, tevaragiga to'yib-
to'yib qaradi. 


16.O'zbekiston Vatanim mening. Bunday ozod va obod mamlakatni bobolarimiz orzu 
qilishgan. O'zbekistonning jahondagi obro'yi kundan kunga oshmoqda. 
17.Bunday holatda yo'lovchi yoki haydovchi tomonidan da'vo arizasi qaytarib 
olinganligi munosabati bilan ayblovchi ayblovdan ozod etiladi. 
18.O'zbekiston va Qozog'iston a'zolari ertangi uchrashuvlar oldidan yuzaga kelgan 
anglashilmovchiliklarni bartaraf etib olishadi. 
19.Mening o'g'lim unaqalardan emas : bag'rimda turib ko'nglimni xijil qilmaydi. 
20.Uning gaplari ko'nglimga yoqqan bo'lsa-da, bilintirmaslikka urinardim. 

Download 2.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling