Tuzuvchi : shohruh arabjonov
)Polizchilar nutqida qovun yoki handalak urug‟i ma‟nosida (ma‟no ko‟chadi)
Download 2.34 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4)Parvoyi palak iborasi
- 1.Orniga kora aloqadorlik
2)Polizchilar nutqida qovun yoki handalak urug‟i ma‟nosida (ma‟no ko‟chadi).
Misol : To‟rt egat palak ekdim. 3)Urf-odatga ko‟ra, qizlarni kuyovga uzatish uchun kashta ipakli matolar tayyorlanadi. Misol : Iblisni rahbar deb qarshi oldilar, Balki, sayladilar undan ham ortiq Poyiga ipakdan palak soldilar So‟ng yuksak bir taxtni etdilar tortiq. 4)Parvoyi palak iborasi : mas‟uliyatsiz, e‟tiborsiz. M : Uning bu ishlarga parvoyi palak 5)Palak (o‟xshatish ma‟nosida) : Bir palakdan har xil xamak chiqadi. METONIMIYA Metonimiya - (yunoncha - qayta nomlash) Metonimiya - narsa va hodisalar o'rtasida o'zaro aloqadorlik asosida birining nomi ikkinchisiga ko'chishidir. Metonimiyada narsalar o'zaro aloqadorligi va bog'liqligi asosida ma'no ko'chadi. Metonimiya - narsalarning birini aytish orqali 2-sini tushunish. Metonimiya orqali fikr lo'nda, qisqa qilib ta'minlanadi. Nutqni tejaydi. 1.O'rniga ko'ra aloqadorlik : Navoiyda yashayman (viloyati) 2.Vaqtga ko'ra : 18 ga kirdi (yoshga), Bozor kuni (yakshanba) 3.Muallif va asar o'rtasida: Navoiyni sevib o'qiyman (asarlarini), Fuzuliyni oldim qo'limga (kitobini) 4.Mahsulot o'lchov birligi : 10 ta quy, 05 choy, 5 qop oltin, 3 kilo olma Misollar : 1)Butun shahar yig'ildi(aholisi) 2)Bir stakan ichdim (sharbat) 3)Hamzada tushaman (bekatida) 4)Samovarda o'tirdik (choyxona) 5)"Besh bolali yigitcha" bormi? (kitobi) 6)ichak-chavog'im tugadi, endi kalla sotaman.(go'sht) 7)Osmon fonarini yoqdi (fonar emas, oy) 8)Ho'l-u quruqqa barobar qanoat qil 9)Atala suzdi (ovqat) 10)Ishga kirgandim, qog'oz oldim (hujjat) 11)quyuq-suyuq qildingmi (ovqat) 12)Qo'lida po'lat shiqirladi (temir) 13)"Dena" ichdim (ichimligini) 14)Zal oyoqqa turdi (zaldagi odamlar) 15)Zebi kashtasiga berildi (tikishga) 16)Rossiyaga qanday boraman (davlatiga) 17)Navbatim shu "jinsi" dan keyin (kiygan odam) 18)Kasalni oyog'iga o'tirdi (tomoniga) 19)Saida 10-chini bitirdi (sinfni) 20)Bolalar uchun "G'uncha" yaxshi(jurnali) 21)e sizlar hukumat emasmi (odamlari) 22)Majlis qaror qildi (qatnashuvchilari) 23)Alisher o'z qalami bilan dunyoni zabt etdi (qalami emas asarlari bilan) 24)bugun rentgenga tushdim (apparatiga) 25)Oltin vodiyda keldim (poyezdida) 26)Paxtakor yutdi (klubi) 27)sho'rvaga o'tiring (yegani) 28)Ko'ksimda qo'rgo'shin (aslida o'q) 29)hammasiga shu kalandimog' aybdor 30)Boshimni og'ritma 31)Urush ko'plarni yostig'ini quritdi 32)Auditoriya kuldi. 33) 19 ga kirdim. 34)Navoiyni kechadan beri ko‘tarib yuribman 35)Tong otar chog‘ida Bedil o‘qir edim. 36)Fuzuliyni oldim qo‘limga. 37)Oshda ko‘rinmadingiz 38)Dasturxonga chiqing. 39)Onam eshikda kir yuvyapti 40)Hoy qizil shapkacha, qayerga ketyapsan? Download 2.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling