U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
Download 1.35 Mb.
|
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2610-«Ishlab chiqarishdagi brak Debeti bo‘yicha oboroti quyidagi schyotlarning kreditidan 1010 6710 6520 6910
- 19.4. CHORAKLIK VA YILLIK MOLIYAVIY HISOBOT
Debeti bo‘yicha oboroti quyidagi
schyotlarning kreditidan 5110 5510 4310 debeti krediti (2-j-o) (3-j-o) (8-j-o) b-cha b-cha D K Yanvar Fevral va h.k. Noyabr 45400,0 Dekabr 362302,4 15896 1000 379198 433629,0 99830,6 2610-«Ishlab chiqarishdagi brak Debeti bo‘yicha oboroti quyidagi schyotlarning kreditidan 1010 6710 6520 6910 2010 2510 debeti krediti D K b-cha b-cha Yanvar Fevral va x.k. Noyabr Dekabr 60 200 28 12 272 142 714 714 Oy Jami Saldo Oy Jami Saldo 187
analitik ma’lumotar bilan tekshiriladi, jurnal-order shaklining registrlari ma’lumotlari bo‘yicha balans va boshqa hisobot jadvallari tuziladi. 19.4. CHORAKLIK VA YILLIK MOLIYAVIY HISOBOT Moliyaviy hisobotlar ma’lum bir hisobot davri yoki sanasi bo‘yicha tuziladi. Bunda buxgalteriya balansi va schyotlardagi qoldiqlar bo‘yicha ma’lumotlar ma’lum bir sanaga tuziladi, moliyaviy hisobot shakllarining qolganlari esa ma’lum bir davr uchun tuziladi. Moliyaviy hisobotning hisobot davri 1-yanvardan 31-dekabrigacha bo‘lgan davr kalendar yil hisoblanadi. Moliyaviy hisobot qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan hollarda kalendar yilidan farqli ravishda davrlar bo‘yicha (oy, chorak uchun) ham taqdim etilishi mumkin. Moliyaviy hisobotlar uchun hisobot kuni hisobot davrining oxirgi kalendar kuni hisoblanadi. Subyektning buxgalteriya balansi uchun hisobot kuni 31-dekabr hisoblanadi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi yillik hisobot uchun hisobot davri 1-yanvardan 31-dekabrigacha bo‘lgan davr hisoblanadi. Korxonaning yillik moliyaviy hisoboti mulkchilik shaklidan qat’i nazar, to‘liq nusxalarda quyidagi foydalanuvchilarga hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevraligacha bo‘lgan muddatda taqdim etilishi shart: – korxonaning mulkdori hisoblangan (davlat mulkini boshqarishga vakolati bo‘lgan organlarga, qatnashchilarga, ta’sischilarga) ta’sis etish to‘g‘risidagi hujjatlar asosida; – davlat soliq idoralariga; – davlat statistika idoralariga; – qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga. Moliyaviy hisobotni boshqa foydalanuvchilarga taqdim etish tartibi mustaqil ravishda korxona rahbariyati (uning mulkdorlari va ta’sischilari) tomonidan tartibga solinadi va korxonaning hisob siyosatida ko‘zda tutiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisobotlari man- faatdor subyektlar: banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va shu kabilar uchun oshkora hisoblanadi. Manfaatdor shaxslar yillik moliyaviy hisobot bilan tanishish va nusxa ko‘chirish xarajatlarini qoplab, uning nusxasini olish huquqiga egadirlar. 188
banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va bosha moliya muassasalari har yili moliyaviy hisobotni undagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi auditor tomonidan tasdiqlangandan so‘ng hisobot tugagandan keyin 1-maydan kechiktirmay e’lon qiladilar. Bundan tashqari, aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisobotlari gazetalar, jurnallar va bulletenlarda yoki qonunchilikda ko‘zda tutilgan muddatlarda alohida nashrda e’lon qilinishi kerak. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling