U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
Download 1.35 Mb.
|
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org
9.6. MAHSULOT SOTISHNI HISOBGA OLISH
Korxona mablag‘ining aylanish jarayoni mahsulot sotilishi bilan tugatiladi. Korxona faoliyatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bu tovar mahsulotining sotilishi ko‘rsatkichidir. Hisobot oyida mahsulot sotish bilan bog‘liq muomalalar bo‘yicha sotilgan mahsulot turlarining soni, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va sotishdan olingan moliyaviy natijani aniqlash buxgalteriya hisobining muhim vazifasi hisoblanadi. Respublika Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi sessiyasida tasdiqlangan va 1998-yil 1-yanvardan boshlab amalda qo‘llash uchun tavsiya etilgan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 10- moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi Davlat Soliq Qo‘mitasining 1998-yil 4-yanvardagi «Korxona va tashkilotlarni soliqqa tortish tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida» xatiga binoan yuridik shaxslar daromadidan olinadigan soliq hisoblash usuliga ko‘ra amalga oshiriladi. Bunga ko‘ra korxona va muassasalar jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar yuzasidan ushbu mahsulot, ish va xizmatlar qiymatini to‘lash vaqti hamda haqiqatdan pul kelib tushishidan qat’i nazar jo‘natilgan mahsulot ish va xizmatlar qiymatidan davlat budjetiga soliq hisoblashlari va uni buxgalteriya hisobida o‘sha hisobot davrida aks ettirishlari lozim. Mahsulot uchun pul xaridorlardan hisob-kitob schyotiga kelib tushgan sanadan sotildi deb hisoblanadi. Mahsulotni sotishdan olingan daromadlar 9010-schyotda, tovarlarni sotishdan olingan daromadlar 9020- schyotda, bajarilgan va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar 9030-schyotda hisobga olinadi. Agar mahsulot (ish, xizmatlar) topshirish (jo‘natish) sotish amalga oshirilgan bo‘lsa, unda 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»dan foydalaniladi. Bu schyot aktiv bo‘lib, uning qoldig‘i buyurtmachiga topshirilgan lekin puli to‘lanmagan mahsulot, ish va xizmatlarning jo‘natish qiymati, kredit bo‘yicha oborot hamda hisobot oyida xaridorlar tomonidan to‘langan summani bildiradi. 11-jurnal orderning analitik ma’lumotlari bo‘yicha foyda summasiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi. D 9020 K D 9110 K 6 – Buxgalteriya hisobi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling