Tuzuvchilar: katta o’qituvchilar: V. G. Yakubov H. R. Fozilov Taqrizchilar
talablar...........................................................................................16
Download 214 Kb.
|
3-kurslar uchun Amaliyot Dasturi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Amaliyotning mazmuni
- III. Amaliyot o’tash tartibi.
talablar...........................................................................................16
X. Amaliyot natijalarini yakunlash va hisobotni himoya qilish.................................................................................................17 XI. O’quv malakaviy amaliyotini o’tash natijalari bo’yicha talabalar bilimini baholash mezonlari...........................17 I. Amaliyotning maqsadi va vazifalari Malakaviy amaliyotining asosiy maqsadi – talabalarning 5230900 “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi bo’yicha kasbiy faoliyatlarini tavsifi bilan amalda tanishish, “Buxgalteriya hisobi”, “Banklarda buxgalteriya hisobi", “Iqtisodiy tahlil”, “Pul, kredit va banklar”, “Audit”, “Moliya”, “Investitsiya” fanlaridan olgan nazariy bilimlarini xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning amaliyotida qo’llanilish ko’nikmasiga ega bo’lish hamda ularni yanada chuqurroq o’zlashtirish bo’yicha yetarlicha bilimlarga ega bo’lishdir. Amaliyot dasturiga muvofiq xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning maqsadi, tashkiliy – xuquqiy shakllari, mulkiy mansubligi, korxonaning boshqaruv tuzilmasi, bo’limlar va xodimlarning vazifalari, mehnat intizomi, korxonaning asosiy faoliyati, bozor segmentini egallash darajasi, tarmoq va sohadagi reytingi bo’yicha o’rnini o’rganadi. Amaliyot o’tishdan maqsad eng avvalo nazariy bilimlarini amaliy ishda sinash, shahar (tuman)da joylashgan yirik ishlab chiqarish (sanoat, qurilish va boshqa) korxonalarida malakaviy amaliyoti davomida bilimlarini amaliy jihatdan yanada boyitishdan iborat. Bu maqsadga erishish uchun yirik ishlab chiqarish (sanoat, qurilish va boshqa) korxonalari faoliyatini o’rganib boradilar, buxgalteriya hisobi qonunchiligi borasida chora-tadbirlarni hayotga tadbiq qilinishini ta’minlanishini kuzatib borib, bevosita korxonalar va ularning xodimlari tomonidan amaldagi me’yor va tartib-qoidalarga rioya etilishi bilan yaqindan tanishadilar. Boshqaruv qarorlarini qabul qilinishida buxgalteriya hisobi va bo’lim xodimlarining o’rni haqida bevosita tasavvurga ega bo’ladilar. Yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqqan holda malakaviy amaliyotining vazifalari quyidagilardan iborat. talabalarda erkin iqtisodiyot sharoitida korxonalar faoliyati to’g’risida amaliy tasavvur hosil qilish; korxonalarning buxgalteriya hisobi xujjatlari bilan tanishish; korxonalarda pul mablag’lari, mahsulot ishlab chiqarish, uni sotish, xarajatlar, TMZ, asosiy va nomoddiy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital hisobini ko’rib chiqish barobarida korxona hisobotini tuzishni o’rganish; korxonaning umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblab topish va ular asosida korxonalar moliyaviy holatiga baho berishni o’rganish ; Amaliyot jarayonida talabalarning eng avvalo bilimlarini mustahkamlash maqsadida ularga quyidagi vazifalar yuklatiladi: korxonaning tashkiliy xuquqiy shakli, tashkiliy tuzilishi, mulkiy shakli, umumiy missiyasi bilan tanishish; korxona xo’jalik faoliyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha dastlabki fikr va mulohazalarni hosil qilish. xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tashkiliy-texnologik tuzilishini va bajaradigan vazifalarini o’rganish hamda tahlil qilish asosida ularning faoliyatiga xolisona baho berish; hudud va tarmoq miqyosida korxonaning tutgan o’rni va ahamiyatini o’rganish; qonun va normativ hujjatlarda korxona faoliyatiga taaluqli o’zgarishlar, yangiliklar va innovatsiyalar bilan tanishish; xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini boshqarishda axborot tizimining ahamiyatini o’rganish; xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini samaradorligi, resurslardan foydalanishdagi tejamkorligi, moliyalashtirish manbalari, xarajat turlari, daromad manbalari, mahsulot(ish va xizmat)lar tannarx to’g’risidagi axborotlarni o’rganish; xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati to’g’risidagi hisobotlar hamda ularni tuzish va taqdim etish tartibini o’rganish. II. Amaliyotning mazmuniTalabalar korxonada ishlab chiqarish texnologiyasi hamda buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish bo’yicha quyidagilarni o’rganishi kerak: korxonadagi mulkchilik va tashkiliy xuquqiy shaklini; korxona va uni tashkiliy tuzilishi, bo’linmalar, tsex, brigadalarning o’zaro aloqalarini; korxona ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasining ketma-ketligini; korxonaning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarini, moddiy-texnika ta’minoti, tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini; buxgalteriya hisobi xizmati (ishlari)ni tashkil etilishi bilan tanishish; korxona buxgalteriyasining korxonadagi boshqa bo’linmalar bilan bog’liqligini hamda korxonadagi har bir buxgalteriya xodimlarining vazifasini o’rganib hisobotga ilova qiladi; korxonaning hisobot tuzish va taqdim etish tartibini; korxonada buxgalteriya hisobining kompьyuterlashtirish istiqbollarini o’rganib hisobotda aks ettiradi; III. Amaliyot o’tash tartibi.Malakaviy amaliyotni o’tish davrida talabaning ish joyi bo’lib, buxgalteriya, hisoblash markazi, bo’limlar (moliya-reja, marketing, ishlab chiqarish, mehnatga haq hisoblash, sotish va h.k.) hamda asosiy, yordamchi ishlab chiqarish tsexlari, omborlar va boshqa bo’limlari hisoblanadi. Farg’ona politexnika instituti Ilmiy kengashida tasdiqlangan o’kuv rejaga asosan 3–kurs talabalari tomonidan o’quv yilining 5-semestridan so’ng 3 hafta (18 kun), 6-semestridan keyin esa 4 hafta (24 kun) malakaviy amaliyoti o’tiladi. Malakaviy amaliyot O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tgan hamda viloyat, shahar (tuman)da joylashgan korxona va tashkilotlarda o’tiladi. Korxonadagi amaliyot rahbari amaliyot dasturi bo’yicha amaliyotni o’tashlari uchun hamma shart-sharoitlarni yaratishi lozim. Amaliyot rejasi rahbar tomonidan tasdiqlanadi. Ish joyida talaba amaliyot rahbari va korxona bosh hisobchisi bilan birgalikda amaliyot o’tash rejasini tuzib chiqadi. Rejada o’tiladigan mavzular aniq ko’rsatilishi lozim. Talaba ish joyida buxgalteriya hujjatlari bilan tanishadi, ma’lumotlar to’playdi, ularni tahlil qiladi, tahlil natijalari asosida xulosalar, jadvallar tuzadi va ularni hisobot shaklida rasmiylashtiradi. Korxona rahbari yoki bosh hisobchi amaliyotga rahbarlik qiladi hamda doimiy ravishda amaliyotning o’tashi ustidan nazorat olib boradi. Talaba korxona ichki ish tartibiga bo’ysunadi va qilayotgan ishi uchun rahbar oldida javob beradi, lavozim egallamaydi, xolis, guvoh, sifatida ishtirok etishi va boshqa ishlarga qatnashishi man etiladi. SHunday qilib, talabalar yuqoridagi topshiriqlarni bajarish uchun amaliyot dasturini quyidagi bo’limlarga bo’lib o’rganadi va hisobot yozadilar. Download 214 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling