32.Quyidagi qadimgi Misrliklar ehromlari to’g’risida
yuritilgan mulohazalardan nechtasi xato ?
1. Piramida ichida dahliz bilan tutashtirilgan bir qancha
xonalardan iborat bo‘lgan. Ulardan birida fi r’avnning
mumiyolangan jasadi solingan toshtobut – sarkofag
joylashgan.
2. Daxmalar ichi devorlari esa munojotlar va duolardan
iborat bitiklar bilan qoplangan.
3. Ular fi r’avnni himoya qilishi va o‘zga hayotga
o‘tayotganida unga yordam berishi nazarda tutilgan.
4. Piramidalarni sfinks – tanasi sherniki va boshi odamniki
bo‘lgan ulkan haykal qo‘riqlaydi. «Sahro shohi» – sfi nks
haykali toshdan ishlangan bo‘lib, uning balandligi 20 metrga
teng.
5.So’ngi podsholik davriga kelib ehrom qurmay qo‘yishdi.
Fir’avnlarni tog‘larga o‘yilgan tosh maqbaralarga dafn
etadigan bo‘lishdi.
6. Eng mashhur maqbara fi r’avn Tutanxamonga tegishli
bo‘lgan. Maqbara ichidagi tasavvurga sig‘maydigan boyliklar
bizga qadar yetib kelgan.
A) 3 tasi B) 2 tasi C) 4 tasi D) 1 tasi
33.Qadimgi misrliklar etiqodiga ko’ra mumiyolash
to’g’risida berilgan ma’lumotlardan to’g’ri berilganini
toping ?
A) Qadimgi misrliklar inson vafot etganidan keyin
marhumlar saltanatiga ketadi, o‘sha yerda umrini davom
ettiradi, deb hisoblashgan.
B) Ammo marhumlar saltanatidagi hayot, misrliklar fi kricha,
Osiris sudining natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Tarozining bir
pallasiga marhumning yuragi, boshqasiga esa qush patlari
qo‘yiladi.
C) Mabodo tarozi pallalari tenglashsa, demak inson bu
dunyodagi hayotida faqat ezgu ishlar qilgan bo‘ladi, u vafot
etganidan keyin ajoyib bir sharoitda umrini davom ettiradi.
Yurak og‘irroq kelsa, inson bir talay yomon ishlarni
qilgan bo‘lib chiqadi va badbashara maxluqlarga yemish
bo‘ladi.
D) Barcha javoblar to’g’ri
Do'stlaringiz bilan baham: |