37. - kash qo'shimchasi
1)otdan oy yasaydi (aravakash,
mehnatkash)
2)ot va sifatdan sifat yasaydi (dilkash,
pastkash, xayolkash, namkash,
sustkash)
38. - ki qo'shimchasi
1) fe'ldan ot yasaydi (turtki, tepki)
2) ot va ravishdan sifat yasaydi (ichki,
ertalabki, kechki)
39. - kin qo'shimchasi :
1)sifat yasaydi (keskin)
2)fe'lning buyruq-istak mayli (to'kkin)
40. - kor qo'shimchasi
1) otdan ot yasaydi (paxtakor)
2)otdan sifat yasaydi (fusunkor,
ehtiyotkor, zulmkor, isyonkor)
41. - l qo'shimchasi :
1) unumsiz sifat yasovchi (tugal)
2) unumsiz ot yasovchi (qamal)
3) o'zlik nisbat shakli (kuy taraldi)
4) majhul nisbat shakli (soch taraldi)
42. - la qo'shimchasi :
1) fe'l va sondan boshqa turkumlardan
fe'l yasaydi (ishla, oqla, ohla, senla,
tezla, gumburla, sekinla, qaytala,
yo'qla)
2)fe'lning harakat tarzi shakli (quvla,
savala, qashila, timdala, tirnala,
bulg'ala, qo'zg'ala, g'ajila, silkila,
ketamanla, boramanla)
3)bilan ko'makchisining qisqargan
shakli (sen bilan, sen-la)
4) -oq(-yoq) yuklamasining sinonimi
(kelib-la ketdi)
43. - lab qo'shimchasi
1) ravish yasaydi (tonnalab, oylab,
saharlab, ko'plab, bittalab, ertalab,
kilolab)
2) chama son shakli (o'nlab, yuzlab,
minglab)
44. -larcha qo'shimchasi
1)sifat va otlardan ravish yasaydi
(mardlarcha, qahramonlarcha,
otalarcha, aybdorlarcha)
2)chama son shakli (o'nlarcha,
yuzlarcha)
45. -lik qo'shimchasi
1)ot yasaydi (tezlik, toshkentlik,
bolalik)
2) sifat yasaydi (qishlik, ko'rpalik)
46. –liq qo‟shimchasi :
1)ot yasaydi (bo‘shliq, borliq)
2) sifat yasaydi (bog‘liq)
Do'stlaringiz bilan baham: |