U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
-«Yerni obodonlashtirishning eskirishi». 0212
Download 1.35 Mb.
|
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.6. ASOSIY VOSITALARNING TA’MIRLANISHINI HISOBGA OLISH
0211-«Yerni obodonlashtirishning eskirishi».
0212-«Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olinib o‘zlashtirilgan asosiy vositalarning eskirishi». 0220-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalarning eskirishi». 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi». 0240-«Mebel va ofis jihozlarining eskirishi». 0250-«Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi». 0260-«Transport vositalarining eskirishi». 0270-«Ish hayvonlarining eskirishi». 0280-«Ko‘p yillik ekinlarning eskirishi». 79
0299-«Moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi». Hisoblangan amortizatsiya summasiga berilgan buxgalteriya provodkasi tarxi quyidagicha ko‘rinishda beriladi. D 9210 K D 0211-0299 K D 2010 K (6) (1) D 2310 K (2) D 2510 K (3) D 9420 K (4) D 2710 K (5) 1–5 operatsiyalarda amortizatsiya ajratmasi hisoblandi. 6-opera- tsiyada eskirish summasi hisobdan chiqarildi. 4.6. ASOSIY VOSITALARNING TA’MIRLANISHINI HISOBGA OLISH Asosiy vositalar vaqti-vaqti bilan ta’mirlanib turiladi. Ular ta’mir- lanish hisobining vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Bajarilgan ta’mirlash ishlarining tannarxi hamda hajmini to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash. 2. Ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlarning mahsulot yoki bajarilgan ish tannarxiga to‘g‘ri o‘tkazilishini ta’minlash. 3. Ta’mirlash ishlari uchun ajratilgan mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanish ustidan nazorat olib borish. 4. Ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli qilib olib borilishi ustidan nazorat olib borish va boshqalar. Ta’mirlash xarajatlari ikki usul bilan tegishli schyotlarga yozilishi mumkin: a) ta’mirlash bilan hamma xarajatlarning vujudga kelish jarayonini ishlab chiqarish xarajatlarining schyotlariga yozish; b) maxsus zaxira fondi tashkil qilish yo‘li bilan korxonada ta’mirlash 80
Vazirligi ruxsati bilan tashkil qilinadi. Zaxira summasi har oyda, korxona tomonidan mustaqil belgi- lanadigan normativ miqdorda mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Zaxira summasi 8910-«Kelgusida qilinadigan xarajat va to‘lovlar» passiv schyotida hisob qilinadi. Ta’mirlash ishlari xo‘jalik yoki pudrat usulida olib boriladi. Xo‘jalik usulida ta’mirlash ishlari korxonaning ta’mir-mexanika yoki asosiy ishlab chiqarish sexlari ishchilari tomonidan bajariladi. Pudrat usulida esa maxsus ta’mir-qurilish tashkiloti tomonidan shartnoma asosida bajariladi. Bunda tugallangan ta’mirlash ishlari 2 nusxada: «Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi» hujjati bilan rasmiylashtiriladi va bir nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi. Pudrat usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari qiymatiga pudratchi schyotiga asoslanib quyidagicha buxgalteriya aloqasi tuziladi: D 6010 K D 2510, 9420, 9430 K Pudratchiga to‘lanishi kerak bo‘lgan summaga D 5110 K D 6010 K Pudratchi schyoti to‘langanda Asosiy vositalarni pudrat usulida ta’mirlash bo‘yicha haqiqiy huj- jatlar schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi: D 6010 K D 8910 K Haqiqiy xarajatlar zaxiraning kamayishiga yozildi D 2310 K D 8910 K Zaxira schyotining yopilishi Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini schyotlarga yozish 8910- schyotidan foydalanilgan holda quyidagicha buxgalteriya provodkasi bilan rasmiylashtiriladi: 81
D 2310,2510,2010,9420 K Zaxira fondi ajratma summasiga Xo‘jalik usulida bajarilgan ta’mirlash xarajatlarining schyotlarga yozilishi quyidagicha aks ettiriladi: 1. Ta’mirlash uchun sarflangan haqiqiy xarajatlar hisobga olindi. D-t2310 K-t1010, 1050, 1210, 1310, 6520, 6710. 2. Tugallangan ta’mirlash xarajatlari zaxira fondi hisobidan qoplandi. D-t8910 K-t2310 Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling