Boqiy darbadar


Download 211.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/60
Sana26.11.2021
Hajmi211.72 Kb.
#177663
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60
Bog'liq
Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

17

mushkullari yengillashgan bo‘lur edi. Masalaning estetik tomonlarini ham hal qilishimiz, butun 



dunyodagi barcha xalqlar bilan birgalikda yakdil qarorga kelishimiz lozim – bular insonmi, inson 

emasmi? Bugungi kunda tajribaxonalarda son-sanoqsiz jonzotlar ustida turli-tuman tadqiqotlar 

o‘tkazilmoqda, minglab hayvonlarning tana xususiyatlari, ichki a’zolari, har xil ta’sirlarga munosabati 

o‘rganilmoqda. Biz bu jonzotlarga ilmu fan taraqqiyoti yo‘lida qurbon qilinishi lozim bo‘lgan tajriba 

materiali deb qaraymizmi yoxud inson debmi? Tadqiqotlarimiz yangi, barhayot nasl olish yo‘lidagi 

zahmatlar sifatida olqishlanadimi yoki insoniyat ustidan o‘tkazilgan g‘ayriinsoniy tajribalar deb 

la’natlanadimi – bu savol ham ochiq qolmoqda... 

 

Tasvirda shisha xonadagi g‘oyat katta boshli odamning surati qalqdi, yon qismida uning tartib 



raqami, dunyoga keltirilish vaqti hamda yozuvlar paydo bo‘ldi: 

 

«Men kimman?» 

«Otim nima?» 

Laboratoriyalarda, zirhli shisha idishlarda dunyoga kelgan va g‘ayrioddiy xususiyatlari bilan bir 

qatorda, nuqsonlari bilan ham odamni qo‘rqitadigan turli-tuman sun’iy odamlar anjuman ahliga, balki 

butun insoniyatga ana shunday – nigohlarida tushunmovchilik, azob, qiynoq aks etgan holda jim, 

iztirob ila boqmoqda edilar. 

 

«Men kimman?» 



«Otim nima?» 

Balki ularning tadqiqotlar natijasida ayqash-uyqash bo‘lib ketgan miyalarida boshqa turli savollar 

ham ko‘pdir, lekin eng asosiy savol baribir shu bo‘lib qolmoqda va butun insoniyatga qarata 

berilmoqda edi. 

 

«Men kimman?» 

«Otim nima?» 

 

Bir oz vaqt o‘tgach, ularning o‘rnini baland bo‘yli, sochlari uzun, ko‘rkam bir yigitning tasviri 



egalladi. 

 

Bu – tadqiqotlarimizning eng yuksak cho‘qqisi, oddiy insonga nisbatan g‘oyat uzoq umr 



ko‘radigan barhayot jonzot, – deb davom etdi olim. – Siz uzoq yillardan beri orziqib kutgan va ilmiy 

orzularingizni o‘zida mujassam etgan mukammal mavjudot shu! Avvalgi nusxalarning barcha 

fazilatlari unda mujassam. Gen turli-tumanliklarning  bunday zafarli halqasini topishda osiyolik bir 

hamkasbimizning juda katta ko‘magi bor, u odam hozir orangizda, barhayot insonning vujudidagi 

DNA halqasining siri hozircha shu odamgagina ayon. Bu kishining fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, 

bir mahallar Osiyodagi kichkinagina hujrasidan chiqmagan holda, aql kuchi ila ummon ortida yana bir 

qit’a borligini ko‘ra olgan

4

 yoki turli hisob-kitoblar orqali fazoda Urandan so‘ng yana bir sayyora 



borligini ilg‘agan

5

 ikki buyuk olimning hissasidan kam emasligini ta’kidlab o‘tmoqchiman. Men tilga 



olib o‘tgan kishilar nigoh yetmas olislardagi narsalarni va hodisalarni aqlu tafakkur kuchi bilan ko‘ra 

olgan edilar. Tadqiqotlarimizni boshi berk so‘qmoqlardan oldinga olib chiqqan kishi – genetikaning 

asoschisi Gregor Mendel kashf etgan qonuniyatlar bilan Sharq she’riyatidagi aruz vazni bahrlaridagi 

fe’l turlanishlari orasidagi bog‘liqlikni mantiqiy modellashtirish orqali kashf etgan va gen 

o‘ramlarining eng maqbul kombinatsiyalaridan birini topgan hamkasbimiz professor Ziyodir. Men 

                                                      

4

 Abu Rayhon Beruniy 



5

 U. Levere – Uranning aylanish chizig‘idagi og‘ishlarni hisoblab chiqish orqali undan keyingi yana bir sayyorani – Neptunni kashf 

etgan frantsuz olimi. 



Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

 

 




Download 211.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling