Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son khm


Download 7.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/118
Sana07.10.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1694677
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   118
Bog'liq
Axborot texnologiyalari O\'MT

Ochilgan 
sahifada 
quyidagi 
kataklar 
to‘ldiriladi: 
Кому (Kimga) – yangi xat yuborilayatgan elektron pochta qutisining manzili. 
Agar xat bir nechta joyga yuboriladigan bo‘lsa, manzillar bir – biri bilan vergul 
yordamida 
ajratiladi. 
Тема (Mavzu) – xatning mavzusi, sarlavha. Elektron pochta tizimining oddiy 
pochtadan farqli joylarida biri xatning mavzusi degan tushunchadir. Elektron 
maktubga sarlavha qo‘yish shart emas, bu katakchani bo‘sh qoldirsangiz ham 


O’MT = Axborot texnologiyalari Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son KHM
= 190 = 
bo‘ladi (odatda, pochta dasturlari «Siz maktubga sarlavha qo‘ymabsiz, nomsiz 
ketaversinmi?» deb birrov so‘rab qo‘yishadi). Lekin, xatga sarlavha qo‘yish juda 
qulay va ma’qul narsa. Masalan, «12/212-shartnoma bo‘yicha savollar» degan xat 
yozsangiz, uning javobi «Re: 12/212-shartnoma bo‘yicha savollar» deb kelsa, 
yuzlab xatlarning ichidan aynan shu shartnoma bo‘yicha yuborgan 
savollaringizga qanday javob kelganligini topishingiz oson bo‘ladi. 
Mavzuning 
tagidagi 
katakka 
xatning 
matni 
kiritiladi. 
Elektron pochtaning yana bir muhim imkoniyati – fayl yuborishdir. Biroq, pochta 
qutilarida faylning yuborish mumkin bo‘lgan o‘lchamlari cheklangan bo‘ladi. 
Pochta xizmatlari odatda xatga qo‘shib yuboriladigan fayllarning soni va 
o‘lchami qanchadan oshmasligi kerakligini ko‘rsatib turishadi. Mayl.ru pochta 
xizmatidan odatda 20 mb gacha bo‘lgan hajmdagi fayl yuborish mumkin. Biroq, 
bu o‘lchamni sozlash ham mumkin. Buning uchun Отправить файл > 20 mb 
degan havolani va uning yonidagi “Настроить” havolasini bosiladi. Xatga fayl 
qo‘shib yuborish uchun Прикрепить файл (Fayl biriktirish) tugmasi bossangiz, 
kerakli faylni ko‘rsatish oynasi ochiladi. Bu erdan yubormoqchi bo‘lgan 
faylingizni ko‘rsatib, Открыть (Ochish) tugmasini bosasiz. Faylning katta-
kichikligi va internetga ulanish tezligiga qarab, fayl biriktirishga bir necha soniya 
yoki daqiqa ketadi. Fayl biriktirilgach, uning yonida yashil belgi paydo bo‘ladi. 
Endi xatni yuborish mumkin. Xatni yuborish uchun Отправить (Yuborilsin) 
tugmasi bosiladi. Agar xatni keyinroq yubormoqchi bo‘lsangiz, uni saqlab 
qo‘yish mumkin. Buning uchun Сохранить (Saqlab qo‘yilsin) tugmasini bosasiz. 
Yozayotgan xatni bekor qilish uchun Отмена (Inkor) tugmasi bosiladi. 
 
Xat jo‘nab ketgach, Ваше письмо отправлено! (Xatingiz yuborildi!) yozuvi 
paydo bo‘ladi. 


O’MT = Axborot texnologiyalari Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son KHM
= 191 = 
1. 
Yuborilgan xatlar ro‘yxati Отправленные (Yuborilganlar) bo‘limida turadi. Bu 
bo‘limga ham chap tomondagi menyudan kiriladi. 
 
Черновики (Xomaki nusxalar) bo‘limida saqlab qo‘yilgan xatlar ro‘yxati turadi. 
Спам bo‘limida elektron pochtangizga kelgan va spam deb hisoblangan xatlar 
saqlanadi. Ularning spam yoki spam emasligini elektron pochta tiziminiyu o‘zi 
ham maxsus algoritmlar yordamida baholiqudrat aniqlaydi. Lekin biror xatni 
o‘zingiz ham spam yoki spam emas deb belgilashingiz, spamga oid tartib-
qoidalarni 
o‘zingiz 
sozlashingiz 
ham 
mumkin. 
Корзина (Savatcha) bo‘limida o‘chirib tashlangan xatlar turadi. Ularni tiklash, 
butunlay 
o‘chirib 
tashlash 
kabi 
ishlar 
shu 
bo‘limda 
bajariladi. 
Oyna ostidagi Настройки (Sozlashlar) bo‘limida elektron pochta qutisiga oid 
barcha sozlash ishlari amalga oshiriladi. 


O’MT = Axborot texnologiyalari Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son KHM
= 192 = 
Masalan, bu yerda pochta qutisining tashqi ko‘rinishi, parollar, xavfsizlik, SMS-
xabarlar va boshqa sozlashlarni boshqarish mumkin. 
Pochtangizni 
parolini 
o‘zgartirmoqchi 
bo‘lsangiz, 
Sozlashlar 
bo‘limdagi Пароль havolasini bossangiz, kalit so‘zni o‘zgartirish sahifasi 
ochiladi. Bu erda Текущий пароль (Joriy parol) katagiga hozirgi parolni, Новый 
пароль (Yangi parol) va Повтор нового пароля (Yangi parolni takrorlash) 
kataklariga esa yangi parolni yozasiz. Укажите кодразмещенный на 
картинке degan joyga suratdagi raqam va harflarni kiritasiz. Yangi parolni 
saqlab qo‘yish uchun Сохранить (Saqlab qo‘yish) tugmasi bosiladi. 


O’MT = Axborot texnologiyalari Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son KHM
= 193 = 
Elektron pochta qutisi – Sizning shaxsiy mulkingiz, o‘zingizgagina tegishli 
ma’lumotlar, yozishmalar, hatto tijoriy sirlar saqlanishi mumkin bo‘lgan joydir. 
Shuning uchun uni begona ko‘zlardan, g‘arazli kimsalardan himoya qilish zarur. 
Shuning uchun ham elektron pochta bilan ishlashning eng muhim qoidalaridan 
biri qutidan chiqib ketishdir. Agar parolni yozib, qutiga kirgandan keyin brovzerni 
o‘chirib ketsangiz, Sizdan keyin uni ochgan odam pochta qutingizga kirishi, 
undan foydalanishi va hatto parolni almashtirib, Sizni pochta qutingizdan mahrum 
qilib qo‘yishi ham mumkin. Shuning uchun parolni yozib kirganingizda brovzer 
bu parolni eslab qolishni taklif qilsa, hech qachon rozi bo‘lmang. 
Pochta 
qutisi 
bilan 
ishni 
yakunlash 
uchun 
yuqorida, 
o‘ng 
tarafdagi Выход (Chiqish) havolasi bosiladi. 
 
Elektron pochta bilan ishlashga oid eng qisqa va dastlabki ma’lumotlar mana 
shulardan iborat! 

Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling