4-ma`ruza: Metall konstruksiyalar va po`lat haqiida umumiy ma`lumotlar. Po`latning asosiy xususiyatlari
Download 115.88 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq4 мавзу
4-ma`ruza: Metall konstruksiyalar va po`lat haqiida umumiy ma`lumotlar. Po`latning asosiy xususiyatlari. Reja: 1. Metall konstruksiyalarning rivojlanishi. 2. Metall konstruksiyalarning ishlatilish sohalari va o`ziga xos xususiyatlari. 3. Uglerodli va ishlov berilgan po`latlar. Ishlab chiqarilishiga ko`ra turlari. Kafolatlanish guruhlari. Metall konstruksiyalarning rivojlanish tarixi 1-davr XII-XVII asrlarni o‘z ichiga oladi. Bu vaqtlarda metall qurilmalarni noyob inshootlarni qurishda (saroy, cherkov) ishlatishgan, masalan g‘isht devorlarni mustahkamlashda, tom konstruksiyasini tortib qo‘yishda va h.k. 2-davr XVII asr boshlaridan XVIII asrning oxirigacha qamrab oladi. Bu davr metall qiya to‘sinlarni va cherkovlarning fazoviy bosh gumbazlar konstruksiyalarni yaratilishi bilan bog‘langan. Misol qilib 1640 yilda Moskva shaxridagi Kreml saroyi tomining yopilishini keltirishimiz mumkin 3-davr XVIII asrdan XIX asrning yarmigacha davom etib kelgan. Bu davr cho‘yan elementlarini quyish va ulardan qurilmalar yaratish bilan bog‘liq. Cho‘yan elementlarning birikmalari qulf va boltli birikma orqali bajarilgan. Bu davrning oxirlarida fermalardan foydalanish boshlangan. Fermalarning siqilishga ishlayotgan elementlarini cho‘yandan, cho‘zilishga ishlayotgan elementlarini temirdan tayyorlashgan . 3-davr XVIII asrdan XIX asrning yarmigacha davom etib kelgan. Bu davr cho‘yan elementlarini quyish va ulardan qurilmalar yaratish bilan bog‘liq. Cho‘yan elementlarning birikmalari qulf va boltli birikma orqali bajarilgan. Bu davrning oxirlarida fermalardan foydalanish boshlangan. Fermalarning siqilishga ishlayotgan elementlarini cho‘yandan, cho‘zilishga ishlayotgan elementlarini temirdan tayyorlashgan. 4-davr XIX asrning 30 yillaridan XX asrning 20 yillarigacha davom etgan. Bu yillar metallshunoslik va metallni qayta ishlash sohasida katta rivojlanishni o‘z ichiga oladi. Po‘lat quyish usullarini Bessemer 1856 yilda, Marten 1864 yilda va Tomas 1878 yilda ishlab chiqishi va o‘zlashtirilishi natijasida cho‘yan konstruksiyalar o‘rniga po‘lat konstruksiyalari ishlatila boshlandi. Po‘lat materiali sifatliroq va mexanik xususiyatlari yaxshiroq bo‘lganligi sababli varaqasimon prokatning texnologiyasi metall konsturksiyalarning rivojlanishiga va ularni noyob binolarda ishlatilishiga imkon berdi. • Po‘lat quyish usullarini Bessemer 1856 yilda, Marten 1864 yilda va Tomas 1878 yilda ishlab chiqishi va o‘zlashtirilishi natijasida cho‘yan konstruksiyalar o‘rniga po‘lat konstruksiyalari ishlatila boshlandi. Po‘lat materiali sifatliroq va mexanik xususiyatlari yaxshiroq bo‘lganligi sababli varaqasimon prokatning texnologiyasi metall konsturksiyalarning rivojlanishiga va ularni noyob binolarda ishlatilishiga imkon berdi. METALL KONSTRUKSIYALAR ISHLATILADIGAN SOHALAR Konstruktiv shakliga ko`ra metal konstruksiyalar quyidagi sohalarda ishlatilishi mumkin: 1. Sanoat binolarini sinchini yaratilishida; 2.Tayanch oralig‘i katta bo‘lgan binolarning tom konstruksiyalarini yaratishda (angarlar, konsert va sport saroylari, gumbazlar); 3. Ko‘prik va estakadalar qurilishida; 4. Minora va machtalar qurilishida (tele va radio minoralar, neft qazib chiqarish va suv xo‘jaligi binolari va inshootlari); 4. Minora va machtalar qurilishida (tele va radio minoralar, neft qazib chiqarish va suv xo‘jaligi binolari va inshootlari); 5. Ko‘p qavatli binolarning sinchini yaratishda; 6. Varaqasimon prokatidan yig‘ilgan gaz va suyuqliklarni saqlash hamda taqsimlash inshootlarini qurishda; 7. Kranlarni va boshqa turli harakat qiluvchi konstruksiyalarni yaratilishida; 1.Po`latlar Metall qurilmalarda qo’llaniladigan po’latlarning sifati quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi: mexanik xususiyatlari: statik ta’sirlarga qarshiligi (cho’zilishdagi vaqtinchalik qarshiligi va oquvchanlik chegarasi), dinamik ta’sirlarga va mo’rt buzilishga qarshiligi, plastiklik ko’rsatkichi (nisbiy cho’zilish), ko’p marotaba yuklashga qarshiligi (charchoq buzilish). Yuqorida keltirilgan ko’rsatkichlarning qiymatlari Davlat standartlarida belgilanadi; payvandlanish xususiyati – po’latning kimyoviy tarkibi, tayyorlanish texnologiyasi uning payvandlanishini kafolatlashi lozim; zanglamasligi (zanglashga chidamli bo’lishi). Download 115.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling