To‘g‘ri chiziqli usul nomoddiy aktivni foydali ishlatishning butun
davri mobaynida eskirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan
iborat.
Kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha muntazam hisoblab
yozilayotgan summalar foydali ishlatish muddati davomida kamayadi.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish
usuliga binoan amortizatsiya miqdori faqat nomoddiy aktiv qancha marta
ishlatilishiga yoki qancha mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kutila-
yo‘tganiga bog‘liq bo‘ladi.
To‘g‘ri chiziqli usul. Amortizatsiyani hisoblab yozish usullaridan
birortasini qo‘llashni aniqlash qiyin bo‘lgan hollarda hisoblab yozishning
to‘g‘ri chiziqli usulidan foydalaniladi.
Amortizatsiyani hisoblashda uning tugatilish qiymatiga e’tibor berish
lozim. Agar boshqa summani ishonchli tarzda hisob-kitob qilish mumkin
bo‘lmasa, nomoddiy aktivning qoldiq qiymati nolga teng bo‘ladi.
Korxonalar tegishli nomoddiy aktivlar bo‘yicha jamg‘arilgan
amortizatsiya to‘g‘risidagi axborotni quyidagi schyotlarda aks ettiradi:
0510-«Patentlar, nou-xau va litsenziyalarning eskirishi».
0520-«Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining
eskirishi».
0530-«Dasturiy ta’minotning eskirishi».
0540-«Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqining eskirishi».
0550-«Tashkiliy xarajatlarning eskirishi».
0560-«Franshizalarning eskirishi».
0570-«Mualliflik huquqlarining eskirishi».
0590-«Boshqa nomoddiy aktivlarning eskirishi».
Ushbu schyotlarning kreditida hisoblangan eskirish summalari,
debetida esa nomoddiy aktivlarning chiqib ketishida hisoblangan eskirish
summalarining o‘chirilishi aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarning sintetik hisobi schyotlarda quyidagicha aks
ettiriladi:
88
Do'stlaringiz bilan baham: |