Tuzuvchi : shohruh arabjonov


Download 2.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/91
Sana16.11.2023
Hajmi2.34 Mb.
#1778723
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91
BOSH HARFLAR IMLOSI 
1.Har bir gapning boshi, birinchi so'zi nuqtadan so'ng bosh harf bilan yoziladi. 
M : Imtihon yaqin. Hamma hayajonda 
2.Ism-familiya, antroponim, zoonim, taxallus, atoqli otlar : 
Guli, Islomov, Kuno'g'lon, Matlabiy, Zavqiy 
3.Toponimlar (har bir so'zi) 
Misr Arab Respublikasi, Xitoy Xalq Res. 
4.Joy nomlari tarkibidagi sifatlovchi aniqlovchilar : 
Yangi Zelandiya, Shimoliy Koreya, O'rta Osiyo 
5.Gidronimlar : 
Atlantika okeani, Orol dengizi, Shimoliy Muz okeani, Katta Farg'ona kanali 
6. Sayyoralar, yulduzlar, osmon jismlari : 
Yer, Venera, Dalv, Qavs, Javzo, Galley kometasi, Mirrix yulduzi, Xulkar, Aqrab 
Es : Quyosh va Oy so'zlar qachonki sayyora ma'nosida kelsagina bosh harflar bilan, 
qolgan holatlarda kichik harflar bilan yoziladi. 
M : Quyosh Yer atrofida to'xtovsiz aylanadi. 
Yaqinda olgan yerimizni chopiq qildik. 
7.Bayramlar, muhim tarixiy sanalar nomlari tarkibidagi 1-so'z : 
Yangi yil, Vatan himoyachilari kuni, Xotira va qadrlash kuni, Ustozlar va murabbiylar 
kuni. 


8.Asarlar jurnallar, gazeta, mahsulot, tashkilot, korxona-muassasa nomlari tarkibidagi 
1-so'z. 
M : "Asrga tatigulik kun" romani, "Artel" kompaniyasi, "Dena" sharbati, ",Sog'lom 
avlod" jamg'armasi, "Mehr nuri" fondi. 
9.Davlat ordenlari, mukofotlari, unvonlari tarkibidagi birinchi so'z? 
"O'zbekiston xalq shoiri", "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni, "O'zbekiston san'at 
arbobi" 
Es : "O'zbekiston Qahramoni" unvoni, "Oltin Yulduz" medali har ikki qismi bosh 
harflar bilan yoziladi. 
10.Xalqaro tashkilot nomidagi har bir so'z : 
Jahon Tinchligi Kengashi, Yevropa Ittifoqi, Osiyo Taraqqiyot Banki 
11. Qisqartmalar tarkibidagi har bir so'z : 
BMT, MDH, SHHT, YXHT 
12.Davlatning oliy mansabi, unvoni va tashkilotlarining har bir so'zi : 
O'z. Res. Oliy Majlisi, Senat Raisi, Vazirlar Mahkamasi Raisi, Oliy Sud Raisi, Bosh 
Vazir, O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori 
13.vazirliklar, qo'mitalar, tashkilotlar nomlarining 1-so'zi katta harflar bilan yoziladi. 
Sog'liqni saqlash vazirligi, O'zbekiston xalq ta'limi vazirligi, Ichki ishlar boshqarmasi
Davlat test markazi, Davlat soliq qo'mitasi, Milliy xavfsizlik kengashi, Fanlar 
akademiyasi 
14. Universitet va institutlar tarkibidagi 1-so'z : 
Farg'ona davlat universiteti, Toshkent davlat pedagogika instituti 
15. Tarkibida Milliy so'zi bo'lgan tashkilotlar : 
O'zbekiston Milliy universiteti, O'zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, 
O'zbek Milliy akademik drama teatri 

Download 2.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling