U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
GRANTLAR VA SUBSIDIYALAR (KAPITAL)NING
Download 1.35 Mb.
|
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Schyotlar aloqasi D K
10.4. GRANTLAR VA SUBSIDIYALAR (KAPITAL)NING
HAMDA KELGUSI XARAJATLAR, TO‘LOVLAR ZAXIRASINING HISOBGA OLINISHI Bozor munosabatlarining rivojlanishi korxona faoliyatini moliyaviy ta’minlashga mablag‘lar tarkibi va tuzilishida o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. Grantlar davlat tomonidan xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar, har xil nodavlat tashkilotlar tomonidan tekinga beriladi va korxona faoliyatini moliyalashtirish manbayi sifatida ma’lum dastur va loyihalarni bajarish uchun ajratiladi. Korxonalarga davlat tomonidan berilgan yordam (subsidiya) bu iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida va ular tomonidan belgilangan shartlarni bajarganda davlat (hukumat) tomonidan pul va moddiy ko‘rinishda tekinga berilgan yordamdir. Subsidiyalarning hisobini yuritish tartibi 10 sonli BXMS «Davlat (hukumat) subsidiyalarini hisobga olish va davlat (hukumat) yordamini tavsiflash» standartida keltirilgan. 172
ettirish shartlari quyidagicha: 1. Belgilangan shartlarning bajarilishi natijasida qaytarib beril- masligi. 2. Subsidiya va grantlarni jalb qilish yuzasidan sarflarni talab qilmaydi, shuning uchun korxonaning daromadi hisoblanmaydi. Grantlar va subsidiyalarning analitik hisobi har bir subsidiya va grant bo‘yicha hamda ularning manbalari bo‘yicha yuritiladi. Bularni quyida keltirib o‘tilgan muomalalardan ko‘rishimiz mumkin: Schyotlar aloqasi D K 1 Ajratilgan grant va subsidiyalar yuzasidan mablag‘lar- 5000, ning olinishi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi 5100, 5200, 8810 1000, 0100, 0400 2 Grant va subsidiyalarni ajratilganligi haqida xabarnoma 8810 olindi 4890 9390 3 Grant hisobiga ustav kapitali summasi oshdi 8810 8310 8320 8330 4 Grant hisobidan xarajatlar qilindi 8810 6710 6520 6510 6010 6990 Kelgusida sarflar va to‘lovlarning zaxiralari ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga bir maromda ishchilarning ta’til vaqtini va asosiy vositalarning joriy va kapital ta’miri xarajatlarini qo‘shish maqsadida zaxiraga ajratilgan mablag‘lardir. Bu zaxira summalari passiv 8910 schyotida hisobga olinadi. Zaxiralarning tashkil qilinishi va mablag‘larning foydalanishi vaqti- vaqti bilan (yilning oxirida albatta) me’yor, hisoblar va boshqalarga asosan tekshirib turiladi. Zarurat tug‘ilganda korrektura qilinadi. Bularni biz quyidagi xo‘jalik muomalalarida ko‘rishimiz mumkin: Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling