Tuzuvchi : shohruh arabjonov


Download 2.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/91
Sana16.11.2023
Hajmi2.34 Mb.
#1778723
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91
1.HARFLAR IMLOSI 
2.ASOS VA QO'SHIMCHALAR IMLOSI 
3.QO'SHIB YOZISH 
4.CHIZIQCHA BILAN YOZISH 
5 AJRATIB YOZISH 
6.BOSH HARFLAR IMLOSI 
7.KO'CHIRISH QOIDALARI 
QO'SHIB YOZISH 
1.tarkibida -ar, -mas bo'lgan ot va sifatlar : 
Echkemar, husnbuzar, ishyoqmas 
2. so'zlarga ushbu so'zlar qo'shilib qo'shma so'zlar hosil qilinganda : 


Xona, noma, talab, baxsh, kam, bop, sifat, poya, xush, mijoz, rang, ham, umum : 
Izzattalab, xushkayfiyat, kumushrang, ommabop, taklifnoma, orombaxsh, kamgap, 
umumxalq, sovuqmijoz, devsifat,qushxona, jo'xoripoya, hamsuhbat 
3.Qisqartmalar va ularga qo'shiladigan qo'shimchalar : 
BMTga, MDHning, SHHTdan 
4.Narsani joyiga nisbatan nomlab kelgan qo'shma otlar : 
Suvilon, qashqargul, tog'olcha, tog'yalpiz, cho'lyalpiz, tog'echki 
5.Narsani nima uchun mo'ljallanganligini bildiruvchi qo'shma otlar 
Kirsovun, molqo'ra, qiymataxta, tokqaychi, ko'zoynak, oshpichoq, oshko'k, oshqovoq, 
nosqovoq 
6.Rus tilidan aynan so'zma-so'z tarjima qilingan so'zlar : 
Suvosti, elektrarra, teleko'rsatuv, yarimavtomat, fotoapparat, bayramoldi, fotostudiya, 
kinoteatr, radiostansiya 
7.marosim nomlari :
Kuyovsalom, kiryuvdi, qoryog'di, kelintushdi, yuzochdi. 
M : Baxmal o'tovda chimildiq tutib, kuyovnavkarlari bilan kuyovni kirgizmoqchi 
bo'lib, bir necha xotinlar "kampiro'ldi" bo'lib, o'lganiga bir nima qilib "itirillar" degan 
rasmini qilib, bunda ham bir nima berib, har zamon salomga 
solib, ...kuyovnavkarlarga to'ppi, ro'mol, sarpoylar berib, kuyovnavkarlar chiqib ketdi. 
Barchinni bekning... qoshiga olib kirib, xotinlar rasmini qilib, "chochsiypatar", 
"qo'lushlatar"ini qilib, bir necha yangalar har qaysisi o'z mazgiliga ketdi (Alpomish 
dostonidan) 
8.Afsonalar qo'shib yoziladi : 
Ochildasturxon, urto'qmoq, yoriltosh, qaynarxumcha 
9.Narsani belgisini, rangini, mazasini bildiruvchi so'zlar qo'shib yoziladi : 
Achchiqtosh, qizilishton, olaqarg'a, mingoyoq, qirqoyoq, sakkizoyoq, toshbaqa, 
sho'rdanak, oqqush 
10. Narsani boshqa bir narsaga o'xshatish qiyoslash asosida paydo bo'lgan qo'shma 
ot va sifatlar qo'shib yoziladi 
Oybolta, qo'ziqorin, sheryurak, devqomat, bodomqovoq, quyonyurak, balandparvoz 
11.Qaratquvchili birikmaning bir so'zga aylanishidan hosil bo'lgan qo'shma ot va 
sifatlar : 
Mingboshi, olmaqoqi, so'zboshi, ellikboshi 
(Mingning boshisi, olmaning qoqisi, so'zning boshi..) 
12.joy nomlariga oldi, bo'yi, orti, obod qo'shilgan so'zlar qo'shib yoziladi : 
Kavkazorti, Boltiqbo'yi, Haydarobod, Uraloldi 
13.so'z+turdosh ot qolipidagi otlar : 
Uchko'prik, Uchuy, Oltiariq, Qorako'l, Buloqboshi, Beshkapa, Karimbobo, 
G'aribmachit, Yangiqo'rg'on, Xo'jaqishloq, Kosonsoy, Amudaryo
14. so'z+atoqli ot bo'lsa ajratib yoziladi : 
Yuqori Chirchiq, Shimoliy Koreya, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, O'rta Osiyo, 
Katta Farg'ona kanali, Shimoliy Muz okeani 
15. ot + rang (haqiqiy rang bildirmasa) qo'shma so'z hosil bo'ladi : 


Tillorang, havorang, bug'doyrang, kulrang, jigarrang, kumushrang, limonrang 
Sifat+rang (rang bildirsa) - AJRATIB 
qizil rang, oq rang, ko'k rang, pushti rang, qora rang, sariq rang, moviy rang 
16. takror taqlid so'zlarga qo'shimcha qo'shilsa qo'shib yoziladi. 
Hayhaylamoq, gijgijlamoq, uraurachilik, sharshara, pirpirak 

Download 2.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling