Boqiy darbadar
Download 211.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Boqiy darbadar (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi
13
tashlanadigan materikning sarg‘ish sahrosida lo‘lilar karvoni tin olish uchun to‘xtagan edi. Biroq, uchoq hozir sahro uzra uchib o‘tayotgan bo‘lganida ham bunday balandlikdan ularni ko‘rish amri mahol edi.
Sahrodan keyin vodiylar boshlanar, yana minglab chaqirim masofada esa oq qorlariyu ko‘k muzliklari bilan bag‘rida butun dunyo taraqqiyotining sirlarini yashirgan Tiyonshon tog‘lari viqor to‘kib turardi. Tiyonshon tog‘larining bag‘ridagi bir g‘orda avliyo tafakkur bilan mashg‘ul edi. Sal oldin yomg‘ir savalab o‘tgan, g‘or og‘zida o‘sgan anjirning yashil barglarida va jigar rang mevalarida katta-katta tomchilar turib qolgan edi. Madaniyatlar, tsivilizatsiyalar, siyosatlar, fikriy va g‘oyaviy kurashlar, ulkan ijtimoiy hodisalar, megapolislar, tutunga o‘ralgan shaharlar va yashil qishloqlaru dalalar qatorida mayda-chuyda tirikchilik tashvishlari bilan tinimsiz harakatlanayotgan odamlar izdihomi... butun olam tortishish kuchini yengib, fazoga yo‘l olishga tayyorlanayotgan fazoviy kemalar, ninachilarday har tomonga imillab uchib borayotgan mahalliy uchoqlar, inson bolasining ayanchli gerdayishlariga sabab muhtasham qasrlaru avtomobillar... to‘qqiz chaqirim pastda, materiklarda qolib ketgan edi.
Uning nazarida dunyoning aylanishi tezlashib ketgandek, tushunish va boshqarish qiyin bo‘lgan g‘alati jarayonlar qaynab-toshayotganday tuyuldi.
Xalqaro anjuman uning qalbini larzaga solgan va oradan o‘n ikki soat o‘tganiga qaramasdan, hanuz taassurotlaridan qutulolmayotgan edi. Anjuman uyg‘otgan hayajonlaru shov-shuvlar hali-veri tinadiganga o‘xshamasdi. Dunyoning eng mashhur olimlari ham hayrat va hatto sarosima ichida edilar.
Insonni takomillashtirish yo‘lidagi urinishlar minglab yillardan beri davom etib kelayotgan bo‘lsa- da, bugungi hodisa bashariyatning barcha izlanishlarini xotimalab, yangi pallaga qadam qo‘yayotganidan dalolat berib namoyon bo‘lgan edi.
Hamma gap, bir tomoni Xitoyga va ikkinchi tomoni Mo‘g‘ulistonga tutashib ketgan, Tiyonshondan Oltoy tog‘lariga qadar bir yarim ming chaqirim masofaga cho‘zilgan yoy misoli yastanib yotgan Gobi cho‘lidagi Inson takomili markazida yetishtirilgan sun’iy jonzotlarda edi. Kuyten-Nayramdal cho‘qqilaridan va Otgon-Tengri Uul vodiysidan yuzlarcha chaqirim masofada joylashgan mazkur markazda ko‘p yillardan buyon insonlarni sun’iy urchitish, genlarini takomillashtirish va klonlashtirish borasidagi tadqiqotlar olib borilayotganini ko‘pchilik bilardi. Shuningdek, bu tur tajribalar dunyoning ko‘pgina o‘lkalarida qat’iyan man etilgani bois, hali qonunlari zaif mamlakatga atayin ko‘chirilganiga hammaning aqli yetib turardi. Dunyoga yoyilib ketgan mazkur tadqiqot tizimining ona bo‘g‘ini bo‘lmish bu markaz insoniyatga kutilmagan bir natijani taqdim etgan va «Xo‘sh, ana endi nima qilasan?» deb sahrolar aro boqib turgan ulkan bir ko‘z misoli, jimit inson bolalarining tutumlariga qiziqsinib qarayotganday tuyulmoqdaydi.
Sun’iy urchitilgan odam aslida kim? Urug‘langan bir ona hujayraning shisha idishlarda mukammal rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan har qanday sharoit yaratib berilgan va muttasil kuzatuvlar ostida inson bolasining paydo bo‘lish jarayoni g‘oyat aniqlik bilan kuzatib boriladigan bunday izlanishlar doimo boshi berk ko‘chaga kirib kelmoqda, bashar aqli yetmagan qandaydir ta’sirlar bois ular majruh, kar,
|
ma'muriyatiga murojaat qiling