11-mavzu. Qurilishda narx shakllanishi va smeta ishi reja
Download 41.99 Kb.
|
11.1-Mavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishchi-quruvchilarning ish haqiga
- Material qiymatiga
Ssmr = Pz + Nr + Sf
To‘g‘ri xarajatlarga quyidagilar kiradi: ishchi-quruvchilarning ish haqi, materiallar, detallar va konstruksiyalar qiymat, qurilish mashinalari va mexanizmlari ekspluatatsiya xarajatlari. To‘g‘ri xarajatlar qurilish-montaj ishlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Ishchi-quruvchilarning ish haqiga qurilish maydonchasida ishlab chiqarishda qatnashayotgan ishchilarning, hamda qurilish maydonchasidagi materiallarni qurish joyiga olib boruchi ishchilarning ish haqi bo‘yicha barcha xarajatlari kiradi. Qurilish mashinalarini boshqarishda band bo‘lgan ishchilarning ish haqi mazkur mashinaning ekspluatatsiya xarajatlari tarkibiga kiradi. Ushbu statya xarajatlariga tashkilotning boshqa xo‘jalik ishlarida ishlayotgan ishchilarning ish haqi kiritilmaydi. Material qiymatiga qurilish-montaj ishlari uchun zarur bo‘lgan materiallarni, yarimfabrikatlarni, buyumlarni, detallar va konstruksiyalarni sotib olish hamda ularni qurilish moydonchasiga olib kelish, to‘plash bilan bog‘liq xarajatlar kiradi. Barcha qurilish materiallari, konstruksiyalari va detallari ikki guruhga: mahalliy va keltiriladigan guruhlarga bo‘linadi. Mahalliy materiallarga qurilish atrofida joylashagn qurilish materiallari industriyasi sanoatidan kelib tushudigan materiallar tushuniladi. Bularga g‘isht, toshlar, qumlar, beton qorishmalari, beton va temir betonli konstruksiyalar kiradi. Keltiriladigan materiallarga sanoat korxonalaridan olib kelinadigan yog‘och va metal konstruksiyalar, metallar, sement, yog‘och va taxtalar, oynalar va hakozolar kiradi. Materiallarning smeta narxi xududlar bo‘yicha ishlab chiqilgan normativlar bo‘yicha aniqlanib, uning tarkibiga sotish narxi, tarnsport xarajatlari, tayyorlovchi va yetkazib beruvchi tashkilotlar ustama xarajatlari, tayyorlash-omborxona xarajatlari kiradi. Transport xarajatlarining qiymati smeta narxining ancha qismini tashkil qiladi. “Franko” tushunchasi qurilish tashkilotiga materiallarni yetkazib berish chegarasini tavsiflaydi. Mana shu momentdan keyin materialning egasi bo‘lib qurilish tashkiloti hisoblaniladi, qurilish tashkiloti materiallarni saqlash, transportirovka qilish kabi barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi. Download 41.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling