Tuzuvchi : shohruh arabjonov
BO'G'IN KO'CHIRISH QOIDALAR
Download 2.34 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- X va H undosh harflarini farqlash usullari
BO'G'IN KO'CHIRISH QOIDALARI
1.Qisqartma otlar (abbreviatura) qatordan qatorga ko'chirilmaydi : BMTga, MDHdan 2.Harfdan iborat shartli belgi o'z tegishli raqamidan ajratilmaydi : 105 sm, 40 k/vatt, 8- "B" sinf, 2 m 85 sm 3.Ism - familiya, taxalluslar qisqarganda : A.Temur, S.Ahmad 4.Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam o'z nomidan ajralmaydi : "Boeing" - 70 samolyoti, "Nokia" 11-10 5.Murakkab sonlar raqam bilan ifodalanganda : 2001-yil, XII asr 6.tutuq belgi qoluvchi qismda joylashadi : ra'-no, ma'-no 7.so'z boshidagi yolg'iz unli alohida qolib ketmaydi :o-na, a-badiy 8. so'z oxiridagi yolg'iz unli alohida qolib ketmaydi : mutola-a, matba-a 9.ng+unli=ko'chuvchi qism : si-ngil, de-ngiz ng+undosh=qoluvchi qism : dong-dor, tang-lay 10.sh,ch+unli=ko'chuvchi qism : pe-shona, pe-shay-von sh, ch+undosh = pesh-qa-dam, bosh-liq, och-qich 11.Olinma so'zlarning bo'g'in chegarasida : 2 undosh yonma-yon kelsa : dia/gramma, mono/grafiya 3 undosh yonma-yon kelsa : kon/trakt, pin/gvinn, tran/sport 4 undosh yonma-yon kelsa : Reyx/stag, Avs/traliya, eks/pluatatsiya X va H undosh harflarini farqlash usullari Ko'pchilik o'quvchilar x va h undoshlarini qo'llash jarayonida xatoga yo'l qo'yishadi. Ba'zan bu xatolar o'qituvchilarning o'zlarida ham uchrab turadi. Quyida ―h‖ va ―x‖ undoshini farqlashga yordam beradigan ba‘zi usullarni tavsiya qilmoqchiman. Avvalo, o‗quvchilarga ―h‖ va ―x‖ undoshining talaffuzi yaxshilab tushun-tiriladi. Talaffuz qilayotganda bo‗g‗iz bo‗shlig‗ida — un paychalari o‗rtasidagi tor oraliqda hosil bo‗ladigan, jarangsiz sirg‗aluvchi bog‗iz tovushi ―h‖ hamda chuqur til orqasidan chiqadigan, jarangsiz sirg‗aluvchi ―x‖ tovushlari-ning talaffuzdagi farqli tomonlari amalda ko‗rsatiladi. Quyida harflarni ajratish metodikasi va uni xotirada saqlab qolish usullari haqida ma‘lumot beramiz. Birinchidan, rus tilidan kirgan so‗zlarda hech qachon ―h‖ tovushi uchramaydi. Masalan: texnika, ximiya… Ikkinchidan, so‗z o‗rtasida kelgan ―h‖ undoshi qatnashgan so‗zni talaffuz qilishda ―h‖ undoshi ―y‖lashadi. Masalan, Rahim — Rayim, Sho-hista — Shoyista, Shohimardon — Shoyimardon, Zohid — Zoyid, Sohib — Soyib, Shohida — Shoyida... Bunda e‘tibor berish kerak bo‗lgan holat: ―h‖ dan keyin ―i‖ unlisi kelgan bo‗lishi kerak. Chunki i unlisidan boshqa tovush kelganda ―h‖ ―y‖lashmaydi. Masalan: Burhon, Qahhor, zahar, baham, Is‘hoq va boshqalar. Uchinchidan, ―i‖ unli tovushidan keyin doim ―x‖ harfi keladi: ixtilof, ixtiyor, ixlos, ixtiro, ixtisos, ixcham, omixta, pix, mix, six... Bunda sharti: x undoshi yopiq bo‗g‗inning oxirida kelishi kerak. Bo‗g‗inning boshlanishida kelsa, ―h‖lashadi. Masalan, ji-hat, imti-hon, ni-ho-yat, ji-hoz, isti-hola, ni-hol va hokazo. To‗rtinchidan, ―e‖ unli tovushidan keyin hamisha ―h‖ harfi keladi: meh-mon, deh-qon, be-hi, eh-tirom, isteh-zo, isteh-kom, mehr, meh-rob, meh-ribon, sehr, cheh-ra, eh-son, eh-tiyoj, eh-timol, eh-tiros, eh-tiyot, eh-rom, Beh-zod... Beshinchidan, ―x‖ tovushi bilan boshlangan aksar so‗zlardan x tovushi olib tashlansa, so‗z ma‘nosi tubdan o‗zgaradi. H bilan boshlangan so‗zlarda esa ma‘no o‗zgarmaydi. Xayol — ayol, xona — ona, xazon — azon, xamir — amir, xanda — anda, xasta — asta, xato — ato, xil — il, xol — ol, xola — ola, xon — on, xor — or, xos — os, xotin — otin, xoch — och... Oltinchidan, yana shunday shakldosh so‗zlarni ko‗rish mumkinki, har ikkalasi ham, deyarli, bir xil yozilgani bilan ma‘nolari turlicha bo‗ladi. Bunda shu so‗z qatnashgan gap ma‘nosiga e‘tibor beriladi. Masalan, hil (hil-hil pishmoq) — xil (biron narsaning turi), hol (holat, vaziyat) — xol (yuzdagi xol ma‘nosida), shoh (podshoh) — shox (daraxtning shoxi) so‗zlarini misol qilish mumkin. Bu so‗zlarni bilimni mustahkamlash darslari yoki darsdan tashqari mashg‗ulotlarda o‗yin tarzida o‗rgatib, yozdirib qo‗yish orqali o‗quvchida ma‘nolariga qarab turib tovushlarni ajrata olish ko‗nikmasi rivojlantiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling