Tuzuvchi : shohruh arabjonov
TARIXIY-AN'ANAVIY TAMOYIL
Download 2.34 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FARQLASH TAMOYILI
- ABBREVIATURA Abbreviaturalar
- IZOFALI BIRIKMA Izofali birikma
TARIXIY-AN'ANAVIY TAMOYIL - so'zlar tarixan qanday yozilgan bo'lsa hozir
ham shunday yoziladi. Fransiya - Farangiston, Germaniya - Olmoniya, chay - choy, nemets - nemis, sotik- sotix, tserkov - cherkov, sar - chor, pudratchik - pudratchi, krovat - karavot, piala - piyola, chaynik - choynak FARQLASH TAMOYILI - so'z ma'nolarining tutuq belgisi va urg'u yordamida farqlanishini tushuntiradi. Sa'va – sava, san'at – sanat, yàngi – yangí, hózir - hozìr Ulg'ayibdi so‘zi ham fonetik ham morfologik tamoyil asosida yozilgan. ABBREVIATURA Abbreviaturalar - Qisqartma otlar, murakkab nomlarning ikkinchi nomi hisoblanib, ot so'z turkumida uchraydi. ✔Es : qisqartmalar nutqiy ixchamlikka erishish maqsadida avval yozma nutqda paydo bo'lib, keyin ommalashib og'zaki nutqqa o'tadi. ✅Tilimizda so'zlarni qisqartirishning 4 usuli bor... 1)Murakkab nom tarkibidagi so'zlarning 1-tovushlari qisqaradi : DTS, IIB, MXX, DXX, BMT 2)Murakkab nom tarkibidagi 1-so'zning 1-bo'g'ini qolganini bosh harflari : FarDU, O'zMU, O'zAS (O'zbekiston adabiyoti va san'ati 3)1- va 2-so'zning 1-bo'g'ini qolgani to'liq O'zMashXolding, O'zTransgaz, O'zAvtoyo'l 4)1-so'zning 1-bo'g'ini qolgani to'liq : Toshshaharnon, O'zneftgaz, O'zvinosanoatxolding Es : Qisqartmalar barchasi morfologik tamoyil asosida yoziladi.Ularning bosh harflari qo'shib yoziladi. Qisqartma otlarga qo'shimchalar ham qo'shilishi mumkin : YXHTning, BMTga IZOFALI BIRIKMA Izofali birikma - qismlari bir-biriga -i,-yi yordamida bog'langan, tilimizga tojik va arab tillaridan o'zlashgan murakkab birikmalar. Tolibi ilm, dardi bedavo, piri komil, oynayi jahon, tarjimayi hol, nuqtayi nazar, kaminayi kamtarin, bandayi ojiz. Es : izofali birikmalar doim ajratib yoziladi. Izofali birikmalarning qaysidir qismi tilimizda ma'no ifodalamagani uchun qo'shib yoziladi : Ro'yirost, dardisar, ro'yixotir, ro'yixush ba'zida izofa yozilmaydigan birliklar qo'shib yoziladi : Guli beor - gulbeor (fonetik hodisa yo'q), gulsapsar, guldon, gulnor. Eslatma : Izofa tushib qolgan so'z qo'shma so'zga aylanadi.... Izofali birikmalar tilimizda qaratqich qaralmish munosabatiga to'g'ri keladi. ASOSIY IMLO QOIDALARI : Download 2.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling