11-mavzu. Qurilishda narx shakllanishi va smeta ishi reja
Qurilish mashinalari va mexanizmlarining ekspluatatsiya xarajatlari
Download 41.99 Kb.
|
11.1-Mavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ustama xarajatlar
Qurilish mashinalari va mexanizmlarining ekspluatatsiya xarajatlari u yoki bu turdagi qurilish mashina va uskunalarini mash-soat ekspluatatsiya qilish ta’riflari asosida qiymati aniqlanadi. Mash-soat qiymat odatda kalkulyatsiya bilan aniqlanadi. Mash-soat qiymatga: mashinani qurilish maydonchasiga olib kelish, amartizatsiya ajratmalari, uni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish, montaj va demontaj qilish, ta’mirlash, mainistning va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi personallarning ish haqi, yonilg‘i-moylash materiallari xarajatlari kiradi.
Smetani tuzishda to‘g‘ri xarajatlar fizik ish hajmlari, inshootning konstruktiv yechimlari, ishlab chiqarish texnologiyasi va qurilishni tashkil etishdagi qo‘llaniladigan usullar, alohida ishlarning birlik narxlari asosida aniqlanadi. Ustama xarajatlar qurilishning smeta qiymatida qurilish tashkilotining qurilishni tashkil etish va boshqarish bilan bog‘liq, qurilish ishlab chiqarishining normal funksiyasini bajarish uchun sharoitalar yaratish, qurilish-montaj ishlarini tashkil etish va xizmat ko‘rsatish xususiy xarajatlarini qoplash uchun ko‘zda tutiladi. Ustama xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxining bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Sharoitdan kelib chiqqan holda ustama xarajatlar to‘rtta qismga ajratiladi. Ma’muriy-xo‘jalik xarajatlari: muxandis-texnik xodimlar va mayda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ish haqi; kanselyariya va pochta-telegraf, mehnat safari xarajatlari; maslahat va auditorlik xizmatlariga to‘lovlari; boshqaruv xodimlarining ijtimoiy zaruriyatiga ajratmalari; boshqa ma’muriy-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar. Qurilish ishchilariga xizmat ko‘rsatuvchilarga, kadrlarni qayta tayyorlashga sarflar; qurilish ishchilarining sog‘liqni saqlashaga, ijtimoiy sug‘urta qilishga, mehnatni muxofaza qilish va texnika xavfsizligi, sanitariya-gigiyena va maishiy sharoitlarni ta’minlash xarajatlari. Qurilish maydonchasida tashkiliy ishlar xarajatlari: yong‘in xavfsizligi, qarovullarni saqlash, labaratoriyalarni saqlash, qurilish maydonchasini obodonlashtirish va uni saqlash xarajatlari. Boshqa ustama xarajatlar: qurilish tashkiloti mulkining sug‘urta xarajatlari, reklama xarajatlari, bank kreditlariga foiz to‘lovlar va boshqalar. Ustama xarajatlarga kiruvchi kompleks xarajatalar ustama xarajatalar shartli-doimiy qismiga; ma’muriy xo‘jalik va xizmat ko‘rsatuvchi personallarga, qurilish maydonchasini qo‘riqlash va yoritish kabi xarajatlarga bo‘linadi. Shartli-doimiy xarajatalar miqdori asosan qurilishning dovom etish muddatiga bog‘liq bo‘lib, odatda bosh pudratchilarda ustama xarajatlarning 50%, subpudratchilarda-30%ni tashkil etadi. Download 41.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling