Boqiy darbadar


Download 211.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/60
Sana26.11.2021
Hajmi211.72 Kb.
#177663
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60
Bog'liq
Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

15

 



 

XALQARO ANJUMAN 

 

Shimoliy Amerikadagi ulkan aerokosmik markazlardan birida, so‘lim daryo yoqasidagi uch qavatli 



muhtasham saroyda kelajak insonini yaratish borasidagi tadqiqotlarning navbatdagi yakuni o‘qib 

eshittirilmoqda edi. Anjumanda inson genetikasi va ruhiyati borasida dong‘i ketgan eng mashhur 

olimlar ishtirok etayotgan bo‘lsa-da, nutqlar hamda hisobotlar juda sust bormoqda, salqin zalda keng-

qulay oromkursilarda o‘tirgan ilm ahli nurlanishlarning hamda yangi texnologiyalarning odam geniga 

va embrioniga ta’siri haqidagi uzundan-uzoq nutqlarni anchayin zerikish bilan tinglamoqda edilar. 

 

Anjumanning shov-shuvli qismi Gobidagi Inson takomili markazining hisoboti ekanini hamma 



bilardi. Shu bois, bir necha yillardan beri boshi berk ko‘chaga kirib kelayotgan masofaviy boshqarish 

va ruhiyatga ommaviy ta’sir usullari haqidagi hisobotlar, aytarli yangi gap yo‘qligi uchun ham qiziqish 

uyg‘otmayotgan edi. 

 

Osiyodagi Inson takomili markazi yuqori texnologiyalarni qo‘llash orqali inson vujudini 



takomillashtirish muammolari bilan shug‘ullanishidan ko‘pchilik xabardor edi. Markaz joylashgan 

cho‘lning Oltoyga tutash joyi fazo nurlanishlarini kuzatish uchun eng maqbul, shuningdek, g‘ayrioddiy 

hodisalar eng ko‘p sodir bo‘ladigan joylardan biri ekanligi o‘tgan asrdan beri fanga ma’lum. Bir necha 

mamlakat hududiga kirib borgan va mo‘g‘ullar Shamo, xitoylar Alashan, uyg‘urlar Jung‘or deb 

ataydigan bu ulkan cho‘l qishda qirq daraja sovug‘iyu yozda ellik darajali jaziramasi bilan ham 

mashhur edi. Yer yuzida turli-tuman iqlimlarni yaratib qo‘ygan Parvardigori olam, mana shunday 

sahrolarni ham yaratishi bilan, kishilarga «Bas, yer yuzini kezing va tafakkur qiling» deb 

ogohlantirayotgan edi go‘yo.  

 

O‘zidan juda kuchli elektr quvvati chiqarib, yon-veridagi har qanday jonzotni ko‘mirga 



aylantiradigan ulkan to‘mtoq sahro qurti – olg‘oy-xorxoy haqidagi xabarlar keldi Professorning 

xayoliga. Olg‘oy-xorxoy faqat Gobida yashaydi. Tana tuzilishini shaffof holga keltira oladi, goh 

ko‘rinib-goh ko‘rinmasligining sababi shunda...  

 

Markaz vakilining hisoboti soat ikkiga belgilangan edi. Belgilangan vaqtda sahnaga qotmadan 



kelgan misrlik zanji olim chiqib keldi, uning chiqishi qarsaklar bilan qarshilandi. Bu odam sun’iy 

urchitish va klonlashtirishning genetik muammolari borasida tengi yo‘q daho ekani hammaga ayon edi. 

 

– Muhtaram anjuman ahli, – deb so‘z boshladi daho, sokin va osoyishta ovozda. – Men, genetika 



mutaxassisi Georg Mendel, umrimning qirq yilini shu fanning turli chigal masalalarini yechishga 

sarfladim. Jonli borliqlarning gen o‘ramlari qarshisida soatlab termilib o‘tirgan onlarimda doimo 

shuurimda «Yaratgan Parvardigorimning nizomini buzishga urinib, xato qilmayapmanmi?» degan 

savol ko‘ndalang turdi. Millionlab variantlarni tahlil qilar ekan, istalgan har bir kombinatsiyadan 

o‘xshashi yo‘q bir maxluq bino bo‘lishidan har dam cho‘chib yashaganimni sizlarga 

bildirmoqchiman... 

 

Salonga jimlik cho‘kdi. Hammaning diqqat-e’tibori genetikaning shu dahosiga qaratildi. 



 

– Umrim o‘tgani va gen tilsimlariga qadam-baqadam yaqinlashib borganim sayin, u «gunoh 

qilmayapmanmi?» degan savolga aylana bordi, – deb davom etdi olim. – Zotan, bu yerga to‘plangan 

muhtaram jamoaning har biriga mazkur savol ko‘pdan tanish ekaniga shubham yo‘q. Umrining 




Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

 

 




Download 211.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling