Твчдпи мутахассислик фанидан малакавий имтиҳон билети ихтисослик


ТВЧДПИ МУТАХАССИСЛИК ФАНИДАН МАЛАКАВИЙ ИМТИҲОН БИЛЕТИ


Download 134.5 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi134.5 Kb.
#1588349
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13.00.01 - билетлар).14.05.22

ТВЧДПИ МУТАХАССИСЛИК ФАНИДАН МАЛАКАВИЙ ИМТИҲОН БИЛЕТИ
Ихтисослик: 13.00.01-Педагогика назарияси. Педагогик таълимотлар тарихи
5- билет
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги фармонида узлуксиз таълим тизимини такомиллаштиришга оид белгиланган вазифаларнинг моҳияти
2. Шарқ Уйғониш даврида таълимий-ахлоқий фикрлар ривожи
3. Тажриба-синов ишларида репрезентативлик тушунчаси
4. Таълим муассасаси Устави раҳбарлик ва бошқарув тизимини аниқловчи ҳужжат
Имтихон комиссия раиси п.ф.д., проф. Н. А.Муслимов
Котиб: п.ф.ф.д(PhD) Д. Махмудова
ТВЧДПИ МУТАХАССИСЛИК ФАНИДАН МАЛАКАВИЙ ИМТИҲОН БИЛЕТИ
Ихтисослик: 13.00.01-Педагогика назарияси. Педагогик таълимотлар тарихи


6- билет
1. Педагогика ижтимоий фан сифатида. Педагогика фанининг объекти, предмети, мақсад ва вазифалари
2. XVII асрдан XIX асрнинг ярмигача тарбия, мактаб ва педагогик фикрлар ривожи
3. Ўғил ва қиз болалар шахси гендер хусусиятлари
4. Таълим муассасаси персонали билан ишлаш. Рағбатлантириш ва жазолаш тизими
Имтихон комиссия раиси п.ф.д., проф. Н. А.Муслимов
Котиб: п.ф.ф.д(PhD) Д. Махмудова


ТВЧДПИ МУТАХАССИСЛИК ФАНИДАН МАЛАКАВИЙ ИМТИҲОН БИЛЕТИ
Ихтисослик: 13.00.01-Педагогика назарияси. Педагогик таълимотлар тарихи


7- билет
1. . Тарбиянинг моҳияти. Тарбиянинг мазмуни. Тарбия жараёнини амалга ошириш принциплари
2. XIV асрнинг иккинчи ярми ва XVI асрда Моварауннаҳрда педагогик фикрлар ривожи
3. Педагогика фанида илмий-методологик ёндошувлар
4. Маркетинг. Бюджетдан ташқари маблағ топиш усуллари
JAVOBLAR
1. Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi. Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo’lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo’ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi.
Tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtiriladi va tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq ikki faoliyatni - o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini o’z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o’quvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Tarbiya jarayonida o’quvchida jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o’quvchining ongiga (ta’lim jarayonida) , hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta’sir etib boriladi.Tarbiyalash jarayonida bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetta qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi
2. XIV - XVI asrlarda Movarounnaxrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyotiBu davr tarixi temuriylar hukmronligi davri tarixi bilan uzviy qo`shilib ketadi. Bu davrda ta’lim - tarbiya,madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo`shildi va ular hozirda ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda.XIV asrning 50 yillarida Amir Temur siyosat maydoniga chiqdi. Markazlashgan yirik feodal davlat barpo etdi. Madaniyat, maorif qaytadan yuksala boshladi. Shuning uchun XIV asrning 2-yarmi va XV asr tarixida Sharq uyg`onish davrining 2-bosqichi deb ataladi. Temur Movorounnahrga boshqa o`lkalardan hunarmandlar, olimlar, san’atkor, muxandislarni olib keltirdi. Samarqand va Hirotda madrasalar, kutubxonalar, rasadxonalar qurildi. Tibbiyot, riyoziyot, falakkiyot, geografi, tarix, adabiyot, falsafa, tarbiyashunoslikka oid ajoyib asarlar yaratildi.Temurdan so`ng temuriylar davrida mamlakat Movorounnahr va Xuroson davlatlariga ajralgan holda boshqarildi. Samarqand va Hirot madaniyati, ilm - fan markaziga aylandi.Shoxizinda, Guriamir, Bibixonim masjidi, Registon maydoni, qator bog`lar va boshqalar barpo etildi. Bu davrda adabiyot sohasida Atoiy, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek, Lutfiylarning qimmatli asarlari yaratildi.Samarqandda Qozizoda Rumiy, Mansur Koshiy, Hirotda esa Navoiy, Jomiy, Behzod, tarixchi Xondamir, hattot Sulton Ali Mashhadiy va boshqalar ijodi gulladi.Ali Qushchi astronomiyaga oid "Risolai dar falakkiyot" asarini yozib, unda geometrik bilim asoslari, tibbiyot fanlari va boshqa sohalarga oid boshlang`ich bilimlarni bayon etdi. XV asrda tarix fani rivoj topdi, Hofizu Abru "Zubdan tavorix" (Tarixning qaymog`i) kitobi yozib, unda 1427 yilgacha voqealar bayon etildi. Abdurazzoq Samarqandiy buni davom ettirib, "Ikki saodatli yulduzning chiqish joyi va ikki dengizning qo`shilish joyi" asarida 1471 yilgacha voqealarni bayon etdi. "Ravzatus safo" asrini yozgan Mirxond, "Xabibus siyar" asarini yozgan Xondamir asarlarining bir qismi sulton Husayn hukmronlik qilgan davrga bag`ishlandi.Shu asarlarda qator ilm maskanlari: Shayboniyxon madrasasi, Abdurahim Sadr madrasasi, Mirarab madrasasi, masjidi Kalon va boshqalar qurildi. Xususiy maktablar yuzaga keldi, uyda muallim yollab o`qitish odat tusiga kirdi. Shahar, qishloq, ovullarda ochilgan maktablarda o`qitish 6 yoshdan boshlandi. Bolalar maktabda alifbe urganar, ayrim harflarni chizishni mashq qilar edilar. O`quvchilar maktablarda savod chiqargacha madrasaga kirib diniy va dunyoviy fanlardan bilim olardilar

3. Pedagogika fanining predmeti, o‘kitishning ta’lim-tarbiyaning zamonaviy konuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni kurollantiruvchi fan bo‘lganligi uchun uning metodologik asoslari maksad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uygunligi konuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chikadi.


O‘zbekiston Respublikasining ta’lim konunida -ta’lim davlat ijtimoiy tarakkiyotida ustuvor deb belgilab ko‘yilgan (Ta’lim konuni, 1997 y, 3-modda, 1-jumla).
Ta’limning, o‘kitishning vazifasi fukarolar, yoshlarning eng asosiy Konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lgan har bir kishining akliy-amaliy imkoniyatlarini ro‘yobga chikarish, ijodiy kobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jixatdan rivojini ta’minlash, o‘zi xoxlagan kasbini tanlash, uni mukammal egallab, shu soxada baxtiyor faoliyat ko‘rsatish uchun moddiy-ma’naviy, tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Bu umumiy vazifadan ta’limning har bir bo‘gini, turi va boskichlarining o‘ziga xos vazifalari kelib chikadi.
4. Marketing (inglizchamarket — „bozor“, „bozordagi harakat“, „faoliyat“) — korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. „marketing“ atamasi isteʼmolga 19-asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida AQShda ilk bor qoʻllanildi. Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar qukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi. 1908-yilda AQShda marketing muammolarini oʻrganadigan birinchi ixtisoslashgan firma paydo boʻldi. 1911-yilda esa oʻsha davrdagi bir qator yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabki boʻlimlarni ochdi. ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. „marketing“ atamasi isteʼmolga 19-asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida AQShda ilk bor qoʻllanildi. Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar qukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi. 1908-yilda AQShda marketing muammolarini oʻrganadigan birinchi ixtisoslashgan firma paydo boʻldi. 1911-yilda esa oʻsha davrdagi bir qator yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabkiboʻlimlarni ochdi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida byudjet mablag’lari bilan bir qatorda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari hisobi va nazoratiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Byudjet ijrosi jarayonida Davlat byudjeti mablag’lari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari shakillanishi hamda sarflanishini uzluksiz hisobga olish, ularni hujjatlashtirish va axborotlarni tizimli shakllantirish uchun byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi tashkil etilmoqda. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va nazoratini takomillashtirish uning aniqligi va ishonchliligini oshirish yo’lida islohotlar olib boorish o’zining ijobiy natijasini berishi aniq. Bunday islohotlar natijasida byudjet mablag’lari, byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari kelib tushishi ularning maqsadli va imtiyozli ravishda sarflanishi, byudjet tizimidagi mablag’lar bilan bog’liq o’g’irliklar, kamomadlar va zararlarning oldini olish imkonini yaratadi. Nazorat sohasining takomillashtirilishida mablag’larning maqsadli sarflanishi yuzasidan tizimli asos yaratilishi nazoratning aniq va kamchiliklardan holi bo’lishiga yordam beradi. Byudjet mablag’larini tejash va samarali foydalanish borasida prezidentimiz Sh.Mirziyoyev nutqlarida quyidagilar ta’kidlab o’tilgan, “Byudjet tizimini isloh qilish sohasida mahalliy hokimiyat organlari vakolatlari yanada kengaytirildi. Endi har bir hudud rahbari berilgan imkoniyatlardan foydalanib, mas’uliyatni to’la o’z zimmasiga olishi, o’z aravasini o’zi tortishi kerak.Yaqin kelajakda barcha davlat xaridlarini amalga oshirish va davlat mulkini sotish uchun Internet tarmog’ida yagona maydon tashkil etish lozim. Bu byudjet xarajatlarini qisqartirish, davlat mulkini samarali boshqarish va katta moliyaviy mablag’larni iqtisod qilish imkonini beradi. 2018 yilda soliq siyosatini amalga oshirishda keskin chora-tadbirlardan voz kechamiz. Chunki islohotlar davrida davlat tizimining uzluksiz faoliyat ko’rsatishi uchun byudjet barqarorligi suv bilan havodek zarur”Byudjet tashkilotlarini hususan, oliy ta’lim muassasalarini davlat byudjetidan moliyalashtirish hozirgi kungacha yuqori ko’rsatkichlarda ekani ijobiy holat emas. Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’larni faoliyat turiga hos va mos holda shakllantirishga keng yo’l ochib berish, byudjet tashkilotlarini o’zini o’zi moliyalashtirish imkoniyatini yaratib, byudjet mablag’lari tejalishiga olib keladi. 


Download 134.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling