9.4. TAYYOR MAHSULOTNI JO‘NATISHNI
HISOBGA OLISH
Ombordan tayyor mahsulotlar xaridorlarga korxonaning sotish
bo‘limi buyrug‘iga asosan jo‘natiladi. Mahsulotni sotish xaridor kor-
xonalar bilan tuzilgan shartnoma va jo‘natish jadvaliga muvofiq amalga
oshiriladi.
Korxona buxgalteriyasi schyot, to‘lov talabnoma hujjatini yozib,
tovar sotuvchi korxonaga xizmat ko‘rsatgan bankka topshiradi.
To‘lov talabnoma – mol yetkazib beruvchining schyot-fakturaga
mos ravishda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati uchun xaridorning hisob-
kitob raqamidan pulni o‘tkazib berish to‘g‘risida bankka bergan
buyrug‘idir. Unda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati va sotish bahosi,
soni, assortimenti qayd qilinadi (bu holatda schyot-faktura albatta, to‘lov
talabnomasiga ilova qilinishi lozim).
Mol yetkazib beruvchi bilan xaridor o‘rtasida joy to‘g‘risida to‘xtalib
o‘tiladiki, bunda mahsulotni ortib jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlarni
mol yetkazib beruvchi o‘z zimmasiga oladi.
Fronko joyning quyidagi turlari mavjud:
Fronko ombor mol yetkazib beruvchi – bunda mahsulot ortib
jo‘natish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni mol yetkazib beruvchi korxona
to‘lov talabnomasiga qo‘shadi (bunga ortib topshirish ishlarining qiymati,
temiryo‘l tarifi va yetkazib berish xarajatlari kiradi).
Fronko-stantsiya jo‘natish – bunda mol yetkazib beruvchi to‘lov
talabnomasiga faqat temiryo‘l tarifi va mahsulotni vagonga ortish
xarajatlarini qo‘shadi.
Belgilangan stansiyagacha Fronko vagon – shunday narxki, bunda
mol yetkazib beruvchi to‘lov talabnomasiga faqat temir yo‘l tarifi sum-
masini qo‘shadi.
Belgilangan stansiyagacha Fronko – bunda jo‘natish bo‘yicha barcha
160
hujjatlar temiryo‘l tarifi qo‘shilgan holda mol yetkazib beruvchi
tomonidan to‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |