Tuzuvchi: informatika fani o’qituvchisi Ibragimov Sodiqjon - Tashkiliy davr.
- Ma’naviy daqiqa o’tkazish.
- O’tilgan Mavzuni takrorlash.
- Yangi mavzuni bayon etish.
- Yangi mavzuni mustahkamlash.
- O’quvchilar baholarini va kichik guruhlar umumiy ballarini e’lon qilish.
- Uyga vazifa berish.
Tashkiliy davr - Salomlashish.
- Davomatni aniqlash.
- Sinfni 2 ta kichik guruhlar “Algoritm” va “Internet” jamoalariga bo’lib olish.
- Darsning maqsadi kutilayotgan natijalar va baholash mezoni bilan tanishtirish.
- Kichik guruhlar o’z jamoalari nomini sharxlash.
Darsning maqsadi - Paskalning shakllar chizish operatorlari haqida tushuncha berish.
- Bugungi kunda bo’layotgan siyosiy, manaviy va ma’rifiy yangilklar haqida tushuncha berish.
- Paskalning shakllar chizish operatorlarini qo`llash ko`nikmalarini rivojlantirish.
kutilayotgan natijalar - Paskalning shakl chizish operatorlari haqida tushunchaga ega bo’ladilar;
- Bugungi kunning ayrim yangiliklari haqida habardor bo’ladilar;
- Algoritm va internet tushunchalari haqida ma’lumotga ega bo’ladilar;
- Paskalda sodda shakllarni chizish uchun dastur tuza oladilar.
baholash mezoni - Jamoa nomini sharhlash (5 ballik tizimda);
- Ma’naviy daqiqada ishtiroki (5 ballik tizimda);
- Avvalgi mavzuni takrorlash (5 ballik tizimda);
- Yangi mavzuni mustahkamlash (5 ballik tizimda).
Mavzu: Paskalning shakllar chizish operatorlari. - SetColor(rang) – chiziq rangini tanlash operatori;
- SetBkColor(rang) – fon rangini tanlash operatori;
- Line(X1,Y1,X2,Y2) – kesma chizish operatori;
- Circle(X,Y,R) – aylana chizish operatori;
- Rectangle(X1,Y1,X2,Y2) – to’g’ri to’rtburchak chizish operatori;
- SetFillStyle(usul,rang) – yopiq sohani bo’yash usuli va rangini tanlash operatori;
- FloodFill(X,Y,rang) – yopiq sohani bo’yash operatori;
- Bar(X1,Y1,X2,Y2) – joriy rang va joriy usulda bo’yalgan to’rtburchak chizish operatori.
Yangi mavzu bayoni Ko’rsatilgan shaklni chizish uchun dastur tuzing: Program misol1; Uses graph; Var gd, gm: integer; Begin Gd:=detect; Initgraph(gd, gm, ’../bgi’); Setcolor(green); Rectangle(200,50,400,250); Line(200,250,400,50); Circle(300,350,50); Circle(300,350,100); Setfillstyle(2,red); Floodfill(300,350,green); Readln; Closegraph; End. Mustahkamlash uchun savollar: - Paskalda chiziq rangini qaysi operator yordamida tanlanadi?
- Paskalda kesma chizish uchun qaysi operatordan foydalaniladi?
- Paskalda aylana qaysi operator yordamida chiziladi?
- Paskalda to‘g‘ri to‘rtburchak chizish uchun qaysi operatordan foydalaniladi?
- Paskalda fon rangini belgilash uchun qaysi operatordan foydalaniladi?
- SetFillStyle operatorining vazifasi nima?
- FloodFill operatoring vazifasi nima?
Yangi mavzuni mustahkamlash Quyidagi shakllarni chizish uchun dastur tuzing: Uyga vazifa 9-sinf informatika darsligi. 103-bet. 3-4 mashqlarni bajarish. - 3-mashq. Ekranni sariq gorizontal chiziqlar bilan to’ldiring.
- 4-mashq. Svetofor rasmini chizuvchi dastur tuzing.
Darsimiz yakunlandi Etiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |