Tuzuvchi : shohruh arabjonov
Download 2.34 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- AJRATIB YOZISH
CHIZIQCHA BILAN YOZISH
1)Juft va takror so'zlar : ota-ona, aka-uka, issiq-sovuq, hamma-hammasi 2)Juft so'zlarga -u, -yu yuklamalari qo'shilsa chiziqcha yuklamadan oldin qo'yiladi : ona-yu bola, katta-yu kichik, bog'-u rog', erta-yu kech 3) Qismlari -ma, -ba yordamida bog'langan so'zlar : dam-badam, qadam-baqadam, ko'chama-ko'cha, uyma-uy, tomma-tom, yilma-yil Lekin : ro'baro' va darbadar bundan mustasno, chunki ular mustaqil qo'llanmaydi. 4) chiziqcha inchi vazifasida kelganda : 9 - "A" sinf. Arab raqamlaridan so'ng chiziqcha qo'yiladi, rim raqamlaridan keyin emas. M : VII asr, 8-bo'lim 5. Chet tilidan kirgan quyidagi so'zlar chiziqcha bilan yoziladi : Unter-ofitser, kilovatt-soat, km-soat, general-mayor 6. Belgini darajasi kuchayib kelganda : Qop-qora, yum-yumaloq, yam-yashil, kuppa-kunduzi, tip-tiniq, bus-butun 7.Yetakchi va ko'makchi fe'l bir xil qo'shimcha bilan kelsa : Aytasan-qo'yasan, uxlabman-qolibman 8.Qo'shimcha ko'rinishidagi ayrim yuklamalar : -u, -yu, -da, -ku, -a, -ya, -e, -ey,-vey, -chi M : bordi-yu, kelgin-da, bor-ku, seni-ya so'zga qo'shilib yoziluvchi yuklamalar : -mi, -oq, -yoq, -gina, -ov, -yov, -ki M : keldingmi, boriboq, bordiyov, onamgina AJRATIB YOZISH 1)har, hech, qay, bir, hamma, bu, shu, o'sha so'zlari bor qo'shma so'zlar ajratib yoziladi : Bir yoqlama, har tomonlama, hech qachon, o'sha kuni, hamma joy, qay bir Eslatma : ushbu so'zlar bundan mustasno : biroz, birpas, birato'la, birvarakayiga, buyon, birdan 2)Qo'shma fe'llar : Sotib oldi, imzo chekdi, borib keldi 3)KFSQ (ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi) : Aytib qo'ymoq, uxlab qolmoq, o'qib chiqmoq 4)to'liqsiz fe'llar : borgan (ekan, emish, edi) Es : ammo yuqoridagi so'zlar fonetik hodisaga uchrasa qo'shib yoziladi M : borganmish, kelaverdi, sotvoldi 5)Belgini darajasini bildiruvchi so'zlar : Lang - lang ochiq nim - nim qora liq - liq to'la jiqqa - jiqqa ho'l och - och jigarrang to'q - to'q qizil sal qizil til - tim qora Es :nimjon, nimpushti, nimtabassum, nimtalash, nimchorak, nimqorong'i, nimrang qo'shib yoziladi. 6)Qo'shma sonlar : ikki ming yigirma bir, oltmish sakkiz 7)dan va ga kelishiklari yordamida takrorlangan so'zlar : Uydan uyga, yildan yilga, Es : belgini kuchaytirib keluvchi sifatlar ikki xil yoziladi : 1. Chiziqcha bilan : qaro-qaro 2. Ajratib : qarodan qaro 8)Ko'makchilar : Vatan haqida, sen uchun, yil bo'yi Mustasno : sen-chun, sen-la, (qisqarganda) Download 2.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling