Boqiy darbadar


Download 211.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/60
Sana26.11.2021
Hajmi211.72 Kb.
#177663
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60
Bog'liq
Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

12

Aslida, bundan uch soat avval dunyodagi eng katta meteorologik kuzatish stantsiyalari Atlantika 



ummoni uzra bo‘ron boshlanayotganidan ogohlantirishdi, taxminlarga ko‘ra u mavsumiy bo‘ronlardan 

farq qilar, odatiy «meteorologik ro‘yxat»dagi po‘rtanalar tunda, Oyning tortish kuchi oqibatida suv 

sathining ko‘tarilishi mahalida ro‘y berardi, bu esa kuppa-kunduz kuni boshlanmoqda edi. Xitoy va 

Mo‘g‘uliston uzra turib qolgan issiq havo oqimining shiddat bilan yuqori ko‘tarilishi oqibatida 

Yaponiya va Avstraliya sarinliklarining hamda ummon yuzasidagi sovuq havoning markazga intilishi 

oqibatida uning «yo‘li» juda uzun bo‘lishi taxmin qilinmoqda, katta tezlikda esuvchi shamollarni 

qo‘zg‘atishi kutilmoqdaydi. 

 

Sohillardagi turli davlatlarga bu haqda o‘z vaqtida yetarlicha ma’lumot berilgan, to‘qson olti 



million kvadrat kilometr yuzada sokin-osoyishta to‘lqinlanayotgan ummondagi barcha sayyohlik, ov, 

ilmiy-tadqiqot, harbiy hamda suvosti kemalari (odatda, eng kuchli bo‘ron mahalida ham ellik metr 



chuqurlikda sokinlik hukm sursa-da) hamda yo‘nalishi shu bo‘ron hududi bilan kesishadigan yo‘lovchi 

havo uchoqlari ogohlantirilgan, fazodagi sun’iy yo‘ldoshlarning ba’zilari josuslik ishidan tashqari

bo‘ron yo‘nalishini kuzatishga o‘tkazilgan edi. 

 

Bo‘ron haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda uchoqning kompyuteriga ham yetib keldi, 



avtopilot uchoq yo‘nalishi va uchish quvvati me’yorlariga kerakli o‘zgarishlarni kiritib, bu haqda 

monitorga yozuv ham chiqarib ulgurdi.  

Xullas, o‘z bag‘rida turli sirlarni saqlagan bu asov ummonning bugun junbishga kelishi 

kutilmoqdaydi. 

 

Havo laynerining biznes salonidagi monitorga ogohlantiruvchi yozuvlar turli tillarda qalqib chiqdi



lekin bu yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish saviyasining qay darajada yuqori ekanini ko‘z-ko‘z qilish 

uchun qilingan tadbir edi, turli tabiiy ofatlar vaqtida uchoqni boshqarishning eng samarali usullari 

bundan ellik yil oldin ishlab chiqilgan, shu bois u oz-moz chayqalishlardan boshqa xavf tug‘dirmasdi, 

biroq, yo‘lovchilar uchun aviakorxona ishining qay darajada yo‘lga qo‘yilgani va uchuvchilarning qay 

darajada mohirligining ahamiyati katta bo‘lgani uchun, kompaniya shunaqa Pi-Ar

1

 tadbirini yo‘lga 



qo‘ygan edi. 

 

Laynerdagi uch yuz chog‘li yo‘lovchining biri, insonni takomillashtirish masalalariga 



bag‘ishlangan xalqaro anjumandan yurtiga qaytayotgan kishi – butunjahon Genetik tadqiqotlar 

assambleyasining faxriy a’zosi professor Ziyo ham bu ogohlantirishni o‘qidi-da, keng darchadan 

tashqariga qaradi. 

 

Ular havoga ko‘tarilgan Denver shahri allaqachonoq kulrang pastliklarda qolib ketgan, uchoq 



allaqachon Atlantika ummoni hududiga kirib kelgan edi.  

 

Ufq top-toza, to‘qqiz chaqirim pastda esa kul rang tusli ummon, bag‘ridagi nahanglariyu millionlab 

tur va ko‘rinishdagi jonzotlari, suv yuzasida suzib yurgan va qachonlardir teranliklarga g‘arq bo‘lgan 

kemalari, shaharlariyu qishloqlari, balki Nuh alayhissalom to‘fonidan qolgan xarobalari bilan ... 

yastanib-to‘lqinlanib yotar edi.  



 

Ummon go‘yo tarixga o‘xshar edi! Go‘yo butun kechmishlar ana shunday sokin va til-zabonsiz, 

bepoyon tarzda, vaqtsizu makonsiz dolg‘alanmoqdaydi. 

 

                                                      

1

 Pi-Ar – Public Relations so‘zining bosh harflaridan olingan, jamoatchilik bilan aloqalar ma’nosini bildiradi, ya’ni turli shirkatlarning 



omma fikrini o‘rganish va kerakli tomonga yo‘naltirish uchun amalga oshiradigan tadbirlari. 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

 

 




Download 211.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling