U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


-«Ombordagi tayyor mahsulot». 2820


Download 1.35 Mb.
bet115/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

2810-«Ombordagi tayyor mahsulot».
2820-«Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulot».
2830-«Komissiyaga berilgan tayyor mahsulot».
2810-«Ombordagi tayyor mahsulot» schyoti korxonaning omborida

158
mavjud bo‘lgan tayyor mahsulot miqdorini bildiradi. Ushbu schyotning


debeti 2010, 2110, 2310 va boshqa schyotlarning krediti bilan korres-
pondensiyada korxona omboriga qabul qilingan tayyor mahsulotlar
qiymatini ifodalaydi.
Hisob-kitobning jurnal order shaklida tayyor mahsulotlar analitik
hisobi 16-vedomostda yuritiladi. Bu vedomost 4 ta bo‘limdan iborat
bo‘lib, 1-bo‘lim «Tayyor mahsulotlarning pul shaklidagi harakati» deb
nomlanadi. Unda mahsulotlarning hisobot oyi boshiga qoldig‘i, omborga
qabul qilingani, xaridorlarga jo‘natilgani va hisobot oyi oxiridagi qoldig‘i,
qabul qilingan bahoda hamda haqiqiy tannarxda ko‘rsatiladi.
2-bo‘lim «Jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlar» deb nomlanib unda
jo‘natilgan mahsulotlar analitik hisobi xaridor korxonalar nomiga
yozilgan har bir talabnomasi bo‘yicha alohida yuritiladi.
3-bo‘lim «To‘langan va to‘lanmagan schyotlar» haqida umumiy
ma`lumotlar deb nomlanib, unda jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlar
to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar ko‘rsatilgan.
4-bo‘limda soliq bo‘yicha soliq idoralari bilan hisob-kitob ma’lumot-
lari keltiriladi.
16-qaydnoma. «Tayyor mahsulotning pul shaklidagi harakati».
Bahosi bo‘yicha Tannarx bo‘yicha Yozuv uchun
asos
Oy boshiga ko‘ra qoldiq
Ishlab chiqarishdan
qabul qilish
Qoldiq bilan jami haqiqiy
tannarxning hisob bahosi-
ga nisbati, %
Hisobot oyidagi ortib
jo‘natilgan mahsulot
Oy oxiridagi qoldiq
Hisobot davri oxirida 16-qaydnomaning oylik jami summasi 11-
jurnal-orderga ko‘chiriladi. Bu jurnal-order ikki bo‘limdan iborat bo‘lib,
1-bo‘limda tayyor mahsulot, realizatsiya bilan bog‘liq xarajatlar schyoti,
jo‘natilgan tovarlar, sotish, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitob
Ko‘rsatkichlar

159
schyotlarining krediti bo‘yicha yozuvlar keltiriladi. Ikkinchi bo‘limda


mahsulot sotish bo‘yicha analitik hisob ma’lumotlari keltiriladi.
16-qaydnoma va 11-jurnal-order asosida tuziladigan tovarni sotish
haqidagi hisobotda quyidagi ko‘rsatkichlar gayd etiladi: sotilgan mah-
sulotning reja tannarxi, reja va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq, sotish
bilan bog‘liq xarajatlar schyoti, soliq, sotishdan olingan tushum va oxirgi
moliyaviy natija, ya’ni foyda yoki zarar summasi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling