Tvich va diqt ma'ruza lotin
– Mavzu: Qayta tiklash texnologik jarayonini loyihalash va yangi metodlar
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7399 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bazaviy malumotlar
- Malumotiy materiallar
11 – Mavzu: Qayta tiklash texnologik jarayonini loyihalash va yangi metodlar.
Reja: 1. Detallarni qayta tiklash texnologik usullari. 2. Qayta tiklash texnologik jarayonini loyihalash. 3. Ta'mirlashda texnologik moslik. 4. Ta'mirlashning yangi metodlari. Loyihalashda yagona klstruktorlik xujjatlar sistemasi (ESKD) va Yagona ishlab chiqarish tayyorlash sistemasi ning talablariga rioya qilinadi. Taqdim etilayotgan texnologik jarayonni ish unumdorligini, sifatini oshirishga, mehnat va material harajatlarni, atrof muxitni zararlashni kamaytirish, yangi uskunalar, texnologiya yuto’qlarini xisobga olish kerakdir. Texnologik jarayon uchun boshlangich maxlumotlar bazaviy, raxbariy va ma'lumotli bo’ladi. Bazaviy ma'lumotlar - konstruktorlik xujjatlar (detal va u o’rnaydigan uzel chizmasi), ta'mirlash dasturi va defektatsiya natijalapari kiradi. Raxbariy ma'lumotlarga - soha standarti, uskuna va jihozlar standarti, texnik meyorlar (ishlov rejimi, mumkin etilgan galir budurlik, material sarfi) kiradi. Ma'lumotiy materiallar - katalog, texnik pasport, texnologik uskuna chizmadapi albomi va boshqalar kiradi. Texnologik jarayon uchun uskuna - jihoz tanlaganda qayta tiklanayotgan detalning o’lchamlari, ishdov berish usuli, kerakli ish unumdorligi kerak bo’ladi. Masalan, mexanik ishlov berish uchun ishdov berish chuqurligi, uzatish va tezlik kerak bo’ladi. Qirqish tezligini detalning qirqish chuqurligi va uzatishni berilgan xoda quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: V=Cv/TmtxSy Bunda Cv-material turini, kirkkichni qattiqligi, uning geometriyasi va qirqish sharoitini xisoga olish koffitsienti. Zamonaviy buyumlarni ta'mirlashda ularning tannarxi past bo’lgan holda ulardan foydalanish xususiyatlari yuqori bo’lishini ta'minlashga asoslanadi. 92 Bunday kostruktsiya qilish konstrutsiyaning texnologiyaga mosligi printsipiga amal qilingan holda amalga oshirilishi mumkin. Konstruktsiyaning texnologiyaga mosligi foydalanish sifatining yuqori bo’lishini, mehnat materiallar sarfini va tannarxining minimal bo’lishini ta'minlaydi. Bundan tashqari konstruktsiyaning texnologiyaga mosligi buyumning seriyalab ishlab chiqarishini tezroq o’zlashtirishga imkon beradi. Konstruktsiyaning texnologiyaga mosligini ishlash buyumni ishlab chiqish to’xtatilgandagina tuxtatiladi. Texnologiyaga mosligini loyihalashning boshlangich etaplarida konstruktorlar, texnologlar ishtiroqida keyingi etaplarida esa ishlab chiqarish xodimlari va texnik nazorat bo’limi xodimlari (OTK) ishtiroqida olib boradilar. Shunday qilib konstruktsiyaning texnologiyaga mosligini ishlab chiqish konstruktorlik va texnologik imkoniyatlaridan to’laroq foydalanishga qaratilgan aloxida olingan tadbirlar hamda ishlab chiqarishning texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlarini ko’tarishga qaratilgan bo’ladi. Buyumni ko’plab ishlab chiqarish uchun konstruktsiya qilishda ikkita masala yechiladi. buyumni normal ishlashini ta'minlovchi barcha texnik shartlarni qanoatlantirish, ishlab chiqarish texnologiyasi talablarini qondirish. Konstruktiv ishlab chiqish quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1) buyumni kompanovka qilishni soddalashtirish; 2) buyumni montaj va regulirovka qilishning qulay bo’lishini ta'minlash uchun uni bo’laklarga ajratish; 3) buyumning aloxida yig’ish birikmalarini parallel yig’ish imkoniyatini ta'minlash; 4) buyumni tashkil qiluvchi detallar ro’yxatini qisqartirish; 5) soddaroq shaklga ega bo’lgan detallarni ishlatish; 6) ishlatiladigan detallarning yuqori ishonchliligini ta'minlash uchun ularni iloji boricha unifikatsiya qilish, detallar zagotovkasi uchun texnologiyaga moslashgan zagotovkalarni qo’llash; 93 7) konstruktiv bazalarni tanlab olish va detal tayyorlash jarayonini xisobga olgan holda o’lcham qo’yish; 8) ishlov berilayotgan yuzalarning ratsional tozaligiga erishish (ratsionalnaya chistota poverxnosti) hamda o’zaroalmashuvchanlikning maqsadga muvofiq shaklini ta'minlovchi qo’yimlar qo’yish; 9) buyumning normal ishlashini ta'minlovchi montaj tirkishlari va tarangliklarini qo’yish; 10) asboblar, detallar, yig’ish birikmalari va agregatlar unifikatsiyasi. Texnologik ishlash quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1) ishlab chiqarishni o’zlashtirish muddatlarini qisqartirish ta'minlovchi jihozlar, agregatlar va yig’ish birikmalarining unifikatsiyasini ta'minlash va konstruktsiyaga mosligini ta'minlash; 2) ishlov berishda zamonaviy yuqori unumdor va avtomatlashgan texnologik jarayonlarni qo’llash; 3) buyumni tayyorlashda berilgan aniqlik va sifatni ta'minlash; 4) buyumni tayyorlash uchun sarflanadigan material minimal sarflanishini ta'minlash; 5) buyumni nazorat qilishning ratsional usuli va vositalarini qo’llash. Ekspluatatsion ishlash quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1) buyumning foydalanish ishonchliligi va ko’pga chidamliligi; 2) foydalanish jarayonida xizmat ko’rsatishning qulay bo’lishi; 3) ta'mirlashning soddaligi va qulayligi; 4) buyumni og’irligi minimal bo’lishi. Avtomobil konstruktsiyasining texnologiyaga mosligini oshirish ishlarini bajarishda quyidagilarni xisobga olish kerak: 1. Texnologiyaga mos konstruktsiyani yaratishda yuqori unumdor, iqtisodiy samarador ishlov berish va yig’ish texnologik jarayonlarga asoslanish. 2. Konstruktsiyaning texnologiyaga mosligini ishlab chiqishda buyumni butunicha qarash kerak, uning qismlarini aloxida-aloxida qarash kerakli natijalarni bermaydi. 94 Avtomobil sanoatida asosan detallar quyidagi materiallardan tayyorlanadi: - cho’yan, po’lat va rangli metal quymalari; - po’lat va ba'zi rangli metallardan shtampovka va prokat qilish; - po’lat va rangli metallardan prokat olish; - plastmassadan prokat va pokovka (quyma) olish; - po’lat va boshqa metallardan payvand- shtampli prokat olish; - metalloqeramikadan ( kukun) prokat olish. Ekpluatatsiya tannarxini kamaytirish uchun yuqorida keltirilgan detallarni qayta tiklash kerak bo’ladi. Detallarni qayta tiklash uchun unga ishlov berish turini va tannarxini kompleks holda qurish kerak . Mashina detallarini qayta tiklashda hozirgi kunda dunyoda yangi metodlar ishlab chiqilgan. Ular quyidagilardir: -Materiallarni gazotermik qoplash. -Plazmali ishlov berish. -Lazerli ishlov berish. -Materiallarni ion- plazmali qoplash. -Ionli implatantsiya. -Magnitli impuls ishlov berish. -Magnit-elektrik qoplash. Endi ushbu usullarni aloxida ko’rib chiqamiz: Materiallarni gazotermik qoplashda detal issiqlik bilan kizdiriladi, keyin uning sirtiga gaz boimi ostida material koplanadi. Barcha gazotermik qoplash usullari universal va yuqori samarali bo’lib quyidagi afzalliklarga eg’adir: -Koplanadigan material turli xil bo’lishi mumkin (toza metapp, ularning qotishmasi, metalloidlar), organiq materiallar va ularning aralashmasi. -Kichik va yupqa qatlamlar (0.1...0.5 mm) qoplash mumkin. Har qanday materiallar-metall, oyna, keramika, plastmassa va b. -Detalni qattiq kizdirish shart emasligi. Bu detalni deformatsiyalanishdan saqlaydi. -Yuqori ish unumdorlik. 95 -Texnologik jarayonni avtomatlashtirish imkoniyati borligi. Bu usulda ikki xil jihozlar ishlatiladi: 1. Sim yordamida MGII-4D, MGI-5. 2. Poroshok yordamida UPTR-85, L5405. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling