Tuzuvchi : shohruh arabjonov
Download 2.34 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslatma
- Tazod (arabcha - zid)
- ANTONIM TURLARI
ANTONIMLAR (ZID MA‟NO) Antonimlar ( yunoncha- qarama-qarshi) bir-biriga qarama-qarshi ma‘noli so‘zlar bo‘lib, birini aytganimizda zid xayolimizga keladi. Misol : baland-past, oq-qora, katta - kichik. Eslatma: Antonimlar inson faoliyatidagi eng muhim siyosiy, axloqiy, fanniy qarashlar umumlashmasini aynan ifodalashning eng qulay usullaridir. Yaxshidan bog‟ qolar, Yomondan dog‟ qolar Rumiyning aytishicha: “ Har qanday narsaning qiymati uning zidi bilan namoyon bo‟ladi. Zidi bo‟lmagan narsani ta‟rif etish imkoniyatdan tashqaridadir. Shuning uchun ham Tangri Taolo odam qarshisida iblisni (shayton, azozil) Muso qarshisida Fir‟avn , Ibrohin oldida Namrudni, Mustafo qarshisida Abu Jahilni zid qilib yaratgan. Eslatma: Antonimlik faqat bir turkum doirasidagina bo‘ladi. M: yaxshi-yomon(sifat) oz-ko‘p (ravish) yaxshilik-yomonlik (ot) qish-yoz ( ot) kelmoq-ketmoq ( fe‘l) Eslatma: Antonimlik sifat va ravishlarda keng uchraydi, ot va fe‘lda kam uchraydi. Eslatma: O‘zbek tilida son, olmosh, oraliq va yordamchi so‘zlar antonimlikdan holidir. Fe‘llardagi bo‘lishsizlik shakli (-ma) antonimlik hosil qilmaydi. Son, olmosh, fe‘llarning bo‘lishsizlik shakli (-ma) badiiy adabiyotda antonim sifatida kelib tazod ni yuzaga keltirishi mumkin. M: Xoh inon, Xoh inonma. M : Kecha kelgumdur debon, Ul sarvi gulro' kelmadi. Tazod (arabcha - zid) - Antonim so'zlarni qo'llash san'ati. M : Bunda yondosh shodlik va qayg'u M : yer-u osmon, kecha-yu kunduz Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadi. M : Kishi ko'rsa ayirmas hazon ila bahorimdin Es : antonimlar badiiy uslubda keng qo'llaniladi. "Kecha-yu kunduz", "Urush va tinchlik" ANTONIM TURLARI : 1.leksik-antonimliklar - so'zlar o'rtasidagi antonimlik : keng-tor, baland - past 2.affiksal - antonimlik ~ qo'shimchalar M : hunarmand - hunarsiz, beodob-odobli 3.Frazeologik - antonimlik(iboralar) qo'li uzun - qo'li kalta, oq ko'ngil - ichi qora 4.lekso-frazeologik antonimlik suvtekin - qimmat, ogzi qulogida - xafa 5.Konteksual ( shartli) antonimlik aytar so'zni ayt - aytmas so'zdan qayt holvani hokim yer - kaltakni yetim Es : ayrim zid ma'noli so'zlar juftlashib semantik usulda yangi lug'aviy ma'noga ega yasama so'zlar yasashi mumkin : nari-beri(tez), achchiq-chuchik(salat) erta-kech(hamisha), bugun-erta(yaqinda) qishin-yozin(doimo), yosh-u qari (hamma) bordi-keldi(mehmondorchilik), kirdi-chiqdi(g'alati) oq-u qora(yaxshi-yomon), oldi- berdi (savdo-sotiq) Download 2.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling