11-mavzu. Qurilishda narx shakllanishi va smeta ishi reja
Download 41.99 Kb.
|
11.1-Mavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.1. Qurilishda narxni shakllantirish asoslari
- “Qaymog‘ini olish narxi”
- “Bozorga kirishni tadbiq etish usuli”.
- “Chegirib tashlab narx belgilash usuli”.
11-MAVZU. QURILISHDA NARX SHAKLLANISHI VA SMETA ISHI Reja: 11.1. Qurilishda narxni shakllantirish asoslari. 11.2. Qurilish va qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati tuzilmasi. Tayanch iboralar: Narx. Narxning vazifalari. Narxga ta’sir etuvchi omillar. Qurilishning xususiyatlari. Bino va inshootlar qurilishining smeta qiymati. Qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati. To'g'ri xarajatlar. Ustama xarajatlar. Smeta foydasi. Resurs usuli. Yiriklashtirilgan ko’rsatkichlar. Smeta me’yorlari. 11.1. Qurilishda narxni shakllantirish asoslari Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlarning narxi talab va taklif hajmi va ularning nisbati bilan aniqlanadi. Tovarlarning narxi firmalarning iqtisodiy holatiga ta’sir etuvchi eng muhim ko’rsatkichdir. Firmalarning ishlab chiqarish faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari (kapital qo’yilmalar hajmi, mahsulotning tannarxi, mehnat unumdorligi va boshqalar) narxlar bilan bog’liq. Mahsulot narxi kapital qo’yilmalarni rejalashtirish va moliyalashtirishda, investitsiya loyihalarning samaradorligini aniqlashda, firmalar faoliyati natijalarini aniqlashda asos bo’lib hisoblanadi. Narx – bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir. Narxning mazmunini to‘laroq tushunish, uning darajasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari: qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat holati, davlatning iqtisodiy siyosati va h. k. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo‘lib xizmat qiladi. Narxlar quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. O’lchov vazifasi; 2. Rag’batlantirish vazifasi; 3. Taksimlash vazifasi; 4. Talab va taklif muvozanatini aniqlash vazifasi. Mahsulot narxini shakllantirish jarayonida bir nechta omillar e’tiborga olinadi. Bu omillarga mahsulot tannarxi, raqobatchilarning narxlari, mahsulotga bo’lgan talab va taklif hamda boshqa omillarni kiritish mumkin. Narxni shakllantirishning asosiy maqsadlari – korxona foydasining, mahsulot realizatsiyasining ma’lum hajmini ta’minlash, bozordagi korxonaning imidjini saqlash, raqobatchilardan kam bo’lmaslik, bozorga yangi mahsulot kiritish va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha ustunlik qilish. Narxni shakllantirish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 1. Talab hajmini aniqlash. 2. Xarajatlarni aniqlab, narxning eng past darajasini belgilash. 3. Raqobatchilar mahsulotining narxi va sifatini tahlil etish. 4. Narxni shakllantirish usulini tanlab, narxning eng yuqori darajasini baholash. 5. Narx siyosatini ishlab chiqish. 6. Aniq davrdagi mahsulot narxini belgilash. Narxni shakllantirish formulasining umumiy ko’rinishi quyidagicha: W = C+V+F; Bu yerda: W – mahsulotning narxi; S – moddiy resurslar qiymati (materiallar, elektr energiya, yoqilg’i xarajatlari, amortizatsiya ajratmalari); V – ish kuchi qiymati – ish haqi; F – tadbirkor(firma)ning foydasi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxni shakllanishining bir necha usullari mavjud bo‘lib, har qanday pudrat tashkiloti ularning hech bo‘lmaganda birini hisobga oladi. 1.Xarajatlar va belgilangan foyda usuli – bu usul sodda va eng ko‘p tarqalgandir. Qurilish tashkiloti qo‘shadigan ustama har bir ish turi bo‘yicha standart bo‘lib, ish turlari, birlik mahsulot qiymati bo‘yicha differensiyalashgandir. Ammo standart ustama har bir aniq holat bo‘yicha talabni va raqobatni inobatga olishga imkon bermaydi. Shunga qaramasdan bu usul ommalashgan. Bu uchta sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, potensial pudratchi qanchalik talabni va raqobatni o‘rganmasin bari bir ular xarajatlarni yaxshi tushunadi. Ikkinchidan, bu usul pudratchi uchun ham, buyurtmachi uchun ham haqiqatga yaqindir. Uchinchidan, bu usul narx raqobatni kamaytiradi. Chunki barcha qurilish tashkilotlari narxni huddi shu usul bilan hisoblashadi. Ya’ni, o‘rtacha xarajatlarga olinishi lozim bo‘lgan foydasini qo‘shishadi. Natijada ularning narxi bir-biriga yaqin bo‘ladi. 2. Talabga asoslanilgan usul – bu usul ham xarajatlarga va maqsadli foyda olishga qaratilgan. Bu holatda pudrat tashkiloti tomonidan kutiladigan foydani hisobga olib narx hisoblaniladi. Amalda bu usul talabga asoslaniladi. Belgilangan narxda foyda hajmi bajarilgan qurilish-montaj ishlarining hajmiga proporsianaldir. 3. Raqobatga asoslanilgan narx usuli - pudrat tashkiloti asosan raqobatchilar tomonidan siqib chiqariladi. Narx amaldagi narxlarga asoslanilgan holda belgilanadi. Agarda talab elastikligini aniqlash qiyin bo‘lsa, bozordagi va qurilish tashkiloti tomonidan qabul qilingan amaldagi narxlar darajasi haqiqatga yaqin bo‘lsa, foyda olish darajasi garovlangan hisoblaniladi. Bundan tashqari qurilish tashkiloti bunday narx darajasini belgilashi bozordagi muvozanatni saqlaydi. 4. Sinash uchun sotish usuli - qurilish mahsulotining sotilishini miqdoriy baholaydigan samarali usudir. Bu usul bozordagi holat bo‘yicha axborotlar mavjud bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi. Qurilish mahsulotlari doirasida qurilish materiallari va buyumlari notijorat maqsadlari uchun ishlab chiqarilganda mazkur usuldan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 5. Yangi qurilish materiallari, qurilish mahsuloti, yangi tovarlarga narx belgilash usuli - yangi qurilish tovarlariga amaldagi narxning shakllanishi bo‘yicha ko‘plab mamlakatlarda quyidagi usul yaratilgan. Bozorga tashkilot yoki korxona yangi tovarni taklif etishda quyidagi strategiyalardan birini tanlaydi. a) “Qaymog‘ini olish narxi”- bozorga yangi qurilish materialini chiqarishda unga maksimal mumkin bo‘lgan narx belgilanadi. Bu narx mazkur tovarni sotib olishga tayyor bo‘lgan istemolchining imkoniyatidan kelib chiqadi. Bu sotilish doirasini kengaytiradi va yangi istemolchilarni paydo qiladi. Bu usul bir qator qulayliklarga ega: -narxdagi xatoni tez to‘g‘irlashga imkon beradi, chunki istemolchi narxning tushushi tarafdoridir; -yuqori narx katta miqdordagi foydani taminlaydi, dastlabki davrlarda nisbatan katta xarajatlar bo‘lib turganda bu juda qulay; -istemolchilar talabini oshirmaydi, dastlabki ishlab chiqarish imkoniyatlari kengaymagan sharoitda bozordagi talabni qondirishga sharoit yaratadi; -dastlabki yuqori narx istemolchilarda uning sifati bo‘yicha imidjini yaratadi. Bu esa keyingi narxni pasaytirishda sotilishini yengillashtiradi; -yuqori narx tovar sifati yuqori bo‘lganda talabni oshirishda imkon beradi. Bu usulning kamchiligi narxning shakllanishida yuqori narx raqobatchilarni chaqiradi. Shuning uchun “qaymog‘ini olish” bir muncha raqobat cheklanganda muvofaqiyatli foydalanish mumkin. b) “Bozorga kirishni tadbiq etish usuli”. Pudrat tashkiloti, qurilish materialari ishlab chiqarish korxonasi bozordagi huddi shunday tovar va xizmatlar uchun nisbatan past narx belgilaydi, natijada maksimal haridorlarni o‘ziga jalb qiladi va bozorni egallaydi. Bunday strategiya katta miqdordagi ishlab chiqarishga ega bo‘lganda ahamiyatlidir. Bu esa umumiy foyda evaziga, ayrim tovar va xizmatlardan yo‘qotishni qoplaydi. Bu usul birinchi navbatda ancha moliyaviy resurs talab qiladi. Sababi bozordagi kichik va o‘rta ishlab chiqaruvchilar raqobatdan chetlatish uchun ancha moliyaviy xarajatlar qilishi lozim, natijada mustahkam moliyaviy manbaga ega bo‘lmagan pudrat qurilish tashkilotlari bozordan siqib chiqariladi. Ta’riflangan strategiya talab elastik bo‘lganda, agarda ishlab chiqarish hajmi oshish xarajatlarni kamaytirsa samara beradi. c) “Chegirib tashlab narx belgilash usuli”. Ko‘pgina pudrat tashkilotlarning istemolchilarni rag‘batlantirish maqsadida ularning aniq bir harakatlari uchun narxni kamaytirishga tayyor. Yuqoridagi usullarning birini tanlab olib, narxni hisoblashga tushish mumkin. Ammo shuni tushinish lozimki, hisoblashda hamma omillarni inobatga olib bo‘lmaydi. Lekin istemolchilarning narxini psixologik qabul qilish bo‘yicha harakatini hisobga olish maqsadga muvofiq. Misol uchun ko‘pgina buyurtmachilar va istemolchilar narxni sifat ko‘rsatgichi deb hisoblashadi. Ko‘pgina holatlar malumki, narxning oshishi bilan ishlab chiqarish hajmi ham oshib boradi. Buyurtmachi pudratchi bilan kelshuv olib borayotganda o‘z kuchi bilan bajaradigan qurilish-montaj ishlaridan tashqari, boshqa subpudrat tashkilotlarni pudratchi tomonidan jalb qilib bajarilishi lozim bo‘lgan maxsus ishlarni, hamda pudratchi tomonidan qurilish bozorlaridan sotib oladigan tovarlar va hizmatlarning, qurilish materiallari va buyumlarining qiymatini ham hisobga olishi zarur.
Download 41.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling