Tuzuvchi: Ne’matov Ilhomjon Nusxa olish man etilgan 1-kinematika
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
1 KINEMATIKA
Tuzuvchi: Ne’matov Ilhomjon Nusxa olish man etilgan 1-KINEMATIKA 1. Moddiy nuqta koordinatasi ( −2;−1) bo’lgan nuqtadan koordinatasi (2;2) bo’lgan nuqtaga ko’chdi. Nuqtaning ko’chish uzunligini toping? A) 5 B) 4 C) 3 D) 2 2. Ikkita moddiy nuqtaning harakat tenglamasi 6 - 2t = x 1 va 3t - 24 = x 2 ko’rinishga ega. Ular qancha vaqtdan (s) keyin uchrashadi? A) 12 B) 6 C) 4 D) 2,25 3. Kuzatuvchidan 1332 m masofada temir relsning ustiga bolg’a bilan urildi. Zarba tovoshi havoda relsdagiga nisbatan 3 s kechikib keldi. Agar tovushning havodagi tezligi 333 m/s bo’lsa, temirdagi tezligini (m/s) toping. A) 666 B) 1332 C) 5130 D) 2664 4. Avtomobil yo’lning birinchi yarmini 36 km/h tezlik bilan, yo’lning qolgan qismini esa 72 km/h tezlik bilan bosib o’tdi. Avtomobilning butun yo’l davomidagi o’rtacha tezligini (m/s) toping. A) 54 B) 15 C) 13,3 D) 10,3 5. Daryo oqimining tezligi 1 m/s. Suvga nisbatan tezligi 3 m/s bo’lgan shamol oqimga qarshi yo’nalishda esmoqda. Kater oqim bo’ylab unga nsbatan 2 m/s tezlik bilan suzmoqda. Shamolning katerga nisbatan tezligini (m/s) toping. A) 4 B) 5 C) 3 D) 6 6. Rasmda beshta jismning harakat tenglamasi grafiklari tasvirlangan, bu jismlarning qaysi birlari notekis harakat qiladi? A) 1, 3 B) 1, 2, 3 C) barchasi D) 2, 4 7. Notekis harakat qilayotgan jism tezligining vaqtga bog’lanish grafigidan foydalanib, uning dastlabki 10 s ichidagi o’rtacha tezligini (m/s) toping. A) 10 B) 12,5 C) 14 D) 15 8. 4 m/s o’zgarmas tezlik bilan harakatlanayotgan mashina 2 m/s 2 tezlanish bilan harakatlana boshlab, o’z harakatining 3-sekundida qancha masofa (m) bosib o’tadi? A) 5 B) 9 C) 21 D) 15 9. Tinch turgan avtomobil 6 s davomida tekis tezlanuvchan harakatlanadi. U dastlabki 1 s da 3 m masofaga ko’chsa, oxirgi 4 s da qancha masofaga (m) ko’chadi? A) 48 B) 96 C) 84 D) 72 10. Yuqoriga 70 m/s boshlang’ich tezlik bilan otilgan jism o’z harakatining 9-s da qancha masofa bosib (m) o’tadi? A) 85 B) 155 C) 15 D) 225 11. Matiz yo’lning birinchi qismini o’zgarmas 25 m/s tezlik bilan harakatlandi. U yo’lning ikkinchi qismda esa sekinlanuvchan harakatlanib to’xtadi. Matiz jami 600 m uzunlikdagi bu yo’ldagi o’rtacha tezligi 24 m/s ga teng bo’lsa, tormozlanish vaqtini (s) toping. A) 1 B) 2 C) 0,5 D) 4 12. O’zgarmas tezlik bilan kelayotgan mashina 2 m/s 2 tezlanish bilan sekinlanuvchan harakatlanib, 144 m masofani yurib to’xtadi. Mashinaning tormozlanish vaqtini toping. A) 12 B) 6,25 C) 4 D) 9 13. Berilgan grafikdan foydalanib, boshlang’ich tezligi 2 m/s bo’lgan jismning 6 sekunddan keyingi tezligini (m/s) toping. A) 2 B) 5 C) 7 D) 3 14. Tiko avtomobili 10 m/s tezlik bilan harakat qilmoqda. Orqaroqda boshlang’ich tezliksiz harakat boshlagan Nexia avtomobilining tezlanishi 2 m/s 2 bo’lib, u Tikoga 20 sekundda yetib olgan bo’lsa, harakat boshida ular orasidagi masofa necha m bo’lgan? A) 100 B) 400 C) 300 D) 200 15. Tekis tezlanuvchan harakatlana boshlagan jism o’z harakatining 8-s da 60 m ga ko’chdi. U 3-6 s vaqt oralig’ida qancha masofa (m) bosib o’tadi? A) 14 B) 72 C) 38 D) 108 16. Boshlang’ich tezligi noma’lum bo’lgan jism 4 m/s 2 telanish bilan sekinlnib, 10 s vaqt harakatlandi. Uning tezligi qanchaga (m/s) kamaygan? A) 40 B) 2,5 C) 0,4 D) ma’lumotlar yetarli emas 17. Miltiqdan yuqoriga otilgan o’q va uning tovushi 680 m balandlikka bir xil vaqtda yetib keladi. O’qning boshlang’ich tezligini (m/s) toping. Tovushning havodagi tezligi 340 m/s. A) 680 B) 420 C) 350 D) 340 18. Moddiy nuqta 1 m radiusli aylana bo’ylab 10 Hz chastota bilan aylanmoqda. Uning chiziqli tezligini (m/s) aniqlang. A) 10 B) 12 C) 31,4 D) 62,8 19. 1 m radiusli aylana bo’ylab tekis harakatlanayotgan jism 2 s da 4 m uzunlikdagi yoyni bosib o’tadi. Uning burchak tezligini (rad/s) toping. A) 2 B) 1 C) 0,5 D) 8 20. 40 sm radiusli disk 5 Hz chastota bilan aylanmoqda. Diskning eng chekka nuqtalarining chiziqli tezligini (m/s) toping. A) 10 B) 12,5 C)7,1 D) 6,28 21. Aylanayotgan g’ildirakning eng chekka nuqtalarining chiziqli tezligi 20 m/s, markazga 2 sm yaqinroq bo’lgan nuqtalarning chiziqli tezligi esa 16 m/s. G’ildirakning radiusini (m) aniqlang. A) 30 B) 10 C) 0,1 D) 0,4 22. Aylana bo’ylab harakatlanayotgan nuqtaning chiziqli tezligi 2 marta ortib, burchak tezligi 4 marta kamaydi. Nuqtaning aylanish radiusi qanday o’zgargan? A) 2 marta kamaygan B) 8 marta ortgan C) o’zgarmagan D) 4 marta ortgan 23. Aylanma harakatlanayotgan jismning markazga intilma tezlanishi 3 marta ortdi, aylanish radiusi 3 marta kamaydi. Jismning burchak tezligi qanday o’zgargan? A) 9 marta ortgan B) 3 marta ortgan C) o’zgarmagan D) 3 marta kamaygan 24. 4 s vaqt intervali bilan yuqoriga otilgan jismlar yerdan 300 m balandlikda uchrashgan bo’lsa, ular qanday boshlang’ich tezlik (m/s) bilan otilgan? A) 80 B) 70 C) 90 D) 75 25. Tosh qoyadan 30 m/s boshlang’ich tezlik bilan gorizontal otildi. Toshning umumiy tezligi 50 m/s bo’lgan vaqtda u vertikal yo’nalishda qancha masofaga (m) ko’chgan bo’ladi? A) 80 B) 120 C) 160 D) 240 26. Gorizontga burchak ostida otilgan jism 8 s da yerga qaytib tushdi. U qanday balandlikka ko’tarilgan? A) 45 B) 80 C) 125 D) 320 27. Gorizontga nisbatan 60 o burchak ostida 20 m/s tezlik bilan otilgan jism trayektoriyasining eng yuqori qismidagi egrilik radiusini (m) toping. A) 15 B) 40 C) 10 D) 20 28. Gorizontga burchak ostida otilgan jismning otilish burchagini o’zgartirmasdan, uchish uzoqligini 4 marta orttirish uchun boshlang’ich tezligini necha marta orttirish kerak? A) 16 B) 4 C) 8 D) 2 29. Anvar avval shimol tomonga 23 m, keyin sharq tomonga 12 m va janub tomonga 32 m yurgan bo’lsa, uning ko’chishini (m) toping. A) 77 B) 45 C) 15 D) 25 30. Boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jism oxirgi 3 s da 165 m masofani bosib o’tgan bo’lsa, u qanday balandlikdan (m) tushmoqda? A) 180 B) 245 C) 320 D) 215 31. Ikkita jismning harakat tenglamalari t x 5 3 1 (m) va t x 15 21 2 (m) ko’rinishga ega. Ikkinchi jism tezlik modulining birinchi jism tezlik moduliga nisbatini toping. A) 7 B) -7 C) -3 D) 3 32. Tezligi 90 km/h bo’lgan 9-avtobus 31-avtobusni quvib yetmoqda. Agar 9-avtobus haydovchisi 31-avtobusni o’zi tomon 5 Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling