U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


-«Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar». 8520


Download 1.35 Mb.
bet125/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

8510-«Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar».
8520-«Rezerv kapitali».
8530-«Beg‘araz olingan mol-mulk».
8510-«Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyoti qayta
baholash natijasida aktivlar qiymatining oshishini hisobga oladi.
Misol. Transport vositasining boshlang‘ich qiymati 500000 so‘mga,
eskirish qiymati 200000 so‘mga teng. 3 koeffitsient bilan qayta baholash
natijasida transport vositasining boshlang‘ich qiymati 1500000 so‘m
(500000*3)gacha oshgan. Transport vositasining eskirishi esa 600000
so‘m (200000*3)gacha oshgan. Transport vositasining boshlang‘ich
qiymati o‘rtasidagi farq 1000000 so‘m (1500000–500000)ga eskirish
qiymati o‘rtasidagi farq 400000 so‘m (600000–200000)ga teng.

170
Ushbu muomalalar hisobda quyidagicha aks ettiriladi:


D-t 0160-«Transport vositalari»–1000000 so‘m
K-t 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»– 1000000
so‘m
D-t 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»– 400000
so‘m
K-t 0260-«Transport vositalarining eskirishi» – 400000 so‘m.
Asosiy vositalar kabi qimmatli qog‘ozlar ham qayta baholanadi.
Misol. Korxonada balans qiymati 80000 so‘mlik qimmatli qog‘oz
bor. Ularning hisobot davri oxiridagi bozor qiymati 85000 so‘mga teng
bo‘lgan.
Agar korxona o‘z investitsiyalarini qayta baholangan qiymat
bo‘yicha hisobga olsa, u holda qayta baholashdan olingan daromad
rezerv kapital schyotlarida aks ettiriladi:
D-t 0610-«Qimmatli qog‘ozlar»–5000 so‘m.
K-t 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» – 5000
so‘m.
Agar keyingi hisobot davriga kelib bu qimmatli qog‘ozlarning bozor
qiymati kamaysa, unda mazkur qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha avvalgi
qayta baholash doirasida rezerv kapitalini kamaytirish hisobiga uni
qoplash mumkin. Bu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tashkil etilgan
rezervdan oshuvchi narxning pasayish summasi xarajat sifatida tan
olinadi.
Misol. Qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati 78000 so‘mga tushib
ketgan, ya’ni 7000 so‘mga kamaygan:
D-t 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»–5000
so‘m
D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar»–2000
so‘m
K-t 0610-«Qimmatli qog‘ozlar»–7000 so‘m.
AJ rezerv kapitali ustavda belgilangan miqdorga yetguniga qadar
har yili sof foydadan ajratmalar yo‘li bilan shakllantiriladi:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan
zarar)».
K-t 8520-«Rezerv kapital».
Rezerv kapitali korxona ko‘rgan zararini qoplash, imtiyozli aksiyalar
uchun dividend to‘lash, aksiyadorlar talabiga ko‘ra aksiyalarni qayta
sotib olish uchun ishlatiladi.

171
Masalan, hisobot davrida foyda mavjud bo‘lmaganida imtiyozli


aksiyalar uchun dividendlar to‘landi:
D-t 8520-«Rezerv kapital».
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar».
Korxona tugatilayotganida turli debitorlarning qarzlari hisobdan
chiqarildi:
D-t 8520-«Rezerv kapital».
K-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar».
Ta’sis hujjatlari va hisob siyosatiga muvofiq turli maqsadlar uchun
rezerv fondi boshqa mulkchilik shaklidagi korxonalarda ham tashkil
etilishi mumkin.
Mol-mulk tekinga olinganida quyidagi provodka beriladi:
D-t 0110-0190-«Asosiy vositalar».
D-t 0410-0490-«Nomoddiy aktivlar».
D-t 0610-«Qimmatli qog‘ozlar».
D-t 1010-«Xomashyo va materiallar».
K-t 8530-«Beg‘araz olingan mol-mulk».
Amaldagi qonunchilikka binoan bepul olingan mol-mulk qiymati
foyda solig‘i bazasini oshiradi. Bepul olingan mol-mulk ekspert yo‘li
bilan yoki o‘tkazma hujjatlar asosida aniqlangan adolatli qiymat bo‘yicha
hisobda aks ettiriladi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling