LEKSIKOLOGIYA
Leksikologiya yunoncha so'zdan olingan bo'lib, "so'z ta'limoti" degan ma'noni
bildiradi. Tilimizda leksikologiya o'rnida ba'zan leksika atamasi qo'llanishi
mumkin.Leksika atamasi 2 ma‘noda qo‘llanadi.
1)lug‟at tarkibini o‟rganuvchi bo‟lim.
2)tilning lug‟at tarkibi, so‟zlar yig‟indisi.
Leksikologiya quyidagi birliklarni o'rganadi :
1)so'z va uning lug'aviy ma'nolari (atash ma'nosi)
2)ma'no ko'chimlari (sinekdoxa, metafora, metonimiya, vazifadoshlik)
3)so'zning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari (omonim, sinonim, antonim,
paronim, dublet, uyadosh)
4)O'zbek tili leksikasining boyish manbalari (olinma va o'zlashgan so'zlar)
5)Monosemiya va Polisemiya
6)So'z ma'nolarining torayishi va kengayishi
7)Qo'llanilish doirasi chegaralangan va chegaralanmagan so'zlar
(kanselyarizm, istarizm, arxaizm, vulgar, varvar va hokazo.)
So‟zning atash ma'nosi(lug‟aviy, leksik) - so'zning borliqdagi barcha uchun
tushunarli bo'lgan bosh(tub) ma'nosi.
Grammatik ma'no - leksemaning tilshunoslik nuqtayi nazaridan ilmiy asoslangan
ta'rifi.
Ona atash ma'nosiga ko'ra volida, grammatik ma'noga ko'ra - shaxs oti, birlik, bosh
kelishikda.
Atash ma'nosiga ega so'zlar :
Turdosh otlar : qalam, daftar, kitob
Sifat : oq, qora, issiq, sovuq
Fe'l : kelmoq, ketmoq, kulmoq
Ravish : kop, yayov
Son : olti,yetti
🔰Atash ma'nosiga ega so'zlar - ma'no qobig'iga ega so'zlar. Bularga olmoshdan
tashqari qolgan barcha mustaqil so‘z turkumlari kiradi.
🔰
Ma'no qobig'i bo'sh so'zlar :
Atoqli otlar, olmoshlar : men, sen
Yordamchilar : boglovchi, komakchi yuklama
Do'stlaringiz bilan baham: |