www.ziyouz.com kutubxonasi
5
Va u etikdo‘zga qarab shunday dedi:
Turgin va ravona bo‘lgin!
( «Men-ku imillamayman, ammo sen mahshar kuni kelishini uzoq kutasan...» – deyildi unga.
«...Endi sen to qiyomatga qadar yer yuzida betinim daydishga mahkum etilding», – deyildi unga.
«Hamda sening qiladigan ishing – hech narsa, hech narsa, faqat hech narsa», – deyildi unga).
* * *
Shu kuni u shahar tepaligida o‘zi sudrab kelgan kishanlariga o‘rab-chirmab qatl qilindi va Tangri
taoloning yana bir mahbubi ana shunday bir tarzda o‘ldirildi.
Aytadilarki, qatldan so‘ng olomon uning kimligini asta-sekin tushunib yeta boshlagan va Muborak
Zotga qo‘l ko‘targan badbaxtni u yerdan haydab chiqarishgan. Etikdo‘z shu ketganicha badar ketgan va
oradan yuz yil o‘tgachgina vataniga qaytib kelgan. Ammo odamlar uni yana oldilariga solib
quvlashgan. Yillar o‘tgani sayin u o‘zining qiyomatga qadar o‘lmasligini anglab yeta boshlagan, hech
bir yumushning uning uchun ahamiyati qolmagan. Neki qilmasin, bari behuda bo‘lib chiqavergan...
Va, asrlar bo‘yi uning qismati yer yuzida faqatgina besamar daydishdan iborat bo‘lib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |