Boqiy darbadar
Download 211.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Boqiy darbadar (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 yoniga to‘planishgan, na ovoz chiqarar, na don-dun terar, faqat sinchkov boqishar va nimanidir kutishardi.
Ammo nimani? U tuni bilan mijja qoqmay chiqdi. Ertalab turganida ham vujudida charchoq his qildi. «Bugun endi uxlolmasam kerak, – deb o‘yladi u. – Endi to kechgacha mudroq bosib yurishga to‘g‘ri keladi».
«Agar kunduzi nimadir sodir bo‘lmasa, – dedi uning ichidan sovuqqon va shafqatsiz bir ovoz. – To‘g‘ri aytding, agar kunduzi nimadir ro‘y bermasa, albatta mudroq bosib yurasan».
«Hech narsa ro‘y bermaydi, – deb e’tiroz bildirdi etikdo‘zning aqli unga. – O‘lim lashkari bugun anavi kishini qatl etadi. Agar askarlar qiziqqonlik ustida shaharning ham kulini ko‘kka sovurishmasa...»
«Ular shaharning kulini ko‘kka sovurishmaydi, o‘zing ham yaxshi bilasan, – deya yana e’tiroz bildirdi ovoz. – Sen tashqarida nimani ko‘rding?»
«Hech narsani». «Yolg‘on. Sen daraxtga qo‘nib olgan qora chumchuqlarni ko‘rding».
«Nima bo‘pti, har kungi oddiy chumchuqlar...» «Ammo, Hazrat nima degan edi?»
«Hazrat degan ediki...» «Hazrat degan ediki, oyning o‘n uchinchi kunida, juma kuni uchib keladigan qora chumchuqlar aslida mudhish va qattol bir qarg‘ishning yukini olib kelishadi...»
«O‘chir ovozingni», – dedi qat’iy qilib etikdo‘z, so‘ng yana darchaga qaradi. Qora chumchuqlar hanuz unga termilishardi.
Etikdo‘z qirq uch yoshiga nisbatan ancha qarimsiq ko‘rinadigan, ozg‘in, harakatchan bir odam edi. Ota-onasidan farqli o‘laroq, unga omad kulib boqdi – otasidan qolgan eski tegirmonni ijaraga berib, mablag‘ topdi va sudxo‘rlik bilan shug‘ullandi. U qanoatli va tejamli inson bo‘lib, har bir kuni qat’iy hisob-kitob va o‘lchov asosida kechgani bois, tevarakdagilar o‘ta xasis, birovga zarari ham, foydasi ham tegmaydigan odam sifatida bilishardi. Shaharda boylar va kambag‘allar ko‘p, qullar va cho‘rilar esa undan ham ko‘p, biroq etikdo‘z na boy, na kambag‘al – o‘rtamiyona bir odam edi.
Hazratning bashoratini u hozir yana esladi.
Download 211.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling