O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari
Oʻzbekiston respublikasi qurolli kuchlari — Oʻzbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish, urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish va oldini olish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, qoʻshilmalar va qismlarni oʻz ichiga oladi.
Asos solingan
|
1991
|
Qismlari
|
Quruqlik qoʻshinlari Harbiy-havo kuchlari
|
Qoʻmondonlar
| |
Oʻzbekiston Prezidenti
|
Shavkat Mirziyoyev
|
Mudofaa vaziri
|
Bahodir Qurbonov
|
Harbiy kuchlar
| |
Chaqiruv yoshi
|
18 yosh
|
Xizmat muddati
|
12 oy
|
Xizmatdan ozod qilinganlar
|
7 887 292[1] kishi
|
Xizmatga layoqatlilar
|
6 566 118[1] kishi
|
Chaqiruv yoshiga yetganlar
|
306 404[1] kishi
|
Harbiy kasb bilan mashgʻul boʻlganlar
|
65 000[2]
|
Moliyaviy holati
| |
Byudjeti
|
$ 1,703 mlrd[2]
|
YaMMdagi hissasi
|
3,5% (2010)[1]
| - Oʻzbekiston Respublikasida Mudofaa vazirligi tizimidagi qism va boʻlinmalar, Ichki ishlar vazirligining qorovul qoʻshinlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiylashtirilgan qismlari, Chegara qoʻshinlaridan tashkil topgan.
2022-yilga kelib Oʻzbekiston armiyasi jahonning 106 mamlakati qurolli kuchlari oʻrin olgan jahon armiyalari reytingida 54-oʻrinni egallaydi. - 2022-yilga kelib Oʻzbekiston armiyasi jahonning 106 mamlakati qurolli kuchlari oʻrin olgan jahon armiyalari reytingida 54-oʻrinni egallaydi.
- Bu haqda yangilangan Global Firepower reytingida axborot berilgan.
Global Fire Power (GFP) maʼlumotlariga koʻra (ular 2022-yil martiga doir), Oʻzbekiston ixtiyorida hozirgi vaqtda
420ta tank,
1215ta BTR (zirhli transport vositasi),
98 ta raketa tizimlari,
70ta qiruvchi samolyot,
65ta vertolyot,
35ta hujumkor vertolyot va boshqa koʻplab qurol-aslahaga ega, qurol koʻtarib, armiyada xizmat qilishi mumkin boʻlgan aholisi soni esa 15,7 milliondan oshadi
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Oʻzbekistondan tashqari Qozogʻiston ham reytingdan oʻrin olgan boʻlib, GFP uni 80-oʻringa joylashtirgan. Oʻzbekistonga hududiy jihatdan yaqin mamlakatlar orasida Afgʻoniston 76-oʻrinni egallagan, Tojikiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston reytingga kiritilmagan. - Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Oʻzbekistondan tashqari Qozogʻiston ham reytingdan oʻrin olgan boʻlib, GFP uni 80-oʻringa joylashtirgan. Oʻzbekistonga hududiy jihatdan yaqin mamlakatlar orasida Afgʻoniston 76-oʻrinni egallagan, Tojikiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston reytingga kiritilmagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 31-avgustdagi „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida“gi Bayonotida „Davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqi va erkinligini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida Mudofaa ishlari vazirligi va Milliy gvardiya tuziladi.
- 1992-yil 24 martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari haqida“gi farmoni bilan Respublika Milliy Xavfsizlik Xizmati qoshida Chegara qoʻshinlari boshqarmasi tashkil etildi va Oʻrta Osiyo Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari uning tasarrufiga oʻtkazildi.
- 1992-yil 18-mayda „Oʻzbekiston Respublika hududida joylashgan havo desanti qoʻshinlari, harbiy transport aviatsiyasi, razvedka qoʻshinlari, taʼminot qismlari haqida“gi farmon bilan bu qoʻshinlar respublika tasarrufiga oʻtkazildi. OʻzR Prezidentining 1992-yil 12-noyabrdagi „Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan havo hujumiga qarshi harbiy qismlar haqida“gi, 13-noyabrda „Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan kimyoviy harbiy qismlar haqida“gi farmonlari bilan mamlakatimiz hududida joylashgan mazkur turlardagi qoʻshinlar respublika tasarrufiga olindi va sifat jihatidan takomillashtirildi. Shu tarzda mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning tashkiliy davri yakunlandi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT - E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |