Txk va t mehnat hajmini, ishchilar sonini, ustaxonalar va mintaqalar maydonini xisoblash
Ajratish-yig'ish ishlari texnologik jarayoni
Download 81.02 Kb.
|
11-mavzu
5. Ajratish-yig'ish ishlari texnologik jarayoni. JT ishlari ikki guruh asosiy ishlarini o'z ichiga oladi: ajratish-yig'ish va ustaxonada bajariladigan ishlab chiqarish ishlari. Ishning sifatli bajarilishi asosan tozalash-yuvish ishlariga, kerakli jihozlarni, asbob va uskunalarni tanlay bilishga va texnik shartlarga rioya qilishga bog'liqdir. Undan tashqari hozirga vaqtda ATK da aylanish fondlarini, ya'ni ta'-mirlangan yoki yangi agregat, mexanizm, material va detallarni zahirada bo'lishi JT ishlarini o'z vaqtida va sifatli bajarishga katta imkon yaratadi.
Avtomobillarni JT texnologik jarayoni tashkil etish shaklidan ko'rinib turibdiki, undan yechilgan agregatlarni agregat ustaxonalarida ta'mirlash bilan bir qatorda, yechilmagan agregatlar uchun avtomobilning o'zida JT yoki sozlash ishlarini bajarish kerak bo'ladi. JT ga yuborilgan avtomobillar yuviladi va tozalanadi, undan so'ng JT postlariga qo'yiladi. Avtomobildan yechilgan agregat, mexanizm va detallar avval maxsus yuvish aralashmalarida yuviladi, undan so'ng ajratish-yig'ish va ta'mirlash ishlari bajariladi. (Yuvish aralashmalari: kaustik soda, kalsiyli soda, trinatriyfosfat, suyuq oyna va hakazolar). Ajratish yig'ish ishlari - avtomobildan buzilgan agregatlarni yechish, ular o'rniga tuzatilgan yoki yangisini qo'yish, hamda bu davrda ayrim detallarni ta'mirlash, joyiga keltirish kabi ishlarni o'z ichiga oladi. Ajratish-yig'ish ishlarining eng asosiylari: dvigatellarni, orqa va oldingi ko'prik, uzatmalar qutisi-radiator, ilashish muftasi, osma detallari, ressora, agregatlardagi yedirilgan detallarni almashtirish hisoblanadi. Yuqoridagi ishlarni bajarish uchun ko'tarish moslamalari, qurish ariqchalari, agregatlarni yechish va o'rnatish uchun maxsus ko'tarish aravachalari ishlatiladi. Avtomobillar JT texnologik jarayoni ketma-ketligi: 1-JT ishlarinig hajmi va turini aniqlash uchun tekshiruv-nazorat ishlari, 2-nosoz agregatlarni avtomobillardan yechish va ish hajmini aniqlash, Agarda JT yakka tartibda bajarilsa, u holda: 3-yechilgan agregatlarni bo'laklarga ajratish,buzuqliklarni aniqlash, 4-ishlab chiqarish va yordamchi ustaxonalarda agregatlarni ta'mirlash, 5-tuzatilgan agregatlarni joyiga qo'yish va sozlash, 6-JT ishlari sifatini tekshirish . Agarda JT agregat usulida bajarilsa, u holda: 3-avtomobildan yechilgan agregatlarni agregat ustaxonasiga jo'natish, 4-agregatlar o'rniga yangisini yoki ta'mirlab qo'yilganini qo'yish, 5-o'rniga qo'yilgan agegatlarni sozlash, 6-JT sifatini tekshirish. Agregat, birikma va mexanizmlarni bo'laklarga ajratish uchun maxsus yechgichlardan foydalaniladi, ular ish hajmini kamayishiga va sifatini oshirishga imkon yaratadi. Yechgichlar avtomobillarni turiga qarab ishlab chiqariladi va ulardan JT da keng qo'llaniladi. Ajratish - yig'ish ishlari bajarilayotganda mehnat havfsizligiga qoidalariga ahamiyat berish lozim. Yordamchi ustaxonalarda bajariladigan ishlarga yeyilgan, egilgan va zanglagan detallarni payvandlash, kavshanlash, yelimlash va boshqa ta'mirlash ishlari kiradi. Yuqoridagi ishlarni kelajakda markazlashgan holda bajarish va bu bilan iqtisodiy samaradorlikka erishish ustida ilmiy hamda amaliy ishlar olib borilmoqda. Download 81.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling