Tuzuvchi talaba: Bobojonov Farid Mavzu: Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsad vazifalari. Reja


Talabni tobora oshirib borish printsipi


Download 1.06 Mb.
bet32/62
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1543183
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`limi vazirligi

Talabni tobora oshirib borish printsipi. Bu printsip jismoniy tarbiya jarayonida shug’ullanuvchilarga qo’yiladigan talablarning umumiy yo’nalishini ifoda etadi va tobora qiyinlashib boruvchi yangi - yangi vazifalarni qo’yish va bajarishni, shular bilan bog’liq bo’lgan jismoniy yuklanish hajmi va shiddatini asta-sekin oshirib borishni o’z ichiga oladi.
Talablarni asta sekin oshirib borish printsipini qo’llashda quyidagilarga e’tibor beriladi:
1. Mashgulotlar materialini doimo yangilab borish. Jismoniy tarbiya jarayonida harakat faoliyatini bir turidan ikkinchi murakkabroq turiga o’tish ta’limiy ahamiyatga egadir. Mashqlarning tarkibini doimo yangilamasdan turib hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan harakat malaka va ko’nikmalarni etarlicha keng doirasini egallab bo’lmaydi. Shu bilan bir qatorda turli harakat koordinatsiyalarini egallash bilan, shu vaqtda sodir bo’ladigan qiyinchiliklarni engish natijasida harakat faoliyatini egallash, koordinatsiyalash, qayta o’zgartirish va cheksiz mukammallashtirib borish qobiliyatining o’zi rivojlanadi.
2. Jismoniy yuklanishning hajmi va shiddatini oshirish. Bir yuklanishning o’zini uzoq vaqt qo’llash holatida uning taraqqiy ettiruvchi samaradorligi shu jismoniy yuklanishga o’rganish darajasi bo’yicha asta-sekin yo’qolib boradi. Yuklanishga o’rganib borish natijasida vujudga kelgan organizmning funktsional imkoniyatlari bir hil tipdagi shu ish ratsional foydalanishga olib keladi. Funktsional imkoniyatlarning keyingi rivojlanishi uchun doimo jismoniy yuklanishlarni yangilab borish, uning xajm va shiddatini oshira borish talab etiladi.
Bu jismoniy tarbiyaning asosiy qonun qoidalaridan biridir. Jismoniy sifatlarini tarbiyalashda qonun - qoida yuklanishlarning turli parametlarini :harakat tezligi, og’irlikning ortishi, takrorlanish soni, ishning umumiy davomiyligi va h.k.larning rivojlantirib boruvchi o’zgarishlarda sodir bo’ladi.
3. Talablarni oshirib boruvchi ketma-ketlilik, mustahkamlilik va boshqa metodik shartlarni ta’minlash. Jismoniy tarbiya jarayonida o’sib boruvchi yuklanishlarning ijobiy samaradorligiga bog’liq bo’lgan bir qator shartlar yuqorida oson tushunarli, individuallashtirish va muntazamlilik printsiplarda qayd qilingan edi. Bu avvalo vazifalarning va u bilan bogliq bo’lgan jismoniy yuklanishlarning kuchliligi, ular darajasining shugullanuvchilar dastlabki tayyorgarligi, shuningdek yosh jinsiy, individual xususiyatlarga hamda organizmning ko’nikish imkoniyatlariga bog’liqligi, mashgulotlarning ketma-ketliligi, doimiyligi va jismoniy yuklanish bilan dam olishning optimal almashinishidir.
Bunda jismoniy tarbiyaning har bir bosqichida mashq ko’rganligi erishiladigan ijobiy natijalarni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu yuklanishlarning takrorlanish va asta-sekin oshirib borish maqsadidagi tizim bilan ta’minlanadi.
Jismoniy yuklanishning asta-sekin oshib borishi organizmdagi ko’nikish o’zgarishining tempi bilan ma’lum munosabatda bo’ladi. U yoki bu yuklanishga ko’nikish birdaniga bo’lmaydi. Har doim jismoniy yuklanishning yangi darajaga ko’tarilish imkonini beruvchi adaptatsion o’zgarishlar sodir bo’lishi uchun ma’lum vaqt kerak bo’ladi. Bu vaqt bir tomondan yuklanishlarning kattaligi va sifat xususiyatlariga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan yosh hamda bir qator tashqi va ichki faktorlar bilan o’zgaruvchi individual ko’nikish imkoniyatlariga bog’liq bo’ladi.
Shu bog’lanishlarni hisobga olgan yuklanishlarning asta-sekin oshib boruvchi turli shakllaridan: 1.To’g’ri chiziqli; 2. Zinasimon; 3. To’lqinsimon shakllardan foydalaniladi.
To’gri chiziqli shakli uchun nisbatan yuqori bo’lmagan va shu holda oshib boruvchi mashg’ulotlarning ayrim har bir seriyasiga ramkasidagi jismoniy yuklanishlar xarakterlidir.
Zinasimon dinamikada u yoki bu mashgulotlarda yuklanishlarning nisbatan keskin oshuvi boshqa bir qancha mashg’ulotlarda jismoniy yuklanishlarning oshish stabilizatsiyasi bilan almashiniladi, bu esa umuman birinchi holdagiga qaraganda muhimroq yuklanishlarni egallashga imkoniyat yaratadi.
Dinamikaning to’lqinsimon shakli yuklanishlar o’sishining asta-sekinlik va yuqori templarining muhim organik bog’lanishi bilan xarakterlanadi.
Yuklanishlardagi "sakrash" to’lqinning boshlangich fazasida bir-tekis ko’tarilishi bilan sodir bo’lib yakuniy fazasidagi "yuklanish" bilan almashiladi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling