Boqiy darbadar
Download 211.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Boqiy darbadar (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi
7 Uchrashganida ham – Xizr alayhissalomdan mujda kutolmasligiga uning aqli yetgan, albatta. Chunki qismatlarni faqat va faqat Parvardigorgina belgilaydi.
Balki, yorug‘ olamda bir Iblis va bir o‘zi bunday taqdirga egaligidan vahimaga tushib, yuzlab yillar tavba qilgandir? Va o‘zining yaratilishi ham aslida bir hikmatga ishora ekanidan umidvor bo‘lib, Parvardigordan rahmat ilinjida dunyo kezar?
Ibroniy ulamolari buni yaxshi biladilar. Biladilaru ammo u haqda so‘z ochishdan o‘zlarini tiyadilar. * * * Umriboqiy bu chol haqida unchalik ishonib bo‘lmaydigan boshqa rivoyatlar ham bor. Shuningdek, uylangani yoki farzandlari bo‘lgani haqida ham hech gapirilmaydi. Qalbida mudhish bezovtalik va qo‘rquv hukm surgan odam uchun kimnidir sevish, oila qurish, bola-chaqa ko‘rish kabi insoniy ne’matlarning ahamiyati qolarmikin?
Darbadar chol haqida bilganlarimiz – shu. Balki tarix kitoblarini varaqlasak, yillar changi orasidan taqdiri Iblisning taqdiriga o‘xshab ketadigan bu badbaxt haqida boshqa ma’lumotlarni ham topishimiz mumkindir. Biroq, bilganlarimizning hammasini aytishdan biz ham o‘zimizni tiyamiz, qolaversa, buni nojoiz deb o‘ylaymiz. Chunki...
Download 211.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling