Tzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘1


Download 28.47 Kb.
bet2/7
Sana25.02.2023
Hajmi28.47 Kb.
#1230563
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
17-sonli buyruq (ilovalari bilan)

ILOVA

Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston
terma jamoasiga nomzodlarni saralashning II bosqichini
tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

  1. bob. UMUMIY QOIDALAR

Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlami aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son hamda Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillami o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning II bosqichini (keyingi o‘rinlarda - saralash olimpiadasi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.

  1. bob. SARALASH OLIMPIADASINING MAQSAD VA VAZIFALARI

  1. Saralash olimpiadasining maqsadi:

fizika, matematika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlariga alohida iqtidori bor o‘quvchilami aniqlash, ulaming ushbu fanlarga bo‘lgan qiziqishini orttirish, iqtidorini kuchaytirish va kelgusida ushbu sohalarda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga asos yaratish;
Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadalari (IOI)da (keyingi o‘rinlarda - xalqaro olimpiadalar) O‘zbekiston terma jamoasining munosib ishtirokini ta’minlash va ulami qo‘shimcha mashg‘ulotlar orqali yetarli darajada tayyorlashdan iborat.

  1. Saralash olimpiadasining vazifasi:

fizika, matematika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlariga qiziquvchi iqtidorli o‘quvchilami saralash, ularning o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarishi, fanning xalqaro miqyosidagi yutuqlari bilan tanishishiga yo‘naltirish orqali iqtidorini kuchaytirish, buning uchun ushbu fanlarga layoqatli o‘quvchilar o‘rtasida butun mamlakat miqyosida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;
O‘zbekiston terma jamoasini dunyo miqyosida eng obro‘li, intellektual butunjahon olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun zamin yaratish;
fizika, matematika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan yetuk va chuqur bilimga ega kadrlar tayyorlashga hissa qo‘shishdan iborat.

  1. bob. SARALASH OLIMPIADASINI O‘TKAZISH TARTIBI

  1. Saralash olimpiadasi 2023-yilning 18-19-fevral kunlari matematika, fizika, biologiya, kimyo, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan ikkita turda o‘tkaziladi.

  2. Saralash olimpiadasida fizika, matematika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan saralash olimpiadasining I bosqichida yuqori o‘rinlami egallagan hamda 2022-2023-o‘quv yilida bo‘lib o‘tgan mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etadi.

  3. Xolislik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida saralash olimpiadasi o‘tadigan auditoriya videokuzatuv jihozlari bilan ta’minlanadi.

  4. Saralash olimpiadasi ishtirokchilariga xalqaro fan olimpiadalari standartlari (talablari) darajasidagi nazorat materiallari beriladi.

  5. Saralash olimpiadasiga kechikib kelgan ishtirokchilar auditoriyaga kiritilmaydi.

  6. Saralash olimpiadasi jarayonida belgilangan tartib va qoidalarga amal qilmagan yoki ovoz uzatish va eshitish moslamalari bilan auditoriyaga kirgan o‘quvchilar auditoriya rahbari va nazoratchilar tomonidan tuzilgan dalolatnoma asosida saralash olimpiadasidan chetlashtiriladi;

bu haqda tegishli dalolatnoma tuzilib, uni auditoriya rahbari va nazoratchilar imzolaydi. Ushbu dalolatnomalar hakamlar hay’ati raisiga topshiriladi;
ishtirokchilar saralash olimpiadasi boshlanishi oldidan zaruriy hojat ishlarini bajarishlari haqida ogohlantiriladi. Jarayon vaqtida o‘quvchilarning auditoriyadan chiqishi mumkin emas. Auditoriyadan chiqqan o‘quvchi qayta sinovlarga qo‘yilmaydi. Jarayon davomida o‘quvchilaming bir-birlari bilan gaplashishi, javoblarni bir-biriga ko‘rsatishi, kitoblardan, uyali telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanishi, boshqalarga ko‘maklashishi taqiqlanadi.

  1. Nazorat materiallari quyidagi shaklda beriladi:


Download 28.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling