Boqiy darbadar


Download 211.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/60
Sana26.11.2021
Hajmi211.72 Kb.
#177663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
Boqiy darbadar (roman)

HAZRATNING BASHORATI 

 



Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

3

Hazratni u bundan o‘ttiz uch yil avval uchratgan edi. Hazrat yolg‘izoyoq yo‘ldan asosini tutganicha 



kelarkan, bola adir yonbag‘rida qamishdan nay yasab o‘tirar, sal narida qo‘ylari o‘tlab yurishardi.  

 

Hazrat shu atrofdagi daraxt shoxlarida qora chumchuqlarning to‘planib olganini ko‘rdi.  



 

Boshqa qushlardan farq qilib, bular na don-dun terar, na sayrar, na shoxdan-shoxga uchib-

qo‘nar, faqat, kichkina sarg‘ish ko‘zlarini tikkancha nimanidir sabr-toqat bilan kutishardi. 

 

Hazrat rang-quti o‘chgancha, bolakayga qarab turib: 



– O‘g‘lim, oting nima? – deb so‘radi. 

 

Bolakay ismini aytdi. Keyin yolg‘iz bu yo‘lchiga qiziqib qarab, so‘radi: 



– Siz uzoqdan kelyapsizmi? 

 

– Judayam uzoqdan, – deb javob qildi Hazrat, uning yoniga o‘tirib, qo‘lini bolakayning yelkasiga 



qo‘yarkan. 

– Charchadingizmi? – dedi bola. 

 

Chol bosh irg‘adi. 



 

Qaydadir to‘rg‘ay sayradi. Bolakay ko‘kka boqib, to‘rg‘ay hazratning boshi ustida aylanib 

sayrayotganini ko‘rdi. 

 

– Bu chumchuqlar ko‘pdan beri shu yerdami? – deb so‘radi Hazrat. 



Bolakay yelka qisdi. 

 

– Himm... Bugun juma, oyning o‘n uchinchisi... – nimanidir o‘zicha hisob-kitob qildi Hazrat. 



So‘ng bolaga achinib qarab turdi-da: – O‘g‘lim, gapimga diqqat bilan quloq sol, – dedi. – Oyning o‘n 

uchinchi kunida, juma kuni uchib keladigan qora chumchuqlar aslida mudhish va qattol bir 

qarg‘ishning yukini olib keladilar. Shu gapimni zinhor yodingdan chiqarma. 

 

Bola bu gapni tushunmadi, shu bois ham cholga angrayib qarab qoldi. 



 

Hazrat ancha sukutdan so‘ng: 

– Xudoning dargohi keng, o‘g‘lim, tavba qil, – dedi, og‘ir tin olib. – Aslida kim o‘ylabdi, senday 

ma’sum, ishonuvchan bir bolakayga shunaqa taqdir nasib etishini... Bu qismat endi o‘zgarmaydi, 

chunki bugun dengizning sohilga yaqin yerida, suv ostida yangi bir buloq ko‘z ochdi, uning suvlari 

sho‘r suv bilan aralashmasdan, qirg‘oq yaqinida chuchuk oqimlarni paydo qildi. Tongda esa muborak 

bir kishi dunyoga keldi, unga soya solish uchun yaratilgan daraxt meva tugdi... Vaqt-soati yetganida u 

bilan albatta uchrashasan. Seni dunyoda hech kim ro‘para kelmagan bir taqdir kutayotgani balki bejiz 

emasdir, bir hikmati bordir... Tavba qil, shoyad Parvardigorning o‘zi rahm aylasa... 

 

So‘ng o‘rnidan turdi. 



 

– Sen-ku avomning ko‘zida zohiran bir duo tufayli shunday qismatga mahkum etilasan. Ammo 

umring mobaynida o‘z hayoti davomida ilohiy mujdani rad etib, darbadarlikni bo‘yinlariga olgan 

sanoqsiz kishilar olomonini ko‘rasan. Ularning hayoti senikidan zarracha ham o‘zga bo‘lmaydi, biroq 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

 

 




Download 211.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling