Boqiy darbadar
Download 211.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Boqiy darbadar (roman)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIRINCHI QISM IBTIDO
Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi 1
«Sharq yulduzi» jurnali 2010-yil, 6-son
BIRINCHI QISM IBTIDO
... Jaziraning top-toza moviy osmonida bir parcha oq bulut suzmoqda edi. Bu bulut bundan yetti hafta burun Qizil dengizning chuchuk suvli oqimlari ustida paydo bo‘lgan, tinimsiz esuvchi bahri muhit yellari uni Arabiston cho‘llariga qadar qanotlarida avaylab olib kelishib, cho‘l shamollariga topshirgan edilar.
Pastda, yer yuzida – shaharning baland-past ko‘chalarida bugun olomon to‘plangan edi. Peshanalariga va sadoqlariga tippa-tik turgan odam boshli sher tasviri tushirilgan, xalq «Maxes» deb nomlagan O‘lim lashkari bugun bir odamni qatl uchun olib ketmoqda edi. Nomining o‘ziyoq kishilarda qo‘rquv va dahshat uyg‘otadigan bu askarlar na ota-onasini, na qarindosh-urug‘ini bilar, go‘dakligidayoq yaqinlaridan tortib olinib, noma’lum tomonlarga – sahro ichkarisiga olib ketilar, voyaga yetganidan so‘nggina O‘lim lashkari safiga kelib qo‘shilar, ularning iblisona shafqatsizligi haqida odamlar orasida bir-biridan mudhish turli gap-so‘zlar yurar edi.
Qatl uchun tepalikda maxsus joy tayyorlab qo‘yilgan, mahkumning oyoqlariga, qo‘llariga yelkasi aralash zil-zambil kishanlar urilgan bo‘lib, zalvoridan juda qiynalib qadam tashlar, hansirab nafas olar, tevarakdagi odamlarning hazil-mazax aralash aytgan so‘zlari qulog‘iga goh kirib, goh eshitilmay qolar edi.
Kim bilsin, balki hozir unga Iloh farishtalari yordamga kelganu cho‘yan kishanlarning og‘irligini balki sezmayotgandir ham? Tevarakdagi olomon «Qani sening xudoying? Nega u senga madad bermayapti?» deb qichqirar va kular edi.
Kulayotgan bu badbaxt olomon orasida bir etikdo‘z ham bor edi. * * *
Etikdo‘z bugun azonda kulbasining yonidagi daraxt shoxlarida qop-qora chumchuqlar to‘planib olganini ko‘rdi. Boshqa daraxtlarda chumchuqlar yo‘q edi. Bular esa aynan uning loysuvoq uyining Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman)
Download 211.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling