3-Ma’ruza Mavzu: O’lchov qurilmalari xaqida umumiy tushuncha


Download 0.8 Mb.
bet1/6
Sana23.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1223588
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Ma\'ruza tayyor


3-Ma’ruza
Mavzu: O’lchov qurilmalari xaqida umumiy tushuncha


Reja:
1. Nazorat o’lchash asboblari haqida umumiy tushunchalar.
2. Xaroratni o‘lchaydigan asboblar va ularning o‘lchash chegaralari.
3. Bosimni o’lchash qurilmalari.
4. Suyuqlik sathini olchash qurilmasi.
5. Zichlikni o’lchash qurilmalari.

Avtomatik nazorat va parametrlarning ishonchli qiymatlarini bilmasdan turib ular orqali jarayonlar va agregatlarni boshqarib bo’lmaydi. Jarayon va agregatlarni avtomatlashtirish va ular ustida ilmiy izlanishlar olib borishda o’lchashlar muhim rol o’ynaydi.


O‘lchash informasiyasi signalini kuzatuvchi bevosita qabul qilishiga qulay shaklda chiqaruvchi o‘lchash vositasi o‘lchash asbobi deb ataladi.
O‘lchash asbobidan foydalanib kuzatuvchi o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘qishi yoki hisoblashi mumkin. O‘lchash asboblari analogli va raqamli bo‘ladi. Analogli o‘lchash asbobidagi ko‘rsatish o‘lchanayotgan kattalikning o‘zgarishini uzluksiz funksiyasi hisoblanadi. Raqamli o‘lchash asbobida ko‘rsatish o‘lchash informasiyasi signalini diskret o‘zgartirish natijasi hisoblanuvchi raqamli shaklda beriladi.
O‘lchash asboblari ko‘rsatuvchi va qayd qiluvchi turlarga bo‘linadi. Ko‘rsatuvchilarida – qiymat shkala yoki raqamli tabloda aks ettiriladi. Qayd qiluvchilarida esa ko‘rsatilayotgan qiymatlar diagrammali qog‘ozga raqamli yoki uzluksiz shaklda bosiladi yoki informasiya shaklida xotira qurilmasida saqlanadi. O‘lchash asboblarida o‘lchanayotgan kattalikni vaqt yoki boshqa mustaqil o‘zgaruvchi bo‘yicha integrallash kabi turli o‘zgartirishlarni amalga oshirish mumkin.
O‘lchash informasiyasi signalini uzatish, qayta ishlash yoki saqlash uchun qulash ko‘rinishda ishlab chiqishga mo‘ljallangan, lekin kuzatuvchi bevosita qabul qilishi uchun uzatmaydigan o‘lchash vositasiga o‘lchash o‘zgartirgichi deyiladi.
Birlamchi o‘lchash o‘zgartirgichi – bu o‘lchanayotgan kattalik kirishiga ta’sir qiluvchi o‘lchash o‘zgartirgichi. Ko‘pincha bunday o‘zgartirgichlar datchiklardeb ataladi. Birlamchi o‘zgartirgichning bevosita o‘lchanayotgan kattalik bilan ta’sirlashuvchi qismi sezgir element deb ataladi. So‘nggi vaqtlarda kichik guruhlardagi sezgir elementlarni belgilash uchun sensorlar atamasidan foydalanilmoqda. O‘lchash asboblari va o‘zgartirgichlari o‘lchanayotgan kattalikning turidan kelib chiqqan holda turli nomlarga ega bo‘ladi: termometrlar, termoo‘zgartirgichlar, manometrlar, bosim o‘zgartirgichlari, sarf o‘lchagichlar, sarf o‘zgartirigichlar va h.k.
O‘lchanayotgan kattalikning sanoq qurilmasi orqali o‘lchanayotgan va qabul qilingan o‘lchov birlikda ifodalanayotgan qiymati o‘lchash asbobining ko‘rsatishi hisoblanadi. O‘lchanayotgan kattalikning shkaladagi eng kichik qiymati shkalaning boshlang‘ich,eng kattasi esa oxirgi qiymati deb ataladi. Shkalaning boshlang‘ich va oxirgi qiymatlari bilan chegaralangan sohasi ko‘rsatish diapazoni deyiladi. O‘lchanayotgan kattalikning o‘lchash vositasini ruxsat etilgan xatoligi bilan meyorlashtirilgan qiymatlar sohasi o‘lchash asbobi yoki o‘lchash o‘zgartirgichining o‘lchash diapazoni deyiladi.Texnik asboblaridagi o‘lchash diapazoni va ko‘rsatish diapazonlari bir biriga mos keladi. Yuqori va quyi o‘lchash chegaralari deb ataluvchi o‘lchash diapazonining eng kichik va eng katta qiymatlari o‘lchash chegaralari deb ataladi.
O‘lchash natijalariga vaqt, o‘lchash joyi, o‘lchayotgan shaxs va boshqalarning ta’sir ko‘rsatmasligi uchun o‘lchashlarning bir xilligini ta’minlash zarur.Buning uchun quyidagilar kerak:
1.O‘lchov birligi (masalan, SI tizimi); 2.Etalonlar; 3.O‘lchash vositalari (ishchi va namunaviy asboblar);3.Tekshirish sxemasi – turli darajadagi ishchi va namunaviy o‘lchash vositalarini birgalikda ishlash tartibini reglamentlashtiruvchi hujjat.
O‘lchash vositalarining asosiy turlariga o‘lchovlar, o‘lchash asboblari, o‘lchash o‘zgartkichlari va o‘lchash qurilmalari kiradi.
O‘lchov – berilgan o‘lchamdagi fizik kattalikni qayta o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi. Masalan, qadoqtoshmassa o‘lchovi; o‘lchov rezistori – elektr qarshilik o‘lchovi; yoritish lampasi – yorug‘lik o‘lchovi va h.k.
Bir xil o‘lchamli fizik kattalikni qayta o‘lchaydigan bir qiymatli hamda turli o‘lchamdagi qator bir nomli kattaliklarni qayta o‘lchaydigan ko‘p qiymatli o‘lchovlar bor. Ko‘p kiymatli o‘lchovlarga bo‘linmali chizg‘ichlar, induktivlik variometri va boshqalar misol bo‘la oladi. Maxsus tanlangan, faqat alohidagina emas, balki turli birikmalarda turli o‘lchamli qagor bir nomli kattaliklarni qayta o‘lchash maqsadida qo‘llaniladigan o‘lchovlar komplekti o‘lchovlar to‘plamini tashkil etadi. Masalan, qadoqtoshlar to‘plami, uchlikli uzunlik o‘lchovlari to‘plami, o‘lchov kondensatorlari to‘plami va x. O‘lchovlar magazini – sanoq qurilmalari bilan bog‘langan maxsus qayta ulagichlarga ega bo‘lgan bitta konstruktiv butun qilib birlashtirilgan o‘lchovlar to‘plami.
O‘lchovlarga standart namunalar va namuna moddalar ham kiradi.
Standart namuna – modda va materiallarning xossalarini yoki tarkibini xarakterlovchi kattaliklarning birligini qayta tiklash uchun o‘lchov. Masalan, tarkibidagi ximiyaviy elementlari ko‘rsatilgan ferromagnit materiallar xossalariniig standart namunasi.
Namuna modda – tasdiqlangan spetsifikatsiyada ko‘rsatilgan tayyorlash shartlariga rioya qilinganda tiklanadigan ma’lum xossalarga ega bo‘lgan moddadan iborat o‘lchov. Masalan, “toza” gazlar, “toza” metallar, “toza” suv.
Kuzatuvchi idrok qilishi uchun qulay shakldagi o‘lchov informatsiyasi signalini ishlab chiqishga xizmat qiladigan o‘lchash vositasi o‘lchov asbobi deyiladi. O‘lchov asbobida kuzatuvchi o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘qishi yoki sanashi mumkin. O‘lchov asboblari analog va rakamli bo‘lishi mumkin. Analog o‘lchov asboblarida asbobning kursatishi o‘lchanayotgan kattalik o‘zgarishining uzluksiz funksiyasidan iborat bo‘ladi, raqamli o‘lchov asboblarida esa ko‘rsatishlar o‘lchov informatsiyasi signalini diskret o‘zgartirish natijasidan iborat bo‘lgan raqamli shaklda ifodalangan bo‘ladi.
O‘lchashga doir axborotni uzatish, o‘zgartirish, ishlov berish va saqlash uchun qulay bo‘lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo‘lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun xizmat kiladigan o‘lchash vositasi o‘lchash o‘zgartkichi deb ataladi.. O‘lchanayotgan kattalik keltirilgan o‘lchash o‘zgartkichi birlamchi o‘zgartkich deyiladi. Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlari, ko‘pincha, datchikdeb yuritiladi. Uning bevosita o‘lchanayotgan kattalik ta’siridagi qismi sezuvchan element deyiladi. Masalan, termoelektrik termometrda termopara, manometrik termometrda termoballon ana shunday elementlardir. O‘lchov asboblari va o‘zgartkichlari o‘lchanayotgan kattalikning turiga qarab tegishli nomlarga ega bo‘ladi, masalan, termometrlar, manometrlar, difmanometrlar, sarf o‘lchagichlar, satx o‘lchagichlar, gaz analizagorlari, konsentratomerlar, nam o‘lchagichlar va hokazo.




Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling