U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Download 1.35 Mb.
bet122/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

2-t o p s h i r i q.
«Bunyod» savdo markaziga «Malika» fabrikasidan quyidagi tovarlar olingan:
1. Katta yumshoq ayiq 16 ta 8600 so‘m
2. Mayda quyonchalar 82 ta 718 so‘m
3. Yumshoq bezakli yostiq 38 ta 3440 so‘m.
Quyidagilarni bajarish talab etiladi:
1. Schyot-faktura / yuk xatini rasmiylashtirish.
2. Boshlang‘ich ma’lumotlar asosida QQS ni hisoblash.
3. Xo‘jalik muomalasiga buxgalteriya aloqasini tuzish.

166
X BO‘LIM


FONDLAR VA MOLIYAVIY NATIJALARNI
HISOBGA OLISH
10.1. KORXONANING FONDLARI VA ULARNI HISOBGA
OLISH VAZIFALARI
Bozor munosabatlarining rifojlanishi korxona faoliyatini moliyaviy
ta’minlashga, mablag‘lar tarkibi va tuzilishida o‘zgarishlar sodir bo‘li-
shiga olib keladi. Bunday sharoitda korxona ishlab chiqarish xo‘jalik
faoliyatini amalga oshirish uchun o‘zining mablag‘lariga ega bo‘lishi
lozim. Bular esa xususiy kapital deb yuritiladi.
Xususiy kapital xo‘jalik yurituvchi korxonaning (subyekt) aktivi va
majburiyatlari o‘rtasidagi farqni aks ettiradi. O‘z navbatida xususiy
kapital ikki guruhga bo‘linadi.
1. Qo‘yilgan (investitsiya) kapital.
2. Taqsimlanmagan foyda.
Xususiy kapital ishlab chiqarish va mulk egasiga to‘lash, qo‘shimcha
investitsiya va faoliyatning natijalariga bog‘liq holda ko‘payishi yoki
kamayishi mumkin. Xususiy kapital tarkibiga quyidagilar kiradi.
1. Ustav kapitali.
2. Qo‘shilgan kapital.
3. Zaxira kapitali.
4. Grantlar va subsidiyalar.
5. Kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar zaxirasi.
6. Taqsimlanmagan foyda.
Barcha mulk shakllaridagi korxonalarda kapital, rezervlar va
taqsimlanmagan foyda bo‘yicha buxgalteriya hisobining vazifalari
quyidagilardan iborat:
– ustav kapitalining shakllanishi va undan foydalanishni nazorat
qilish;
– korxona muassislari, kapitalning shakllanish bosqichlari va
aksiyalar turlari bo‘yicha axborot to‘plash;
– ustav kapitalining holati va harakati xususida hisobot tuzish
bo‘yicha ma’lumotlar olishni ta’minlash;
– qo‘shilgan kapital hamda rezerv kapitalining shakllanishi bilan
bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida hisobda aks ettirish;

167
– korxona sof foydasining shakllanishi va uning taqsimlanishini


o‘z vaqtida hisobga olish hamda nazorat qilish.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling