Tuzuvchi: Yunusova Mohira 3-“ ” sinf o’quvchisi
Yetti dangasa nima uchun eguliksiz qoldi
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
3- sinflar uchun ta\'til topshiriqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Nega uchun it etti dangasaning yuzini yaladi
- Ayyor bilan sodda
1. Yetti dangasa nima uchun eguliksiz qoldi?____________________________________
_________________________________________________________________________ 2. Ular nima uchun gadoy qatiq va nonni eb qo’ysa ham indamadi?____________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________ 3. Nega uchun it etti dangasaning yuzini yaladi? ________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ 4. Nima uchun ular dangasa edi deb o’ylaysiz?_____________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________ 5. Ertakdan chiqargan xulosangizni yozing. ______________________________________ _____________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ Ayyor bilan sodda Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir ayyor bilan sodda bo‘lgan ekan. Kunlardan bir kuni ular safar qilmoq uchun yo‘lga chiqishibdi. Yo‘lda ketayotib, bir xumcha oltin topib olishibdi. Oltinni ikkovi bo‘lib olmoqchi bo‘lishibdi. Biroq ayyor soddaga oltinlarni berishni xohlamabdi- da, soddani aldash yo‘liga tushibdi. Ayyor soddaga shunday debdi: — Agar biz oltinlarni shaharga olib kirsak, kishilar bilib qolib, oltinlarni tortib olishadi. Yaxshisi ularni ko‘maylik-da, kerak vaqtida, oz-ozdan, olib sarflaylik. Shunda sodda bunga ko‘nibdi. Oltinni ko‘mibdilar. Kunlar o‘tib, soddaga oltin kerak bo‘lib qolibdi. Buni ayyorga kelib aytgan ekan, ayyor: — Menga ham kerak edi, — debdi. Shunda ikkisi birga oltin ko‘milgan joyga borib qarasalar, ko‘milgan oltin yo‘qmish. Ayyor oltinni o‘zi o‘g‘irlab, berkitib qo‘ygan ekan. Lekin shunga qaramasdan, soddaga tuhmat qilibdi. Shundan so‘ng, ikkisi qozi oldiga borishibdi. Butun voqeani qoziga aytib berishibdi. Qozi ayyorning gapiga ishonmabdi. — Biz oltinni daraxt ostiga ko‘mganmiz, ishonmasangiz o‘sha daraxt guvohlik beradi, — debdi ayyor, keyin uyiga kelib, qari otasiga: — Siz guvoh bo‘lasiz, — debdi. Otasi unga unamabdi. Ayyor, otasiga yalinib yurib, oxiri uni ichi po‘k daraxt ichiga kirgizib qo‘yibdi. Sodda qozini yetaklab daraxt tagiga boribdi. Shunda qozi so‘rasa, daraxt ichidan: — Oltinni qo‘ygan odam olib ketgan, — degan ovoz kelibdi, Shunda qozi, «bu daraxt ichida shayton borga o‘xshaydi», deb daraxt tagiga o‘t qo‘ydiribdi. O‘t yoqilgach, daraxt ichidagi chol «dod» solib: — Meni qutqaringlar, meni o‘g‘lim majbur qilgan, — deb baqiribdi, o‘tni o‘chirishibdi cholni olib chiqsalar, u o‘lib qolgan ekan. Qozi soddaga oltinlarning hammasini beribdi. Shunday qilib, ayyorlik bilan «oltinni olaman» degan ochko‘z ayyor, o‘z otasidan ham, oltinlardan ham ayrilib qolgan ekan. Download 2.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling