11-mavzu. Qurilishda narx shakllanishi va smeta ishi reja


Download 41.99 Kb.
bet8/8
Sana06.11.2023
Hajmi41.99 Kb.
#1750253
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11.1-Mavzu.

Smeta foydasi – bu qurilish tashkilotining ishlab chiqarishni rivojlantirish va ishchilarni moddiy rag‘batlantirish sarflarini qoplash bo‘yicha pul mablag‘lari ajratmasidir.(Smeta foydasi ishlarning tannarxi tarkibiga kirmaydi). Bu sarflar ishlab chiqarishni rivojlantirish, uskunalarni modernizatsiya qilish, asosiy fondlar ob’yektlarini rekonstruksiya qilish, qisman aylanma mablag‘larni to‘ldirish, qonunda ko‘rsatilgan me’yorda foyda solig‘ini to‘lash; ishchilarni moddiy rag‘batlantirish; moddiy yordam ko‘rsatish; ijtimoiy sferani rivojlantirish; sog‘liqni himoyalash va dam olishlarga sarflaniladi. Smeta foydasi ishchi va mexanizatorlarning ish haqining 65% miqdorida aniqlaniladi. Smeta foydasini to‘g‘ri va ustama xarajatlarning 12% miqdorida bo‘lishi ruxsat etiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qurilishning smeta qiymati quyidagi usullar yordamida aniqlanadi:

  • resurs usuli;

  • resurs-indeksli usul;

  • bazis-indeksli;

  • yiriklashtirilgan smeta normativlar asosida.

Qurilishning smeta qiymatini resurs usulida aniqlashda bino va inshootlar qurilishiga talab qilinadigan resurslar miqdori hisoblanadi. Resurslarning barchasi joriy narxlarda aniqlanadi. Bu resurslarga mehnat xarajatlari, qurilish materiallari va mashina va mexanizmlarga xarajatlar kiradi.
Resurs-indeksli usulida resurslarga aniqlangan talab natural ko’rsatkichlarda hisoblaniladi va ularning narxlariga indekslar qo’llaniladi.
Bazis-indeksli usulda qurilishning smeta qiymati resurslarning bazisli narxlarida hisoblanib, narxlar umumiy indeksiga kupaytir aniqlanadi.
Binolar va inshootlarni loyihalashning dastlabki bosqichilarida joriy narxlardagi qurilish qiymatini ilgari qurilgan binolar-analoglar to'g'risidagi ma’lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi. Aloxida ob’yektlar bo’yicha dastlabki ma’lumotlarni O'zbekistan Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan «Qurilishning yiriklashtirilgan smeta me’yorlari»dan qabul qilish kerak.
Loyihalash davrida ob’yektlar qurilishining smeta bahosini buyurtmachi (investor) tashkiloti o’zi hisoblab olishi mumkin, yoki uning buyurtmasi bo’yicha quyidagi tashkilotlar hisoblab beradi:
- loyiha instituti;
- injiniring yoki konsalting kompaniyalari.
Loyiha yoki injinirig tashkiloti tomonidan hisoblab chiqilgan binoning qiymati tavsiya etiladigan qiymat deb hisoblanadi.
Yiriklashtirilgan normativlar asosida ob’yektning qiymati quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:


Sv.s. = S *Ss.ye. * K1 *K2 *K3 *…Ky *I1 *I2*I3*….Iz
Bu yerda: Sv.s. – qurilish ob’yektining qiymati;
S – qurilish ob’yektining qurilish hajmi;
Ss.ye – qurilish qiymatining yiriklashtirilgan ko’rsatkichi;
K1 , K2 , K3 , …Ky – tuzatish koeffitsiyentlari (kapitallik guruhi, hududning zilzilabardoshligi, hududiy koeffitsiyent va x.k.);
I1 , I2, I3 , … Iz – qurilish materiallari narxlarining qimmatlashish indekslari.
Yiriklashtirilgan normativlar asosida qurilish ob’yektlari qiymatini aniqlash 1999 yil 30 martda 682-son bilan O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida ro’yxatdan o’tgan hamda Vazirlar Maxkamasi qoshidagi Uzgeodezkadastr bosh boshqarmasi, O'zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat Vazirligi tomonidan tasdiqlangan GKKINP-18-013-2004 yil 1-qism va GKKINP-18-013-01 yil 3-qism «Noturar joy bino va inshootlar tiklanish qiymatining yiriklashtirilgan ko’rsatkichlari to’plami» (rus. – UPVS) dan foydalanilgan xolda amalga oshiriladi.


Sp.b. = S * Se.i. * K1 *K2 *K3 *…Kp
Bunda: Sp.b. – binoning 1991 yil holatiga bahosi;
S – baholanayetgan ob’yektning hajmi, m3 (maydon m2, uzunligi p.m.)
Se.i – BvaITQYKT (UPVSZiS) jadvali bo’yicha 1991 yil bahosiga o’tish birligi;
K1 – binoning kapitallik guruhi;
K2 – hududning zilzilabardoshligi koeffitsiyenti;
K3 – hududiy koeffitsiyent;
K4 – tashqi va ichki pardozlash ishlari;
K5 – santexnik jixozlar va boshqalar.
Baholanayotgan ob’yektning to’liq qiymatini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:
Sp.v. = Sp.b. x Iy
Sp.v. – binoning baholash davridagi to’liq qiymati;
Sp.b. - binoning 1991 yil holatiga bahosi;
Iy – baholash davriga xokimlikning qurilish materiallarining qimmatlashishini inobatga olgan ko’paytuvchi.
Download 41.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling