37.1822-yilda qadimgi Misr iyrogliflarini o’qishga
erishgan shaxs qaysi xalq vakili ekanligini aniqlang?
A) Ingliz B) Fransuz C) Rus D) Yunon
38. 1822-yilda qadimgi Misr iyrogliflarini o’qishga
erishgan shaxs ?
A)J.F. Shampolyon B) A.Dyuperon
C) Genrix Shilimen D) Rixtgofen
39.Quyidagi variantlardan Rozzet bitiktoshiga oid to’g’ri
ma’lumotni aniqlang ?
A) Bu kashfi yotga Memfis shahridan uncha uzoq bo‘lmagan
Rozett shahri yaqinidagi bir toshga chekil
gan qa dimgi Misr va qadimgi yunon tillaridagi bir xil
ma’nodagi bitik sabab bo‘ldi.
B) Qadimgi Misr tilidan tarjima qilish qiyinchilik
tug‘dirmadi, matnlarni taqqoslab ko‘rib, har bir iyeroglif
anglatgan ma’noni tushuntirib berish imkoni topildi.
C) Ana shu kashfi yotdan keyin papiruslarga
bitilgan ko‘plab matnlar, ibodatxonalar va piramidalar
devorlaridagi bitiklar ko‘p asrlik jimjitlikdan so‘ng «tilga
kirdi».Tarixchilar esa Qadimgi Misr sivilizatsiyasini
o‘rganish uchun muhim va ishonchli manbaga ega bo‘lishdi.
D) Bugungi kunda Rozett bitiktoshi Britaniyadagi London
muzeyida saqlanmoqda.
40. Misrda nazariy bilimlarning dunyoga kelishi va rivoj
topishi misrliklarning ….. bilan bog‘liq bo‘lgan.
A) Kundalik hayoti B) dini
C) Turmush tarsi D) BJT
41.Quyidagi rasmda tasvirlangan asboblar qaysi qadimgi
xalqning tibiyot asboblari hisoblanadi ?
A) Qadimgi hindlarning B) Qadimgi yunonlarning
C) Qadimgi xitoyliklarning D) Qadimgi misrliklarning
42. Quyidagi qadimgi Misrliklarning turmush tarziga oid
berilgan ma’lumotlardan faqat to’g’rilarini aniqlang?
1. Ziroatchilar qachon urug‘likni yerga qadash, qay mahalda
hosilni yig‘ishtirib olishni bilishi zarur edi. Bu muddatlarni
misrliklar yulduzlarga qarab aniqlaganlar. Shu tariqa,
astronomiya, ya’ni yulduzlar haqidagi fan dunyoga keldi.
2. Yulduzlarni kuzata turib misrliklar yil davomiyligini 366
kun etib aniq-raso belgiladilar, birinchi bo‘lib taqvim
tuzdilar, 366 kunni esa 30 kundan 12 oyga taqsimladilar,
ortib qolgan 5 kunni bayram kunlari sanab, hisobga
kiritishmadi.
3. Anhorlar qazilayotganda, istalgan imorat va inshootni
barpo etayotganda maydon hajmini o‘lchash zarur edi, shu
tariqa arxitektura fani – yer yuzasini chizish ilmi dunyoga
keldi.
4. Misrliklar nafaqat oddiy arifmetik hisoblashni, qolaversa
kasrlar, maxrajlar va murakkab hisob-kitoblarni ham
bilishgan. Matematika fani ana shu asosda taraqqiy etdi.
5. Misrda asosiy o‘lchov birligi «tirsak» bo‘lib, u tirsakdan
barmoqlar uchigacha bo‘lgan uzunlikka teng edi. Qo‘llar
uzunligi turlicha bo‘lgani sababli «podsho tirsagi» degan
yagona o‘lchov joriy etilgan, u 52,2 santimetrga teng bo‘lgan.
Bundan ham qisqa uzunliklarni o‘lchashda kaft yoki
barmoqlardan foydalanilgan.
6.Misrda vaqt 24 ta bo‘lmaga ajratilgan maxsus idishdan
iborat bo‘lgan suv soatlari yordamida o‘lchangan. Bir
bo‘lmadan ikkinchisiga oqib o‘tadigan suvning hajmi bir soat
deb hisoblangan.
A) 1,3,6 B) 2,4,5 C) 1,3,5 D) 2,4,6
Do'stlaringiz bilan baham: |