Boqiy darbadar


Download 211.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/60
Sana26.11.2021
Hajmi211.72 Kb.
#177663
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
Bog'liq
Boqiy darbadar (roman)

SAHRODAGI KARVON 

 

Yuksaklarda og‘ir va qat-qat bulutlarni haydab kelib, tog‘larning yuksak qoyalari oldida qoldirgan 



shamollar hozir Osiyo sahrolari uzra esmoqda edi. Jonsiz tuyulgan barxanlar orasida tin olish uchun 

to‘xtagan karvon chodirlarini tikib ulgurgan, endi shamol rang-barang matolarni yulqab o‘ynar, 

sahroning sariq qumi og‘ir qo‘zg‘alib to‘lqinlanardi. Oyoq ostida o‘rmalovchi tezchopar chumolilaru 

kaltakesaklar g‘ayrioddiy bir sezgi xususiyati bilan bu shamolning oddiy emasligini sezganlari bois 

qum ostiga ko‘milib olgan edilar, sahroning boshqa fuqarolari – ilonlar va echkemarlar ham o‘z 

bilganlaricha yashirindilar. Faqat o‘jarroq va keskirroq o‘qilongina saksovul shoxida qimir etmay turar

shox bilan birga chayqalar edi. 

 

Shamol yana epkin urganida, saksonlarni qoralab qolgan karvonboshi chol nevarasiga uzoqlarda 



qimir etmay turib qolgan bulutlarni ko‘rsatib: 

– O‘sha yerda tog‘lar bor, bolam, – dedi. – Bulutlar cho‘qqilardan o‘ta olmay turib qoldi, endi 

yomg‘irlarini o‘sha yoqqa to‘kadi. Tangri nimani xohlasa, o‘sha bo‘ladi. 

 

– Shamol-chi, o‘ta oladimi? – deb so‘radi nevara. 



 

– Shamol o‘ta oladi, chunki u ko‘zga ko‘rinmas havodan iborat. – dedi Chol. – Aslida shamol ham

bulutu yomg‘ir, havo ham Xudoning maxluqi, bolam. Ular Parvardigorning amrini bajaradilar. 

Jumladan, senu men ham. 

 

– Men Xudoning amrini qanday bajaraman? – dedi nevara 



 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

 

 




Download 211.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling