U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Download 1.35 Mb.
bet114/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

9.3. TAYYOR MAHSULOTNI OMBORDA VA
BUXGALTERIYADA HISOBGA OLISH
Texnika nazorati bo‘limi tomonidan qabul qilingan, tayyor holga
keltirilgan mahsulotlar omborga topshiriladi. Bu jarayon ko‘pchilik
korxonalarda topshirish nakladnoyi yoki mahsulot topshirish vedomosti
orqali rasmiylashtiriladi. Hujjatlarda topshiruvchi, uning topshirish
muddati, mahsulotning nomenklatura raqami, nomi, soni, reja tannarxi
va tegishli moddiy javobgar shaxslarning imzosi qo‘yiladi.
Qabul hujjatlari asosida buxgalteriya mahsulot topshirish vedo-
mostini yuritadi. Omborlarda mahsulot harakatining miqdor ko‘rsat-
kichlaridagi hisobi varaqalarda yuritiladi. Varaqaga har bir kirim va
chiqim, hujjatlari asosida mahsulot xarajati bilan bog‘liq operatsiyalar
yozib boriladi.
Tayyor mahsulotlar ombordagi hisobi operativ buxgalteriya usuli
bo‘yicha tashkil qilinadi, ya’ni har bir buyum nomenklatura raqamiga
ombor materiallari hisobi kartochkasi ochiladi. (
¹
M-17-shakli). Ombor
hisobining to‘g‘ri yuritilganligi ombor hisobi kartochkasiga buxgalterning
imzo qo‘yishi bilan tasdiqlanadi.
Moddiy javobgar shaxs ombor hisobi ko‘rsatkichlari asosida har
oyda tayyor mahsulotlar qoldiq hisobi vedomostini to‘ldiradi. Bu yerda
hisobi baholari bo‘yicha qoldiqlar taksirovka qilinadi va buxgalteriya
hisobi ma’lumotlari (16-vedomostning 1-bo‘limi) bilan solishtiriladi.
Mahsulot kirimi va chiqimi bilan bog‘liq operatsiyalar rasmiy-
lashtirilgan dastlabki hujjatlar ombor varaqalariga yozilganidan keyin
buxgalteriyaga topshiriladi. Bu yerda hujjatlar tekshiriladi, guruhlanadi
va ular asosida tegishli hisob registrlari tuziladi. Tayyor mahsulot
harakatining pul shaklida ifodalangan hisobi ombor hisobi ma’lumotlari
asosida buxgalteriyada yuritiladi.
Tayyor mahsulotning sintetik hisobi quyidagi schyotlarda yuritiladi:

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling